Iqtisodiyotning oxirgi fazasi istе’mol jarayonidir. Bu jarayonda tovarlar va xizmatlar turli kishilar, guruhlar tomonidan istе’mol qilinib, ularning ehtiyojlarini qondiradilar. Istе’mol ikki xil bo`ladi: ishlab chiqarish istе’moli va shaxsiy istе’mol. Ishlab chiqarish istе’molida ishlab chiqarish vositalari (kapital) va ishchi kuchidan foydalanilib, unumli istе’mol qilinadi. Shaxsiy istе’mol jarayonida esa istе’mol buyumlari pirovard foydalanilib, ular yo`qotiladi va o`rniga yana yangisini ishlab chiqarish zaruriyati paydo bo`ladi.
Shunday qilib, tovar va xizmatlar, rеsurslar harakati doimo to`xtovsiz takrorlanib turadigan jarayondir. Bu jarayonni ushbu chizmada tushunish osonroq bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |