1 – Ma‘ruza. Mavzu: Kanaldagi gidrotexnika inshootlaridan foydalanishi bo’yicha umumiy maʼlumotlar. Reja


Download 1.71 Mb.
bet3/6
Sana06.02.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1172228
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-ma\'ruza

1.1- rasm. Suv chiqaruvchi chig‘ir


    1. - rasm. Suv ko‘taruvchi chig‘ir.

SHuningdek, VIII asrdan Markaziy Osiyoda korizlar yordamida yer osti suvidan so‘g‘orish maqsadida foydalanish (1.3, 1.4 - rasmlar) amalga oshirigan.




1.3 – rasm. Koriz sxemasi:

  1. – quduq; 2 – tunel qismi; 3 – chiqish qismi (otverstie).




1.4– rasm. Koriz qudug‘i va undan suv chiqadigan joyi

Koriz – er ostidan o‘tkazilgan murakkab suv inshootidir. Bunday irrigatsiya inshootini qurish nixoyatida og‘ir va murakkab bo‘lgan. U mashaqqatli qo‘l mehnatidan tashqari er osti suvlari tuplanadigan qatlamni yil mavsumlarida bu suvlar sathida ruy beradigan o‘zgarishlar va koriz chiqariladigan joy relefidagi nishablikni juda aniq belgilashni talab etgan.


Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra XII-XIII asrlarga kelib Xorazmda irrigatsiya ishlarining biroz jonlanganligini guvohi bo‘lamiz: G‘aznaobod (g‘azavot) kanali CHermen – YAb arig‘i orqali SHohsanamgacha, Girya kanali Qavatqal’a rayonigacha etkaziladi.
Markaziy Osiyoda qadimiy va eng yirik kanal hisoblangan Toshsaqa kanali o‘zining tarmoqlari hisoblanmish SHovot, Polvon va G‘azovot kanal-lari ayni kunlarda ham faoliyat ko‘rsatayotganligini aytib o‘tish mumkin.
Toshkent vohasidagi so‘g‘orish tizimlari asosan CHirchiq va Angren daryolarida qurilgan. Grek tarixchilarining ta’kidlashicha, Toshkent atrofidagi yirik kanallar eramizdan avvalgi III - II asrlarda ham mavjud bo‘lgan.
SHosh vohasi shimoli - g‘arbdan ko‘chmanchi qabilalar hujumidan qadimiy Bo‘zsuv arig‘i va salobatli devor bilan himoyalangan edi, mazkur ariq shu kunga qadar saqlanib qolgan. Qadimiy kanallar masalan, Zax, Salor kanallari islom dini kirib kelgunga qadar bo‘lgan nomlari bilan atalib kelinmoqda. Sirdaryo daryosining o‘rta oqimida ikkala qirg‘oq bo‘ylab yirik so‘g‘orish kanallari, shahar va qishloqlar izlari qolgan bo‘lib, bundan 700...800 yil avval bu erlar kanallar bilan so‘g‘orilishi natijasida voha gullab yashnagan. Aris daryosining Sirdaryoga qo‘yilish joyida esa qachonlardir yirik savdo markazi bo‘lgan O‘tror shahri qurilgan bo‘lib bugungi kunda uning xarobalari yastanib yotibdi.
Farg‘ona vodiysida dehqonchilik qilish madaniyati asosan CHotqol va Farg‘ona tog‘ tizmalaridan oqib tushadigan suvlardan shakillaniladigan Norin va Qoradaryo daryolarining qirg‘oqlarida rivojlangan. Eramizgacha bo‘lgan X asrlarda bu daryolarni suvidan erlarni so‘g‘orish uchun foydalanilgan. Farg‘ona vodiysida joylashgan daryolarning bo‘ylarida yirik qishloq va shaharlar: Kosonsoyda Kosonsoy va Axsikent; Marg‘ilonsoyda Marg‘ilon; Isfarasoyda Isfara; Xo‘jabaqirgansoyda Xo‘jand; Oqbura daryosida O‘sh kabi shaharlar bunyod etilgan.
Keyinroq barpo etilgan shaxarlarga esa So‘x daryo bo‘yida yuzaga kelgan Qo‘qon (200 yil avval), Namangansoyda esa Namangan (350 yil avval) shaharlarni misol keltirishimiz mumkin.
Taniqli sharqshunos olim V.V.Bartoldning fikriga ko‘ra, Farg‘ona vodiysidagi kanallar Xorazm vohasidagi, Zarafshon va CHirchiq daryo-lariga qurilgan inshootlarga nisbatan ancha keyinroq, ya’ni XVI - XVII asrlarda paydo bo‘lgan. Uning yozishicha ana shu davrda Qoradaryo va Norin daryolaridan kanal qazib chiqarilgan. Qo‘qon xonlari davrida qurilgan kanallardan so‘g‘orilgan maydonlar o‘z o‘lchamiga ko‘ra, Turkiston tarixida beqiyos o‘rin tutadi.
Biroq, Markaziy Osiyoda tez-tez bo‘lib turgan qirg‘inbarot urushlar, nizomlar va kelishmovchiliklar so‘g‘orish tizimlari va shahar, qishloqlarni vayronaga aylantirgan. Birgina necha asrlarga iz qoldirgan XIII asrdagi CHingizxon boshchiligidagi mo‘g‘ul bosqinchilari yurishlarini esga olish kifoya. Ularning istilosi tufayli yuzlab shahar va qishloqlar vayron qilindi, irrigatsiya inshootlari, shu jumladan Amudaryodagi to‘g‘on buzib tashlandi, natijada Xorazmshohlar davlati poytaxti bo‘lgan Gurganj shahri suv ostida qolib ketdi. Olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida Jizzax va Samarqand viloyatlari territoriyasida suv omborlari barpo qilish maqsadida toshdan qurilgan bir nechta to‘g‘onlar qoldiqlari topildi. Mazkur to‘g‘onlar ishlash tamoyiliga ko‘ra, hozirgi qurilayotgan suv omborlaridan farq qilmasligi o‘sha davrlarda ham ajdodlarimiz bu sohada malakaga ega bo‘lgan mutaxassislar bo‘lganidan dalolat beradi.
Nurota, Forish va qo‘shni tuman hududlaridagi soylarda suv ombor-lari bunyod etish maqsadida qurilgan to‘g‘onlarni uchratish mumkin. Misol tariqasida Forish tumanida X asrda Osmon soyida qurilgan Xon to‘g‘onini, Kattaqo‘rg‘on tumanida XII asrda qurilgan g‘isht to‘g‘onni va Nurotaning sharq tomonidagi Axchop soyida qurilgan Abdullaxon to‘g‘onlarini keltirish mumkin.
Xon to‘g‘oni ikki tomoni qattiq tog‘ jinslaridan iborat bo‘lgan Osmon soyining tor erida barpo etilgan bo‘lib, uning uzunligi 50 m, balandligi esa 15,2 m ni tashkil etgan (1.5 - rasm.).


Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling