Bellashuv.uz
2. Lazer va ularning turlari.
Lazer deb ataluvchi optik kvant generatorlarining paydo bo‗lishi
fizika fanining
yangi sohasi – kvant elektronikasining ulkan yutug‗idir.
Lazer deganda, juda aniq
yo‘naltirilgan kogerent yorug‘lik nurining manbayi tushuniladi.
Lazer so‗zining o‗zi inglizcha «majburiy tebranish natijasida yorug‗likning
kuchaytirilishi» so‗zlaridagi birinchi harflaridan olingan («Light Amplification by
Stimulated Emission of Radiation»).
Birinchi kvant generatorlari rus fiziklari N. Basov, A. Proxorov va amerikalik fizik
Ch. Tauns tomonidan yaratilgan (ushbu sohadagi ishlari uchun 1964-yilda
Nobel
mukofotiga sazovor bo‗lishgan). Bunday generatorlarning ish prinsipini tushunish
uchun nurlanish jarayoni bilan
batafsilroq tanishaylik.
Do'stlaringiz bilan baham: