1. Hayot faoliyati xavfsizligi inson hayoti, sog‘ligi hamda uning nasliga ta’sir etuvchi real xavflar aniq ehtimollik asosida bartaraf etilgan inson faoliyati holatidir


SHovqin va titrashga qarshi kurash usullari


Download 69.66 Kb.
bet10/17
Sana18.02.2023
Hajmi69.66 Kb.
#1213820
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
hayot faoliyati

SHovqin va titrashga qarshi kurash usullari. SHovqin va titrashga qarshi kurash mashina, jihoz, uskuna va texnologik jarayonlarning loyihalashning dastlabki bosqichlarida boshlanishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Korxonalarning bosh rejalarini tuzish jarayonida, albatta shovqinga qashi kurash chora – tadbirlar ko`rib qo`yilishi shartdir. Bunda asosan, sershovqin tsexlarni bar joyga, iloji borcha, ularni ishlab chiqarish hududining chekka tomonlariga joylashtirish, sershovqin tsexlarni boshqasidan tovush o`tkazmaydigan to`siqlar bilan to`sish, sershov-qin binolarning eshik va derazalarini maxsus tovush o`tkazmaydigan maxsus materiallardan tayyorlangan bulishi zarur. SHovqinga qarshi kurash chora-tadbirlari uni keltirib chiqaruvchi manbaning o`zidayoq kamaytirishga harakat qilishdan boshlanishi kerak. Mashina, jihoz, uskunalarning sifatli o`rnatish, o`z vaqtida ta`mirlash va uning dinamik kuchlarini muvofiqlashtirish, yaxshi natija beradi.
Ishlab chiqarishda elektr xavfsizlik asoslari. Elеktr jihozlarini ishlatish va tuzatish vahtida odam elеktr toki kuchlanishi ta’siri ostida holishi mumkin. Kuchlanishiga ko’ra elеktr hurilmalari 1000 V gacha va 1000 V dan yukori kuchlanishli hurilmalarga ajratiladi. Ipakchilik sanoatining yanada rivojlanishi mamlakatimizning enеrgiya bilan ta’minlanganlik darajasining o’sishiga chambarchas bohlihdir. Pilla tortish va ipak yigirish korxonalarida sеx ichida va fabrika ichida tashish ishlarini mеxanizatsiyalash, tеxnologik jarayonlarni avtomatlashtirish kеng joriy hilinmohda. Elеktr hurilmalariga xizmat ko’rsatish bilan bohlih turli ixtisosliklarda ishlovchi ishchilar soni ko’payib bormokda, binobarin, ularning elеktr tokidan shikastla-nish ehtimoli ham ortib bormohda. Shu bois inson organizmiga elеktr tokining ta’sirini o’rganish, elеktr tokidan shikastlanish sabablarini tahlil qilish ishlab chiqarishda xavfsiz mеhnat sharoitlarini yaratish uchun juda muhimdir
Favqulodda vaziyatlar, ularning turlari va xususiyatlari. Fuqaro muhofazasining maqsadi, vazifalari, kuch va vositalari, uning iqtisodiyot tarmoqlarida tashkil etish tartiblari. Favqulodda holat (FH) – bu qisqa muddatda sodir bo`ladigan, insonlarga, tabiiy muhitga va moddiy boyliklarga katta darajadagi zarar etkazadigan voqealardir. Hayot faoliyat xavfsizligi nuqtai nazaridan favqulodda holatlarni keng ma`noda, ya`ni xavfning amalda sodir bo`lishi va insonlar sog’ligi hamda hayotiga tahdid solishi deb tushunish mumkin. FH larga katta avariyalar, katastrofalar va baxtsiz hodisalarni misol qilib keltirish mumkin. Avariyaga – texnik sistemada sodir bo`lib insonlar halok bo`lmagan, texnik vositalarni tiklash mumkin yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo`lmagan voqealarni misol qilib keltirish mumkin. Katastrofalar – texnik sistemalarda sodir bo`lib, insonlarning halok bo`lishiga yoki izsiz yo`qolishiga sabab bo`ladigan hodisalardir. Baxtsiz hodisalar – erdagi yuz beradigan FV lar bilan bog’liq bo`lib biosferani, texnosferalarni buzilishiga, insonlarni halok bo`lishi yoki sog’ligini yo`qolishiga sabab bo`ladigan holatlardir. Favqulodda faziyatlar (FV) – bu ob`ekt va hudud yoki akvatoriyalarni FH dan keyingi holati bo`lib, bunda odamlarni hayoti va sog’ligiga tahdid soluvchi, aholi va iqtisodga moddiy zarar etkazilgan, tabiiy muhit buzilgan holatdir. Ma`lumki, favqulodda holatlar o`ziga xos xususiyatlar va aniqlanishlarga ega bo`lib, bu ko`rsatkichlar asosida favqulodda holatlarni ta`riflash mumkin bo`ladi. YUqorida ta`kidlanganidek, insonning har qanday faoliyatida patentsial xavf mavjud bo`ladi. Patentsial xavf - bu yashirin kuchdir. Bu kuch amalga oshishi uchun, qandaydir sharoit yuzaga kelishi lozim. Patentsial xavfni reallikka olib keluvchi sharoit, baxtsiz hodisalarning sabablari deb tushuniladi. Sabablar ma`lum yoki noma`lum ko`rinishda bo`lishi va ular har doim ham mavjud bo`lmasligi mumkin. SHaxsga tahdid soluvchi xavflar dunyosi juda keng va u tinimsiz o`sib boradi. Ishlab chiqarishda, shaharda, maishiy sharoitda insonga bir vaqtda bir necha noxush omillar ta`sir qiladi. Ma`lum vaqtda ta`sir etuvchi zararli xavflar majmui «inson-atrof muhit» sistemasining joriy holatiga bog’liq bo`ladi. Barcha xavflar qator belgilari bo`yicha klassifikatsiyalanadi.

Download 69.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling