1. Jismoniy rivojlanishi Funksional holati
Download 58.62 Kb.
|
6-ma\'ruza sport — копия
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashg`ulot maqsadi
- BOLALAR JISMONIY RIVOJLANISHI.
6 – Mavzu 4 soat 2 juftlik Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy rivojlanishi va funksional holati Reja: 1. Jismoniy rivojlanishi 2. Funksional holati 3. Psixofizik xususiyatlarning rivojlanishi 4. Asab jarayonlarining balog‘at darajasini aniqlash Tayanch iboralar: funksional, dinamometriya, arterial qon bosimini o‘lchash, tepping sinov Mashg`ulot maqsadi: Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy rivojlanishi va funksional holati, psixofizik xususiyatlari, asab jarayonlarining balog‘at darajasini aniqlash haqida ma’lumot berish. Mavzuni o’rganish natijasida talaba: Mavzuga doir bilim, ko`nikma va malakalarini rivojlantiradi. Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro`yxati: D.N.Raxmatova, L.Z.Xolmurodov, L.B.Sobirova. Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati. “O‘zbek kitob savdo “nashriyoti, 2020 Bobomurodov A.E. jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati (jismoniy sifatlarni umumiy tasnifi). “O‘zbek kitob savdo “nashriyoti, 2020 Ok-Boon Jeong. Early Childhood Education Research Method. Seoul: Governor, 2018 О.С.Ушакова, Л.Г.Шадрина, Е.М.Струнина.Развитие речи и творчества дошкольников. Учебник. М.: - 2020 г. BOLALAR JISMONIY RIVOJLANISHI. Bolalarning real ko‘rik dasturi uch bo‘limdan iborat: -jismoniy rivojlanish(ko‘krak qafasi, vazni va bo‘yini o‘lchash); organizmning funksioanal ahvoli (qon bosimi, yurak urishi va o‘pka hajmini o‘lchash, PWS-170 –jismoniy qobiliyat testi); psixofizik xususiyatlalarning rivojlanishi (kuchini o‘lchash: bilak kuchini, yotgan holatda oyoq ko‘tarish, tik holatda dinamometriya; tezlik-kuch: uzunlikka sakrash, og‘ir koptokni ikki qo‘li bilan uloqtirish, yengil koptokni uzoqqa uloqtirish, 10 sekund davomida ikki oyoqda yon tomonga sakrash; tezlikga: estafeta yugurish 3x10m, masofali yugurish; chidamligi: 90, 120, 150, 300 m yugurish (bolaning yoshiga qarab); epchilligi: zigzag shaklida yugurish, gorizontal va vertikal nishonga kichik koptokni uloqtirish, to‘siqli yugurish, arqon bilan sakrash; egiluvchanligi: skameykada bajaraladigan mashqlar. Bolalarni sinovdan o‘tkazish xonada (sportzal) va jismoniy tarbiya maydonchasida amalga oshiriladi. Sport maydonchasida quyidagi testlar o‘tkaziladi: koptokni uzoqqa uloqtirish 10, 30, 90, 120, 150, 300 m yugurish, masofali yugurish 10x30m. Bir necha kun davomida qayta tekshirishdan o‘tkazish lozim, kuzda va bahorda. Sport kiyimi yengil, toza va qulay bo‘lishi kerak (sintetik emas). Ochiq havoda shug‘ullaganda oyoq kiyimining tagi rezina bo‘lishi, sportzalda esa – ustida yengil sport kiyimi bo‘lishi kerak. Bolalarning jismoniy rivojlanish va funksional holati tibbiyot xodimlari tomonidan kuzatiladi, jismoniy tayyorgarligining darajasi- tarbiyachi va murabbiy tomonidan tekshiriladi. Ko‘rik natijalari yoshiga qarab, o‘g‘il va qiz bolalar uchun alohida protokol shaklida rasmiylashtiriladi. Download 58.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling