1. Kinematika bo’limi haqida tushuncha Maple dasturi haqida tushuncha
Download 0.52 Mb.
|
KINEMATIKA MASALALARINI MAPLE DASTURIDA ISHLASH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moddiy nuqtaning fazodagi harakati
- 1. Harakat qonuni
- harakat qonuni – jism harakatida koordinatalar va vaqt orasidagi bogʻlanishni aniqlovchi qonunga aytiladi;
-boshlang‘ich vaqt– harakatning boshlanish payti (vaqt t=0 sekund deb olinadi); - vaqt oralig‘i – avvalgi vaqt bilan keying vaqt farqiga aytiladi; - trayektoriya – jism nuqtasining harakat davomida fazoda qoldirgan iziga aytiladi; - uch oʻlchovli Evklid fazosi – Evklid geometriyasiga asoslangan, uzunlikl metrlarda, vaqt- t sekundlarda oʻlchanuvchi uch oʻlchovli fazoga aytiladi. Kinematikaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - jism harakat qonunini aniqlash va harakat grafigini chizish; - harakat qoʻnuni boʻyicha qism nuqtalarining tezligi va tezlanishlarini aniqlash; - aniqlangan kinematik xususiyatlarni amaliy jarayonga, mashinamexanizmlar hisobiga tadbiq qilish. Kinematika tajribalar va amalda sinab ko‘rilgan bilimlarga tayangan bo‘lib, ular asosan geometriyaning aksiomalaridan olingan. Kinematikani o‘rganishda ulardan tashqari hech qanday aksioma va qo‘shimcha qonunlar talab qilinmaydi. Kinematikani o‘rganish eng sodda ob’ekt – moddiy nuqta kinematikasidan boshlanadi, keyin esa qattiq jism kinematikasi o‘rganiladi. Moddiy nuqtaning fazodagi harakati. Moddiy nuqtaning fazodagi harakati vaqtga bogʻliq boʻlib, uning oʻrnini turli usullarda aniqlash mumkin: - vektoʻr usulda; - Dekart koordinatalari usulida; - tabiiy koordinatalar yordamida. MODDIY NUQTA HARAKAT QONUNINING VEKTOR USULI: 1. Harakat qonuni.Faraz qilaylik, ixtiyoriy M nuqta biror Oxyz hisob sistemasiga nisbatan harakatlanayotgan bo‘lsin. Agar koordinata boshi O nuqtadan harakatlanayotgan M nuqtagacha radius-vektor nuqtaning ixtiyoriy vaqt momenti uchun holatini aniqlaydi 1-shakl
= (1) vektor tenglik nuqtaning harakat qonunining vektor shakli hisoblanadi. Ushbu tenglama orqali nuqtaning ixtiyoriy vaqt uchun - vektorni shaklda tasvirlab beradi va koordanata o‘qlaridagi o‘rnini aniqlab beradi. Radius vektor -ning oxirini birlashtiruvchi egri chiziq godograf deb ataladi va harakatlanayotgan nuqtaning trayektoriyasini belgilaydi Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling