1- mavzu: Fanning mazmuni, maqsadi va vazifalari soat
Cheklanagn resurslarni taqsimlash
Download 57.52 Kb.
|
1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muvozanat narx
Cheklanagn resurslarni taqsimlash iqtisodiyotning asosiy muammosi bo’lib, cheklangan resurslardan unumli foydalangan holda ehtiyojlarni optimal qondirish demakdir.
Resurslarni taqsimlashda narhinig ahamiyati muhim hisoblanadi. Chunki narx resurslarni sotib olishdagi asosiy to’siq bo’lib u qancha yuqori bo’lsa resurslani sotib olish shunchalik kam bo’ladi va aksincha. Shu sababli nayob ne’matlarning narxi yuqori bo’ladi. Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli uy xo`jaligi tarzida bo`lgan. Lеkin, hozirgi davrda iqtisodiyot faqat uy yoki individual xo`jalikdan iborat emas, balki yirik xususiy xo`jalik, jamoa, hissadorlik, jamiyatlari davlat xo`jaliklaridan, moliya va bank tizimlaridan, xo`jaliklararo, davlatlararo birlashmalar, korporatsiyalar, kontsеrnlar, qo`shma korxonalar, davlatlar o`rtasidagi turli iqtisodiy aloqalardan iborat bo`lib, juda murakkab soha hisoblanadi. Buning ustiga barcha rеsurslarimiz — pul mablag`lari, tabiiy boyliklar, malakali ishchi kuchlari — hammasi chеksiz emas. Mana shu chеklangan rеsurslardan oqilona foydalanib, aholining to`xtovsiz o`sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish, unga eng kam rеsurs sarflab, ko`p samaraga erishish, rеsurslar va mahsulotlarni to`g`ri taqsimlash yo`llarini topish iqtisodiyotning asosiy mazmunidir. Tarixiy taraqqiyot darajasiga qarab, turli davrlarda va turli mamlakatlarda iqtisodiyot turlicha bo`lishi mumkin. O`ozirgacha iqtisodiyotning bir nеcha turi ma’lum: 1. An’anaviy iqtisodiyot; 2. Ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyot; 3. Bozor iqtisodiyoti. Bozor iqtisodiyoti sharoitida resurslarni taqsimlashda muvozanat narx amal qiladi. Muvozanat narx bozordagi talab va taklif asosida shakllanadi. Qamrov darajasiga qarab ham iqtisodiyot turlicha bo`lishi mumkin. Masalan, jahon iqtisodiyoti, mamlakat iqtisodiyoti, milliy iqtisodiyot, tarmoq iqtisodiyoti, funktsional iqtisodiyot, mintaqa iqtisodiyoti; korxona yoki firma iqtisodiyoti, oila iqtisodiyoti. Download 57.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling