MAVZU: KINEMATIKA MASALALARINI MAPLE DASTURIDA ISHLASH
Reja:
I . Kirish.
II. Asosiy qism:
1.Kinematika bo’limi haqida tushuncha
2.Maple dasturi haqida tushuncha
3. Kinematika masalalarini Maple dasturida ishlash
III. Xulosa.
IV. Foydalanilgan adabiyotlar.
I.Kirish
Ushbu kurs ishi “Nazariy mehanika” fanidan ishchi dasturga moslab tuzilgan bir ishlanmadir. Nazariy mehanika fanining maqsadi:
Nazariy mehanika moddiy jismlarning bir-biriga ta’siri va mehanik harakatlarning umumiy qonunlarini o’rganuvchi fandir. Jismning barcha xossalarini hisobga olgan holda sodir bo’ladigan mexanik xodisalarni nazariy va amaliy jihatdan tekshirish juda murakkabdir. Shuning uchun mexanikada moddiy nuqta va absolyut qattiq jism tushunchalari kiritiladi.
Mehanik harakatni yoki muvozanatni tekshirayotganimizda o’lchamlarini va shaklini ahamiyati bo’lmagan jism moddiy nuqta deb ataladi va biz shu moddiy nuqtaning harakatini o’rganamiz.
Nazariy mehanikaning asosiy qonunlari kuzatish va tajriba natijalariga asoslanadi.
ΙΙ. Asosiy qism
1. Kinematika bo’limi haqida tushuncha. MODDIY NUQTA HARAKATINING KINEMATIKASI. Kinematikaning asosiy tushunchalari va vazifalari. Nazariy mexanikaning kinematika qismi jismlarning harakatini harakat sabablariga, harakatni vujudga keltiruvchi kuchlarga va jism massasiga, bogʻlamay oʻrganadi. Boshqacha aytganda, jism harakatining geometrik xususiyatlarini kinematika aniqlaydi. Shuning uchun ba’zida kinematikani “4 oʻlchovli geometriya deb atashadi”. Kinematika soʻzi lotinchadan olingan boʻlib, “kinemaharakat” ma’nosini beradi. Kinematikaning asosiy tushunchalari quyidagilardan iborat:
- mexanik harakat – bir jismning boshqa jismga nisbatan tutgan oʻrnining oʻzgarishiga aytiladi;
- hisob sistemasi – jismning harakati paytida fazodagi oʻrnini aniqlovchi, boshqa jismga bogʻlangan koordinatalar sistemasiga aytiladi. Hisob sistemasini o‘zaro perpendikulyarl holda uch tomonga yo‘nalgan o‘qlar orqali tasvirlanadi, lekin shu o‘q mahkamlangan jism tasvirlanmaydi. Masalan, aksariyat o‘qlar Yer shariga mahkamlanadi, lekin yerning shakli tasvirlanmaydi;
Do'stlaringiz bilan baham: |