1. Ish haqining iqtisodiy mazmuni va tashkil etish shakllari


Download 44.13 Kb.
bet5/8
Sana10.11.2023
Hajmi44.13 Kb.
#1764996
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1. Ish haqining iqtisodiy mazmuni va tashkil etish shakllari-fayllar.org

A tovar

L
N


M
0 V tovar

14-chizma. Narx o’zgarishining byudjet chizig`iga ta’siri.


Iqtisodiyot nazariyasida iste’molchi tanlovini o’rganishda mazkur tanlov oqilona ravishda amalga oshiriladi va quyidagi shartlar ta’minlanadi, deb taxmin qilinadi:

  1. mavjud va cheklangan byudjetdan to’liq foydalaniladi;


  2. ehtiyojlar maksimal darajada qondiriladi.


Optimal tanlov ham quyidagi shartlarni keltirib chiqaradi:


Birinchidan, tanlov nuqtasining byudjet chizig`ida yotishi. Iste’molchi amalda barcha daromadini iste’molga sarflamay, ma’lum qismini kelgusidagi iste’molga qoldirsada, nazariy jihatdan biz uni barchasi sarflanadi, deb faraz qilamiz. Agar nuqta byudjet chizig`idan chapda yotsa – uning to’liq sarflanmaganligini, o’ngda yotsa – imkoniyat darajasidan chetda ekanligini tushunamiz.
Ikkinchidan, tanlangan iste’mol tovarlari to’plami eng ma’qul ko’rilgan kombinastiyada bo’lishi lozim.
3. , ish haqi – ishchi va xizmatchilarning mehnatining miqdori, sifati va unumdorligiga qarab, milliy mahsulotdan oladigan ulushining puldagi ifodasidir.
Ish haqi ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan zaruriy mahsulot bilan chambarchas bog`liqdir. Chunki ish haqi uning asosiy qismini tashkil etadi.
Ish haqining asosiy vazifasi ishchi va xizmatchilarning turmush va mehnat sharoitini yaxshilash, boshqacha qilib aytganda, mehnat me’yori bilan iste’mol me’yori o’rtasidagi bog`liqlikni ta’minlashdan iboratdir.
Ishchi uchun qanday shaklda va qancha miqdorda ish haqi olishi emas, balki unga qancha miqdorda tovarlar va xizmatlar sotib olishi mumkinligi muhim. Shu sababli nominal va real ish haqi farqlanadi. Nominal ish haqi- bu ma’lum vaqt davomida olingan pul summasi yoki pul shaklidagi ish haqi. Real ish haqi – bu nominal ish haqiga sotib olish mumkin bo’lgan tovarlar va xizmatlar miqdori. Boshqacha aytganda real ish haqi – bu nominal ish haqining «xarid etish» qobiliyati. O’z-o’zidan aniqki, real ish haqi nominal ish haqiga va xarid qilinadigan tovarlar (va xizmatlar) narxiga bog`liq. Shunday ekan, real ish haqi boshqa sharoitlar bir xil bo’lganda, nominal ish haqiga to’g`ri mutanosibdir va iste’mol buyumlari va xizmatlar narxining darajasiga teskari mutanosibdir.
Ish haqini tashkil etishda uning ikkita asosiy shakli: vaqtbay va ishbay shakllari farqlanadi. Vaqtbay ish haqi xodimning malakasi, mehnatining sifati va ishlagan vaqtiga qarab to’lanadigan ish haqidir. Ishbay ish haqi ishchining ishlab chiqargan mahsulot miqdori va sifati yoki bajargan ishining hajmiga qarab beriladigan ish haqidir. Mahsulot birligi uchun to’lanadigan ish haqi miqdori, ta’rif stavkasidagi haqni ishlab chiqarish normasiga taqsimlash yo’li bilan aniqlanadi. Haq to’lash shakllarining aniq mehnat sharoitlarini hisobga oladigan turlari ish haqining tizimini tashkil qiladi. Ishbay-mukofot tizimi bir qancha ko’rsatkichlar uchun mukofot berishni nazarda tutadi. Ishbay-progressiv haq to’lashda ishchining belgilab qo’yilgan me’yor doirasida ishlab chiqargan mahsulotiga uning birligi uchun belgilangan tarif bo’yicha ish haqi beriladi, normadan yuqorisiga esa oshirilgan haq (tarif) bo’yicha pul to’lanadi. Ishbay ish haqi tizimida yakka tartibdagi, jamoa va ijara pudratida qo’llaniladigan mehnatga haq to’lash farqlanadi. Tarif tizimi yordamida tarmoqlar va mamlakat mintaqasi bo’yicha, ular ichida esa ishlab chiqarish turlari, turli toifadagi xodimlar malakasi va mehnat sharoitlariga qarab ishchi va xizmatchilarning ish haqi darajasi tartibga solib turiladi.
Tarif-malaka ma’lumotnomalari ayrim kasblar va mehnat turlarining batafsil ta’rifi, u yoki bu aniq ishni bajaruvchining bilim va ko’nikmalariga qo’yiladigan talablardan iborat bo’ladi, shuningdek, unda bu ishni tariflash uchun qo’yiladigan razryadlar ham ko’rsatiladi. Tarif setkasida razryadlardan tashqari tarif koeffistientlari ham bo’lib, ular birinchi razryadli ishchiga haq to’lash bilan keyingi razryadli ishchilar mehnatiga haq to’lashning o’zaro nisbatini ko’rsatadi (birinchi razryadning tarif koeffistienti hamma vaqt birga teng bo’ladi).
Tarif stavkalari tegishli razryadga ega bo’lgan ishchining mehnatiga to’lanadigan haq miqdorini belgilab beradi.
Mehnat qilish sharoiti og`ir va zararli bo’lgan ishchilarga tarif stavkasiga qo’shimcha haqlar belgilanadi. Tarif stavkalariga ustamalar shaklidagi haq (razryadlar bo’yicha farqlantirilgan) professional mahorat uchun belgilanadi.
14-variant
1.Talab tushunchasi va uning miqdoriga taʼsir qiluvchi omillar. Talab qonuni
Tayanch iboralar: ehtiyoj, xarid qobiliyati, bozor talabi, narx, daromad, isteʼmolchi soni, teskari bogʼliqlik
2.Monopoliyalarning iqtisodiy asosi va ularning turlari.
Tayanch iboralar: monopoliya, yirik korxona, gorizontal, vertikal, tabiiy monopoliya, legal, monopsoniya, oligopoliya.
3.Yalpi ichki mahsulotni hisoblash usullari.
Tayanch iboralar: YaIM, SMM, nominal va real YaIM, qoʼshilgan qiymat usuli, oraliq va pirovard mahsulot, xarajatar usuli, aholi xarajatlari, korxonalar xarajati, davlat xarajatlari, sof eksport daromadlar usuli
1. Talab – bu shunchaki ehtiyoj emas,
balki to’lovga qobil pul bilan ta’minlangan ehtiyojdir.
Ehtiyoj – kishilarning hayotiy vositalarga zaruriyatini,
taraqqiyotning hamma bosqichlari uchun umumiy va doimiylikni
ifodalovchi ilmiy kategoriya. Talab – iqtisodiy sub’ektning muayyan miqdordagi
ne’matlarni muayyan bozor bahosida sotib olish istagi va
imkoniyati. Talab – bu shunchaki ehtiyoj emas, balki to’lovga qobil,
pul bilan ta’minlangan ehtiyojdir.

Download 44.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling