1-Laboratoriya ishi Mavzu: Vodorod xloridini absorbtsiyalash, xlorid kislotasi olish Ishning maqsadi


Download 51.84 Kb.
Sana18.01.2023
Hajmi51.84 Kb.
#1100306
Bog'liq
1 laboratoriya ishi


1-Laboratoriya ishi
Mavzu: Vodorod xloridini absorbtsiyalash, xlorid kislotasi olish


Ishning maqsadi: xlor va vodoroddan xlorid kislota olish.


Kerakli jixoz va materiallar:

1. Xlorid kislota olish uchun qurilma.


2. 0,1 n li ishqor eritmasi.
3. Fenol ftoren eritmasi.
Ishni bajarish.
Xlorid kislota olish qurilmasi quyidagi rasmda ko‘rsatilgan.
1. Gorelka; 2. Gorelka g‘ilofi; 3. Vodorodni yutgich; 4. Kipp apparati;
5. Xlorli gazometr; 6. Gidravlik zatvor; 7. Natural o‘lchamli gorelka.

Natriy xloridning to‘yingan eritmasi bilan to‘ldirilgan, darajalangan gazometrda xlor yig‘ilib, u xlorid kislotaning kaliy permanganat bilan ta’sirlashishidan hosil bo‘ladi. SHundan keyin gorelka chiqarib olinib, Kipp apparatidan tozalik bo‘yicha tekshirilgan vodorod oqimi o‘tkaziladi.


Vodorod yondiriladi va so‘ngra xlor oqimi ohista o‘tkaziladi xamda alanga rangining o‘zgarishi kuzatiladi. Gazometrga suv kichik oqimda beriladi. SHundan keyin alanga rangi sarg‘ish yashil bo‘lgandan keyin xlorning boshlang‘ich hajmi belgilab olinadi. Gorelka qo‘ng‘iroqqa qo‘yilib, tajriba 1-1,5 min davomida takrorlanadi. Kuzatish qulay bo‘lishi uchun gazometr va Kipp apparatidan keyin sulьfat kislota solingan yuvgichni o‘rnatish mumkin, u esa gaz pufakchalarini hisoblagich vazifasini bajaradi. Lekin bu holda gazning yonishi to‘xtatiladi. Yutgichdagi nasadkani (sindirilgan shisha yoki kesilgan naychalar) oldindan suv bilan namlab qo‘yish kerak. SHundan so‘ng xlor va vodorodning berilishi to‘xtatiladi, yutgich yuviladi, hosil qilingan eritma 100 ml o‘lchov kolbasiga quyiladi va belgisigacha suv solinadi. Aralashtirilgan keyin pipetka yordamida 20-25 ml kislota eritmasidan ajratib olinib, uni ishqor bilan fenol ftalein ishtirokida titrlanadi. Xlorid kislotaning nazariy chiqishini aniqlash uchun xlor gazining xajmini o‘lchash asosida yondirilgan xlorning massasi, so‘ngra esa hosil bo‘lgan vodorod xlorid massasi aniqlanadi. Tushayotgan xlor xajmini o‘lchash uchun gazometr oldindan ma’lum xajmdagi suv quyib darajalanadi. Darajalash bevosita gazometr sirtida bajariladi. SHundan so‘ng xlorid kislota yutgichdan quyib olinib, uni 2 marta kam miqdordagi suv (15-20 ml) bilan yuviladi. Kislotani o‘lchov kolbasiga quyilib, titrlash yo‘li bilan uni miqdori aniqlanadi. Xlorid kislotaning chiqishi amalda hosil qilingan vodorod xloridning uning nazariy miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi.
Ish natijalarini rasmiylashtirish.
Qurilmaning ishlashi bayon etiladi. Hosil qilingan kislota chiqishi bo‘yicha sonli ma’lumotlar keltiriladi.
Download 51.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling