1-Ma’ruza. Geosiyosat fanining ob’ekti, predmeti va vazifalari


Download 0.89 Mb.
bet18/47
Sana05.05.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1432736
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   47
Bog'liq
geosiyosat

Markaziy Amerika. Mazkur mintaqa davlatlari joylashgan o‘rniga ko‘ra Shimoliy va Janubiy Amerikani o‘zaro bog‘lovchi bo‘yin vazifasini bajaradi. Mintaqa o‘z tarkibiga quyidagi 8 ta davlatni qamrab oladi – Beliz, Gvatemala, Gonduras, Kosta-Rika, Meksika, Nikaragua, Panama, Salvador. Mazkur davlatlar iqtisodiyotining kuchsiz rivojlanganligi bilan ajralib turadi. Ular orasida birgina Meksika iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot darajasiga ko‘ra mintaqadagi yirik salohiyatga ega tayanch davlat hisoblanadi. Qolgan davlatlar iqtisodiyotining kuchsizligi hamda xomashyo yetkazib berish xususiyatiga ega.
Markaziy Amerika mintaqasi hududi – 2,5 mln kv. km.ni tashkil qilgani xolda, aholisi soni – 177 mln kishi (2019 y.).
Hududining kattaligiga ko‘ra ham Meksika (1,9 mln kv.km.) yetakchi o‘rinni egallaydi. Bu borada Beliz va Salvador davlatlari eng kichik hisoblanadi. Shuningdek, aholisining soniga ko‘ra ham Meksika (126,6 mln kishi – 2019 y.) hamda Gvatemala (17,6 mln kishi – 2019 y.) yetakchi, qolgan davlatlar aholisi 10 mln kishidan kam.
Mintaqa davlatlari ichida faqatgina Beliz davlati monarxiya davlat tuzumiga ega. Qolganlari esa asosan prezidentlik respublikalaridir. Beliz davlati Britaniya Hamdo‘stligi a’zosi bo‘lib, Buyuk Britaniya Qirolichasi rasmiy jihatdan davlat boshlig‘i hisoblanadi.
Markaziy Amerika mintaqasi davlatlarining siyosiy-geografik o‘rnining o‘ziga xos jihatlari, eng avvalo ularning shimoliy hamda janubiy Amerikani o‘zaro tutashtirishi bilan, va shu bilan birga, Atlantika va Tinch okeaniga chiqish yo‘lagida joylashganligi bilan belgilanadi. Jumladan, Panama davlati hududida joylashgan Panama kanali xalqaro dengiz savdo aloqalarida juda katta ahamiyat kasb etadi.

2-jadval
Amerikaning siyosiy-geografik tarkibi







Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling