1 – Ma‘ruza. Mavzu: Kanaldagi gidrotexnika inshootlaridan foydalanishi bo’yicha umumiy maʼlumotlar. Reja


- rasm. Daryo o‘zaniga sepoya o‘rnatish


Download 1.71 Mb.
bet5/6
Sana06.02.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1172228
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-ma\'ruza

1.8 - rasm. Daryo o‘zaniga sepoya o‘rnatish.

Bu davrlarda Turkiston o‘lkasiga CHor Rossiyasi va boshqa Evropa mamlakatlaridan, turli soxaga mansub yuqori malakali mutaxassis olimlar-ning katta guruhi ko‘chib kelib faoliyat ko‘rsata boshladi. Ular O‘rta Osiyoga Evropa madaniyatini, ilmiy tarraqiyotini va o‘sha davrda ilg‘or hisoblangan texnikalarni ham olib keldilar. Ayniqsa ular tomonidan irrigatsiya soxasiga ilk bor irrigatsiya inshootlarini loyiha va smetalar asosida qurish; loyihalashni dala - qidiruv ishlari natijalariga tayangan xolda amalga oshirish tajribasini qo‘llay boshladilar. Ular tomonidan gidrotexnik inshootlarni qurishda yangi qurilish materiallari beton, temir beton va metal konstruksiyalar ishlatila boshlandi, daryolarning gidrologiyasi, ob - havoni o‘rganish stansiyalarini qurish; erlarning tuproq tarkibi va ekinlarni gidromodulini o‘rganish masalalari kabi ilmiy - amaliy ishlar olib borildi. Keyinchalik bu ishlar biri qator loyiha - qidiruv va ilmiy-tekshirish institutlarini tashkil bo‘lishiga, oliy ta’lim institutlarid mutaxassislik kafedralari tashkil qilin-ishiga asos bo‘ldi.


Ayni paytda Respublikamizda so‘g‘orish uchun yaroqli erlar 15,9 mln. gektarga teng bo‘lib, bugungi kundagi so‘g‘oriladigan maydon 4,3 million gektarni yoki umumiy maydonning 9,3 % ini tashkil etadi. qishloq xo‘jaligida olinadigan mahsulotlarning 95 % dan ko‘prog‘i so‘g‘oriladigan erlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Bugungi kunda Respublikamiz qudratli suv xo‘jaligi majmuasiga ega, uning tarkibida umumiy suv sarfi sekundiga 2500 m3 dan ortiq 75 ta yirik kanal, umumiy hajmi 20 mlrd, m3 atrofida bo‘lgan 55 suv va 25 sel omborlari, 230 ta xo‘jaliklararo so‘g‘orish tizimida 117 mingdan ortiq gidrotexnika inshootlari, 32,4 ming km xo‘jaliklararo kanallar, 176,4 ming km ichki s o‘g‘orish tarmoqlari, 31 ming km xo‘jaliklararo, 106,3 ming km xo‘jalik ichki zovur tarmoqlari, 13 mingga yaqin nasos agregatlari, 2 mingdan oshiq so‘g‘orish quduqlari, 4800 dan oshiq tik zovur quduqlari mavjud. Bugungi kunda Respublikamizda ishlab to‘rgan asosiy yirik kanallar haqidagi ma’lumotlar 1.1 – jadvalda keltirilgan.

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling