Yangi mavzu bayoni:
Yangi mavzuni boshlashdan avval “Sonlar tilsimi ” mashqi o`tkaziladi. O`quvchilar o`n ichida qo`shish va ayirishg doir misollarni yechish topshirig`i beriladi. Misollarning javoblari yozilgan sonlar yonida bittadan harf yozilgan bo`ladi. O`quvchilar misollarni yechib bo`lsalar, yangi mavzu nomi kelib chiqadi.
2+3=5 “K” 10-6=4 “M”
7-6=1 “I” 4+2=6 “E”
6+2=8 “T” 5+3=8 “H”
3+4=7 “O” 9-2=7 “R”
8-6=2 “B”
5+4=9 “G”
10-7=3 “A”
“Kitobga mehr” so`z birikmasi yangi mavzuning sarlavhasi ekanligi aytiladi. Yangi mavzu doskaga yoziladi.
Yozuvchi haqida qisqacha ma`lumot beriladi. O`qituvchi matnni ifodali o`qib beradi. O`quvchilar tinglaydilar. Matnda uchragan notanish so`zlar yuzasidan lug`at ishi o`tkaziladi. Lug`at ishi:
Soturmisiz- sotasizmi
Varaqlay boshladi- varaqlarni birma-bir ocha boshladi.
O`qituvchi ko`rgazma asosida matn mazmunini qayta hikoya qilib , tushuntirib beradi. Savollarga javob beradilar.
Husaynning kitobni yaxshi ko`rishini nimadan bilib oldingiz?
Siz qanday kitoblarni o`qishga qiziqasiz?
Mustahkamlash.
Yangi mavzuni msuthakamlash uchun berilgan matn o`quvchilarga zanjir usulida o`qittiriladi,,mazmuni so`zlatiladi, o`qishga qiynalgan o`quvchilarga bo`g`inlab o`qittiriladi.Matn rollarga bo`linib sahna ko`rinishi sifatida ko`rsatib beriladi.
“Kim topog`on” o`yini o`ynatiladi.
Aqling bo`lsa tashlama.
Ochib ko`r , bo`lsang odam.
Xosiyati ko`p, olam-olam,
Terib ol uni har dam.
So`zlay olmas beqog`oz (ruchka)
Kitoblarning qanday nashr qilinishi haqida videolavha ko`rsatiladi, tarbiyaviy tomoni singdiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |