1-dars sana: 9-sinf Mavzu: Molekular –kinetik nazariya haqida tushuncha Darsning maqsadi


Download 5.24 Mb.
bet61/117
Sana09.11.2023
Hajmi5.24 Mb.
#1759504
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   117
Bog'liq
1-dars sana 9-sinf Mavzu Molekular –kinetik nazariya haqida tu

Tayanch so'zlar: to'la ichki qaytish.
Dars jihozlari: slayd, plakatlar, kodoskop.
Darsda foydalaniladigan metodlar: «Modifikatsiyalangan ma'ruza», «Blits savollar» interfaol metodlari.
Dars rejasi:
1. Tashkiliy qism (3 minut).
2. O’tilgan mavzuni eslash (15 minut).
3. Yangi mavzuning bayoni (18 minut).
4. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun savol-javoblar (5 minut).
5. O’quvchilarni baholash (4 minut)
6. Uyga vazifa berish (1 minut)
Darsning borishi

    1. Tashkiliy qism. O'qituvchi darsga tegishli bo'lgan barcha o'quv mashg'ulot qurollarini oldindan tayyorlab qo'yib, uy vazifasini tekshirish uchun tayyorgarlik ko'radi.

2. O’tilgan mavzuni so’rash.
1. Yorug'lik nima?
2.Yorug'lik qanday sirtlardan qaytadi?
3.Yorug'likning sinish va qaytish qonunlarini tushuntiring.
3. Yangi mavzu bayoni.
Yorug'lik nuri sindirish ko'rsatkichi katta bo'lgan muhitdan sindirish ko'rsatkichi kichik bo'lgan muhitga tushganida qiziq hodisani kuzatish mumkin. Masalan, yorug'lik nurlari dastasini shisha orqali havoga o'tadigan qilib a burchak ostida yo'naltiraylik. Nurning bir qismi muhitlar chegarasidan qaytadi, qolgan qismi p burchak ostida ikkinchi muhitga — havoga o'tadi. Shishaning nur sindirish ko'rsatkichi (/7, = 1,5) havonikidan (n2 - 1) katta bo'lgani uchun nurning sinish burchagi p tushish burchagi a dan katta bo'ladi.
Nurning tushish burchagi kattalashtirib borilsa, sinish burchagi 90° ga yaqinlasha boradi. Sinish burchagini quyidagi ifoda orqali aniqlash mumkin:


sin β = n1/ n2* sin α
Tushish burchagining chegaraviy qiymati a0 quyidagicha ifodalanadi:
sm a0 = n2/ n1

Tushish burchagi a0 dan har qanday katta qiymatlarga teng bo'lgan hollarda singan nur ikki muhit chegarasidan shu muhit ichiga to'la qaytadi, ya'ni to'la ichki qaytish hodisasi yuz beradi. Qaytgan nurlar esa yorug'likning qaytish qonuniga bo'ysunadi.


Sindirish ko'rsatkichi katta bo'lgan muhitdan sindirish ko'rsatkichi kichik bo'lgan muhitga yorug'lik yo'naltirilganda tushish burchagi ma'lum burchakdan katta bo'lganda nur ikki muhit chegarasidan to'la qaytadi.
To'la ichki qaytish hodisasi axborot texnologiya sohasida keng qo'llaniladi. Bu hodisa «Nur tolalar optikasi» deb ataluvchi optikaning alohida soha mutaxassislari tomonidan keng o'rganiladi. Bunda optik tasvir muayyan tartib bilan joylashtirilgan nur tolalar kabellari orqali uzatiladi.
Tola sindirish ko'rsatkichlari bir-biridan farq qiluvchi silindr shaklidagi sliisha yoki plastik o'zak hamda uni o'rab turuvchi qobiqdan tashkil topgan. O'zakning sindirish ko'rsatkichi qobiqnikidan katta bo'ladi. Shu sababli o'zak va qobiq chegarasida yorug'likning to'la ichki qaytish hodisasi yuz beradi. O'zak ichiga yo'naltirilgan nur tashqariga chiqib ketmasdan tolaning ikkinchi uchidan chiqadi.
Tola o'zagining diametri bir necha mikrondan yuzlab mikrongacha, qobiq qalinligi o'nlab mikrondan yuzlab mikrongacha bo'ladi. Shunday kabelning bir uchidan signal (tasvir) yuborilsa, uning ikkinchi uchidan shu signalning o'zini qabul qilib olish mumkin. Nur tolali kabellar orqali yuborilgan signal nihoyatda kam yo'qotish va yuqori sifat bilan uzoq masofalarga uzatiladi.
Nur tolali aloqa kabellari Tinch va Atlantika okeanlarining suv ostidan o'tkazilgan. Hozirgi paytda kabellar Osiyo va Yevropani Amerika qit'asi bilan, Yevropani O'zbekiston orqali Xitoy bilan bog'lab turadi.
Nur tolalar optikasi tibbiyotda ham keng qo'llaniladi. Nur tolali kabel yor- damida odamning ichki a'zolarini ko'rish, tasvirga olish mumkin.



Download 5.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling