Yangi mavzu bayoni:
O`qituvchi tomonidan yangi mavzu e`lon qilinadi. O`quvchilarga Abdulla Avloniyning “aqlli qarg`a” hikoyasi bilan tanishishlari haqida fikr yuritiladui. Abdulla Avloniy haqida qsqacha ma`lumot beriladi, so`ng o`qituvchi tomonidan matn ifodali o`qiladi, mazmuni tushuntiriladi, otanish so`zlar ustida lug`at ishi o`tkaziladi.
O`quvchilarga matnning qisqacha mazmuni yoritiladi. Bir qarg`a yoz jaziramisida juda ham chanqab suv axtaribdi, u birovning yonida turgan ko`zaga ko`zi tushibdi. Ko`zaning ichida suv bor ekan. Lekin bo`ynini suqib ichay desa , bo`yi yetmabdi. Shunda u tumshug`i bilan toshlarni yig`ib , ko`zaning ichigatashlay boshlabdi.irozdan so`ng ko`zaningichidagi suv ustiga chiqibdi. Aqlli qarg`a suvdan ichib, tashnalik balosidan qutulib, uchib ketibdi.
So`ng o`quvchilarga biz aqli yetmaydi degan jonivorlar aslida biz bilmagandek ish tutishlari, hayotda ham shunday vaziyatlar bo`ladiki, biz bu muammolarni aql bilan ish tutib hal qilishimiz lozimligi ta`kidlanadi.
So`ng o`qituvchi o`quvchilarga “Bo`lishi mumkin emas” o`yinini o`ynatadi.
Mustahkamlash.
Yangi mavzuni msuthakamlash uchun o`quvchilar bilan “Bu meniki” o`yini o`ynaladi. O`qituvchi 1-qator o`quvchilariga matnning bir nechta garlarini tarqatma holida tarqatadi.2-3-qatoir o`quvchilari matndan ayrim so`z birikmalarini o`qiydilar. Shunda 1-qatordagi o`quvchilar “Bu- meniki” deb javob berishlari lozim.
Matn yuzasida savol-javoblar o`tkaziladi, “Zanjir’ usulida o`quvchilarga o`qittiriladi.
Qarg`a jazitramada nega qiynalibdi?
Ko`zadagi suvni ichish uchun qarg`a qanday yo`l tutdi?
So`ng o`quvchilar bilan hikmatli so`z ustida tushuntirish ishlari olib boriladi.
Vaqt kutib turmaydi, har bir daqiqani g`animat bil.
Darslikda berilgan topishmoqlar ustida ish olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |