1 – Ma‘ruza. Mavzu: Kanaldagi gidrotexnika inshootlaridan foydalanishi bo’yicha umumiy maʼlumotlar. Reja


Download 1.71 Mb.
bet4/6
Sana06.02.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1172228
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-ma\'ruza

1.5 - rasm “Xon” to‘g‘oni qoldiqlari
Xon to‘g‘onini qurishda qattiq tog‘ jinslari (toshlar) ishlatilgan, ular ganch yordamida birlashtirilgan. Suv omboridagi suv sathi uzunligi 700 m, to‘g‘on oldidagi kengligi 50 m, suv dami etib borgan erdagi kenglik 200 m ga teng bo‘lib, hajmi 1,5 mln. m3 ni tashkil qilgan. Bu esa Kaltepa cho‘lidagi 2...3 ming ga erni so‘g‘orish imkonini bergan. Toshqin vaqtida to‘plangan suvlarni suv omboridan chiqarish va undan ekinlarni so‘g‘orish maqsadida foydalanish uchun to‘g‘onning o‘ng tomoniga, qirg‘oqqa yaqin qilib ravoq shaklida kengligi 50 sm va balandligi 7 m bo‘lgan quvur o‘rnatilgan. To‘g‘on hozirgi vaqtgacha saqlanib qolgan, biroq suv ombori asrlar davomida Osmon soyidan oqib kelgan tosh va loyqa hisobiga o‘z hajmini yo‘qotgan.
Abdullaxon to‘g‘oni XVI asrda qurib bitkazilgan bo‘lib, o‘zining tuzilishi va konstruksiyasi jihatdan juda hayratlanarlidir. To‘g‘onning balandligi 15 m, ustki qismining uzunligi 73 m, eni 4,5 m,tag qismining uzunligi 73 m va eni 15 m ni tashkil etadi. To‘g‘on oldidagi suv chuqurligi 15 m bo‘lganida suvning dami 1250 m masofagacha suv omborida to‘plangan suv 2,5...3,0 ming ga erni so‘g‘orish imkonini bergan ( 1.6 - rasm)
.
1.6 - rasm. “Abdullaxon” suv ombori to‘g‘onining qoldig‘i
Abdullaxon to‘g‘oni ortiqcha suvlarni chiqarib yuborgich (tashlama) vazifasini bajargan. So‘g‘orish ehtiyojlari uchun esa suv omboridan suv chiqarish boshqariladigan quvurlar orqali amalga oshirilgan. Mazkur to‘g‘on hozirgi paytgacha saqlanib qolgan (1.7 - rasm).

1.7 - rasm. “Abdullaxon” suv ombori to‘g‘onining bugungi kundagi holati
XIX asr o‘rtalarida, hozirgi O‘zbekiston hududida Buxoro amirligi. Qo‘qon va Xiva xonliklariga tegishli ma’muriy hududlar mavjud bo‘lga. Bu hududlarda 3,5 millionga yaqin aholi istiqomat qilgan. Aholining 90 % qishloq xo‘jaligi – dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullangan. Usha davrdagi so‘g‘oriladigan erlar maydoni 1,6 – 1,8 millionga yaqin bo‘lganligi taxmin qilinadi. Demak, o‘sha davrda jon boshiga o‘rtacha 0,45 – 0,5 ga so‘g‘oriladigan er maydoni to‘g‘ri kelgan.
O‘tgan asrlarda kanallarning bosh inshooti muhim strategik ahamiyatga ega bo‘lgan, u ehtiyotlik bilan qo‘riqlangan, chunki ularni egallab olish yo‘li bilan so‘g‘orish tizimini suvsiz qoldirib, aholini bo‘ysun-ishga majbur qilgan. Misol uchun X asrda Darg‘om kanalini boshini qo‘riqlash Vargsar qishlog‘i aholisiga topshirilgan, ular o‘z navbatida er solig‘idan ozod qilingan (Bertold, 1965).
O‘tgan asrlarda qurilgan gidrotexnika inshootlar loyihasiz, hashar usuli bilan qurilgan, ularning qurish muddati cho‘zilib ketgan, inshootlarni texnik holatini kuzatish, ularga texnik xizmat ko‘rsatish (texnik qarov) etarli bo‘lmaganligi sababli, ular bahorgi birinchi sel va toshqin oqibatida buzulib ketgan. XIX asrga kelib Rossiya imperiyasi paxta etishtirishni oshirish maqsadida, yangi kanallar qurish yo‘li bilan, Mirzacho‘lda (1869 y) va Farg‘ona vodiysida (1887 y) qo‘shimcha erlar o‘zlashtirishga harakat qilishgan.
So‘g‘orma dehqonchilik rivojlangani sari unga bog‘liq bo‘lgan muammolar ham paydo bo‘la boshlagan, yani dalalari yonma-yon bo‘lgan va bir ariqdan suv ichadigan dehqonlar o‘rtasida suv ustida har xil nizolar kelib chiqa boshlagan. Qadim davrda suvni ta’qsimlash masalasida janjal ko‘tarilganda ularni shariat qoidalar va yo‘l - yo‘riqlardan foydalanib echishga xarakat qilingan. SHunday qoidalardan biri tarixshunos Davletshinning «Suvdan foydalanish va erdan foydalanish soxasida musulmon (shariat) huquqshunosligining ko‘rsatmalar majmun» asaridir. Muallif qo‘l yozmani tuzishda, o‘rta asrlarda yashab o‘tgan, fikx ilmining yirik namoyanlaridan Fatx al - Qodir, Ibn Abidin, SHayx Ilyos va boshqalarning asarlariga murojat qilgan. SHuningdek, o‘rta asrda yashab o‘tgan Fatxal - Kodir asari ham suv muammolarini echishga bag‘ishlangan. Kitoblar o‘sha davrda arab tilida chop qilinganligi sababli ulardan foydalanish, aholisi arab tilini bilmaydigan davlatlarda, mushkul bo‘lgan. SHu sababli, yuqorida nomlari takidlangan kitoblarda keltirilgan shariat ko‘rsatmalarining eng asosiylari – xayotda tez-tez uchrab turadigan xolatlar va munosabatlarga bag‘ishlanganlari, shariat bilimdonlari tomonidan o‘z tillariga ag‘darilgan. Bu ko‘rsatmalar maxalliy aholining turmush tarzida, ulf - odatlarida o‘zaro munosabat-larida o‘z aksini topgan va «Odat» nomi bilan avloddan avlodga og‘izaki o‘tib kelgan.
Suvdan foydalanish soxasida «Odat» nomi bilan atalmish shariat ko‘rsatmalari tarkibiga quyidagilar kirgan:
- daryo va ko‘llarning suvini ko‘pchilikka tegishliligini tan olish;
- suvni ersiz sotilishini ma’n qilish;
- manbada suv kamchil bo‘lgan xollarda uni insof bilan hammaga barobar (er maydoniga mutanosib) bo‘lish;
- suvni ariqlarga bo‘lganda ulushlarga (ayni vaqtda manbadan oqib o‘tayotgan suv miqdoriga mutanosib ravishda) asoslanish yoki galma-gal ravishda ( ariqlarda suv etishmaganda) ma’lum vaqt foydalanish;
- har bir suvdan foydalanuvchining o‘z shaxsiy mehnat va kerakli qurilish ashyolari bilan irrigatsiya ishlarida (qurishda, tozalashda) qatnashishi, uning burchi ekanligini tan olish;
- suvdan foydalanishni o‘z-o‘zini boshqarish prinsipida amalga oshirilishi;
- nisbatan ko‘p suv talab qilganligi uchun sholi eqiladigan maydonlarni chegaralash, ma’lum ariqlar tizimidan suv ichadigan barcha suvdan foydalanuvchilarning roziligi bilangina sholini ekishga ruhsat berish;
-o‘zgalar erlaridan ariq o‘tkazganda bundan keladigan zararlarni er egalariga to‘lash majburiyati va boshqalar.
To‘la bo‘lmasa ham ushbu ko‘rsatmalardan ko‘rinib turibdiki, ota-bobo-larimiz mavjud suv resurslaridan insof bilan, oqilona foydalanishga xizmat qiluvchi, ko‘pchilikning manfaatlariga mos tushadigan xayotiy qoida va tadbirlarni yarata bilganlar.
Daryolardan ariqlar orqali oqizib kelgan suvni suvdan foydalanuvchilar o‘rtasida adolatli bo‘lishda, suv o‘lchov asboblari xali noma’lum bo‘lgan davrlarda «bir tegirmon, yoki ikki tegirmon suv», yoki ko‘za «suv» yoki «mardi-kurak» atalmish prinsiplarda o‘zaro taqsimlangan. Bunday taqsimlash usuli o‘tgan asrning 20-30 yillarigacha Markaziy Osiyo davlat-larida, jumladan O‘zbekiston xududidagi erlarda ariq oqsoqoli, mirob va to‘g‘onchilar tomonidan qo‘llanilib kelingan.
Ariq oqsoqoli, mirob yoki to‘g‘onchi bir tomondan shu nom bilan ataluvchining lavozimi bo‘lsa, ikkinchi tomondan, bu uning bilimi va tajribasi uchun berilgan unvon ham hisoblangan. Mirob ma’lum bir ariqdagi suvni xaydab kelish va uni suvdan foydalanuvchilarga bo‘lib berish, tashkiliy ishlarda (ariq qazish, inshoot qurish, tozalash va ta’mirlash) dehqonlarga yaqindan yordam berishi kabi ishlar bilan shug‘ullangan. Mirob mahsus amaliy bilim va tajribalardan tashqari shariat qonun - qoidalaridan xabardor va dexqonlarni boshini qovushtirib ishlatish ko‘lidan keladigan qobiliyatga ega bo‘lishi lozim bo‘llgan.
Ariq oqsoqoli odatda bir nechta qishloq erlariga suv beradigan yirik kanal (ariq) boshida to‘rgan, uning qo‘l ostida bir nechta miroblar o‘z ariqlarida ish boshilik qilganlar. Ariq oqsokoli lavozimiga miroblar ichidan eng obro‘li va ish bilarmoni tanlab olingan. SHuningdek, so‘g‘orish tizimida «To‘g‘onchi» lavozimi ham mavjud bo‘lgan, bu lavozimga saylangan kishi asosan to‘g‘on qurish bilan mashg‘o‘l bo‘lgan. Ular «sepoya» (1.8 – rasm), «chorpoya»,«qora buyra» kabi moslamar yordamidan manbadan suv olish ishlariga bevosita rahbarlik qilganlar.
Turkiston o‘lkasida CHor Rossiyasining mustamlakachilik siyosati davrida ham so‘g‘orish turmoqlaridan foydalanish maxalliy urf - odatlar asosida amalga oshirilgan. Faqat «Irrigatsiya amaldorlari, uezd boshliqlari ariq oqsokollari va miroblarning huquqlari va vazifalari to‘g‘risida ko‘rsatmalar» ishlab chiqilgan. Ariq oqsokollari harbiy gubernator tomonidan tayinlangan. CHor Rossiyasining Turkiston o‘lkasida, so‘g‘oriladigan maydonlarni ko‘patirish maqsadidagi xarakatlari maxalliy xalqlar xayotida ma’lum darajada ijobiy rol o‘ynagan.




Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling