1. Jahonning yetakchi yettilik davlatlarining siyosiy-hududiy tuzilishi va geosiyosiy holatini o‘rganish


Fransiyaning iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlari


Download 1.29 Mb.
bet4/4
Sana27.03.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1300714
1   2   3   4
Bog'liq
Jalolova Zilola. Amaliy mashg\'ulot-5

Fransiyaning iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlari

Fransiyaning asosiy savdo hamkorlari (mlrd yevroda)



6. Buyuk Britaniya – to‘liq rasmiy nomi Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi bo‘lib, u Yevropaning Atlantika okeani qismidagi orollardan tashkil topgan davlat. Uning maydoni – 243,8 ming kv.km. Buyuk Britaniya 4 ta ma’muriy-siyosiy qismdan (tarixiy provinsiyalardan) tashkil topgan davlat hisoblanadi. Birinchisi Angliya bo‘lib u 39 ta graflik, 6 ta metropoliten grafligi va Katta London dan iborat. Ikkinchisi Uells bo‘lib, u 9 ta graflik , 3 ta shahar va 10 ta Shahar grafliklaridan tashkil topgan. Uchinchisi Shotlandiya bo‘lib, mazkur mamlakat 32 ta viloyatdan iborat. To‘rtinchisi Shimoliy Irlandiya bo‘lib, u 26 ta tumandan tashkil topgan.
Buyuk Britaniya aholisining soni 66,8 mln kishidan iborat bo‘lib, har bir kv.km.ga 271,6 kishi to‘g‘ri keladi.
Buyuk Britaniya bugungi kunga kelib iqtisodi yuqori darajada rivojlangan davlat hisoblanadi. Mamlakat YaIM hajmi 2.622 trln dollar bo‘lib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha jahonda 10-o‘rinda turadi (2018). Mamlakatda eng yetakchi sektor xizmatlar ko‘rsatish sohasi hisoblanadi. Mamlakatning jahon YaIM dagi ulushi 2,3 %ni tashkil etadi. Mamlakat jahon Doingbusiness ro‘yhatida 7-o‘rinda turadi. Mamlakatda eng kam ishq haqi 1463,8 yevro, o‘rtacha ish haqi esa 5100 yevrodan iborat.
Buyuk Britaniyaning iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlari



Buyuk Britaniyaning asosiy savdo hamkorlari (mlrd yevroda)

7. Kanada – Shimoliy Amerikaning shimoliy qismidagi davlat bo‘lib, uning umumiy maydoni – 9 970 610 km². chegarasining umumiy uzunligi 8893 km. hududining kattaligi bo‘yicha dunyoda (Rossiyadan keyingi) 2-o‘rinda turadi. Kanada barcha foydali qazilma turlariga boy bo‘lgan sanoqli davlatlardan biri hisoblanadi. 1791-yilda konstitutsion akt qabul qilingach, Buyuk Britaniyaning Shimoliy Amerikadagi mustamlaka yer mulklari chegaralari uzil-kesil rasmiylashtirildi va belgilab qo‘yildi. 1931-yilda Angliya hukumati Kanadaning ichki va tashqi siyosatdagi mustaqilligini tan oldi.
Kanada “ko‘chirilgan kapitalizm” mamlakati hisoblanadi. Hozirda mamlakat aholisi soni 37,1 mln kishiga yetgan. Kanadaning hozirgi aholisi ommaviy immigratsiya ta’sirida shakllangan. Kanada ko‘p millatli mamlakat bo‘lib hozirgi vaqtda asosan 2 ta millat va 80 ga yaqin xalqlar yashaydi.
Kanadaning iqtisodiyoti yuqori rivojlangan mamlakatlardan biridir. Mamlakat YaIM 1,7 mlrd dollardan iborat bo‘lib, jahon YaIM ni 1,4 % mamlakat hissasiga to‘g‘ri keladi. Mamlakatda ishsizlik 5-6 % atrofida. O‘rtacha ish haqi deyarli 3700 dollar.


Kanadaning iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlari



Kanadaning asosiy savdo hamkorlari (mlrd yevroda)



Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling