Dars turi: Aralash
Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali, “aqliy hujum’
Dars jihozlari: Doska, turli xil kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediya ilovalar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
Salomlashish. Navbatchi axborotini tinglash. O`quvchilarni darsga hozirlash.
O`quvchilar diqqati turli xil mashqlar yordamida jamlanadi.
So`ng, o`quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning “Do`stona kelishuv’ qoidalari eslatib o`tiladi.
1Intizom. 2. O`zaro hurmat 3. Faollik 4. Aniqlik 5. Ahillik 6. O`ng qo`l qoidasi.
Uy vazifasini so`rab baholash.
Uy vazifasi “Oftob va odob” she`ri yoddan so`raladi.
O`tilgan mavzular “Quruvchi” o`yini orqali mustahkamlanadi.
Bunda guruhlardan bir nafari chiqib, insonning ko`rkini belgilovchi fazilatlardan bittadan yozib o`z uylarini qura boshlaydilar.
O`quvchilarga o`tilgan mavzular yuzasidan savollar yozilgan tarqatmalar berilib, javoblar tinglanadi.
Odob nima? U qayerda ko`rinadi?
Quyosh qanday vazifalarni bajaradi? Quyoshsiz hayotni qanday tasavvur qilasiz?
Po`lat Mominning yana qanday she`rlariuni bilasiz?
Odob haqida qanday maqollar bilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |