1-Ma’ruza. Geosiyosat fanining ob’ekti, predmeti va vazifalari


Osiyoning siyosiy-geografik tarkibi


Download 0.89 Mb.
bet21/47
Sana05.05.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1432736
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   47
Bog'liq
geosiyosat

Osiyoning siyosiy-geografik tarkibi




Mintaqa va davlat nomi

Maydoni, km2

Aholisi, mln kishi, 01.06.2019y.

Aholi soni prognozi,
2050 yil

YaMM,
PPS, 2018 y., (US$)

Poytahti

Davlat tuzumi

1

2

3

4

5

6

7

8




Osiyo

32011303

4587,3

5344,0

14506










1. G‘arbiy Osiyo

4921726

274

393

29369







1

Armaniston

29800

3,0

2,4

1460

Erevan

Respublika

2

Ozarbayjon

86600

10,0

11,0

17070

Baku

Respublika

3

Bahrayn

695

1,5

2,0

44620

Manama

Monarxiya

4

Gruziya

69700

4,0

3,5

10900

Tbilisi

Respublika

5

Isroil

26900

8,5

12,7

40800

Tel-Aviv

Respublika

6

Iordaniya

92300

10,4

13,4

9300

Ommon

Konstitutsion monarxiya

7

Iroq

437072

39,3

70,9

17290

Bog‘dod

Respublika

8

Yaman

527970

29,2

48,1

2570

Sana

Respublika

9

Qatar

11437

2,8

3,8

124130

Doxa

Mutlaq monarxiya

10

Kipr

9250

1,3

1,4

35170

Nikosiya

Respublika

11

Quvayt

17818

4,2

5,4

83390

El-Quvayt

Konstitutsion monarxiya

12

Livan

10452

6,9

6,5

12610

Bayrut

Respublika

13

Birlashgan Arab Amirligi

83600

9,6

10,2

75300

Abu-Dabi

Monarxiya

14

Ummon

309500

4,7

7,0

41230

Maskat

Mutlaq monarxiya

15

Falastin

26000

5,0

8,8

5990

G‘azo




16

Saudiya Arabistoni

2218000

34,2

47,7

55650

Er-Riyod

Mutlaq teokratik monarxiya

17

Suriya

185180

17,1

33,1




Damashq

Respublika

18

Turkiya

779452

82,6

104,6

28380

Anqara

Respublika




2. Markaziy Osiyo

3995900

74,0

104,0

11790







1

Qozog‘iston

2717300



18,5

24,7

24230

Ostona

Respublika

2

Qirg‘iziston

198500

6,5

8,3

3780

Bishkek

Respublika

3

Tojikiston

143100

9,2

16,0

4040

Dushanbe

Respublika

4

Turkmaniston

488100

5,9

7,9

18460

Ashxabod

Respublika

5

O‘zbekiston

448900

33,5

46,5

7230

Toshkent

Respublika




3. Janubiy Osiyo

6790619

1946,0

2473,0

7673







1

Afg‘oniston

647500

38,0

70,7

1960

Qobul

Islom Respublikasi

2

Bangladesh

144000

163,7

193,0

4560

Dakka

Respublika

3

Butan

46500

0,8

0,8

9680

Tximpxu

Konstitutsion monarxiya

4

Hindiston

3287590

1391,9

1669,7

7680

Dehli

Respublika

5

Eron

1648000

83,9

113,3

21050

Tehron

Islom respublikasi

6

Maldiv Respublikasi

298

0,5

0,6

14120

Male

Respublika

7

Nepal

147181

28,6

35,3

3090

Katmandu

Respublika

8

Pokiston

803940

216,6

368,9

5840

Islomobod

Respublika

9

Shri-Lanka

65610

21,9

20,4

13090

Kolombo

Respublika




4. Janubi-Sharqiy
Osiyo

4508631


657,0

789,0

12928







1

Bruney

5770

0,4

0,5

85790

Bandar-Seri-Begavan

Mustaqil Sulton

2

Sharqiy Timor

14900

1,3

2,0

6990

Dili




3

V’etnam

329560

95,7

108,2

7030

Xanoy

Respublika

4

Indoneziya

1919440

268,4

330,9

12650

Jakarta

Respublika

5

Kambodja

181040

16,5

21,9

4060

Pnompen

Konstitutsion monarxiya

6

Laos Xalq Demokratik respublikasi

236800

7,1

9,5

7090

Ventyan

Respublika

7

Malayziya

329758

32,8

40,6

30600

Kuala-Lumpur

Konstitutsion monarxiya

8

Myanma

678500

54,0

62,3

6480

Yangon

Respublika

9

Singapur

693

5,8

6,0

94500

Singapur

Respublika

10

Tailand

514000

66,4

62,9

18160

Bangkok

Konstitutsion monarxiya

11

Filippin

298170

108,1

144,5

10720

Manila

Respublika




5. Sharqiy Osiyo

11794427

1637,0

1586,0

21266







1

Xitoy

9596960

1398

1367,4

18140

Pekin

Respublika

2

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi

120540

25,7

26,6




Pxenyan

Respublika

3

Koreya Respublikasi

99274

51,8

47,7

40450

Seul

Respublika

4

Mongoliya

1564116

3,3

4,5

12220

Ulan-Bator

Respublika

5

Tayvan

36002

23,6

20,7




Taybey

Respublika

6

Yaponiya

377535

126,2

109,9

45000

Tokio

Konstitutsion monarxiya

Manbalar: Ropulation Reference Bureau. 2019 World Population Data Sheet; Ropulation Reference Bureau. World Population Data 2019; http://ostranah.ru/_lists/area.php.
G‘arbiy Osiyo mintaqasi
Mintaqaning umumiy maydoni 4,9 mln km. kv. ni tashkil qiladi. Aholisi 274 mln kishidan (2019 y.) iborat. U o‘z ichiga 18 ta davlatni qamrab oladi. Ular quyidagilardir: Ozarbayjon, Armaniston, Baxrayn, Gruziya, Isroil, Iordaniya, Iroq, Yaman, Qatar, Kipr, Quvayt, Livan, Birlashgan Arab Amirliklari, Ummon, Falastin, Saudiya Arabistoni, Suriya, Turkiya.
Ushbu mintaqa davlatlari orasida sobiq sotsialistik respublikalar (Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya) bilan bir qatorda, Qatar, Omon kabi mutloq monarxiya hamda Saudiya Arabistoni kabi mutloq teokratik monarxiya boshqaruviga mansub davlatlar ham mavjud. Shuningdek, Bahrayn, Iordaniya, Quvayt davlatlari ham monarxiya davlat tuzumiga ega.
G‘arbiy Osiyo davlatlari qulay siyosiy hamda iqtisodiy-geografik o‘ringa ega. Ular bir vaqtning o‘zida O‘rta yer dengizi orqali Atlantika okeaniga, shuningdek Hind okeaniga, Qora va Kaspiy dengizi orqali Markaziy Osiyo hamda Uzoq Sharqqa chiqish imkoniyatlariga ega.
G‘arbiy Osiyo davlatlari orasida hududi xajmiga ko‘ra Turkiya (779,4 ming km. kv.) yetakchi, shuningdek bu borada Yaman (527,9 ming km. kv.), Iroq (437,0 ming km. kv.) davlatlari sezilarli o‘rinni egallaydi.
Aholi soniga ko‘ra esa Turkiyaning (82,6 mln. kishi, 2019 y.) demografik salohiyati katta. Bu borada, shuningdek Iroq (39,3 mln. kishi), Saudiya Arabistoni (34,2 mln. kishi), Yaman (29,2 mln. kishi) hamda Suriya (17,1 mln. kishi) davlatlari ham muhim o‘rin tutadi. Mintaqaning qolgan barcha davlatlari aholisi soni 10 mln. kishidan kam.
G‘arbiy Osiyo dunyo siyosiy xaritasidagi geosiyosiy vaziyat notinch mintaqalardan biridir. Bu yerda o‘tgan asrning 40-yillaridan boshlab davom etib kelayotgan arab-isroil mojarosi, ayniqsa yaqin sharq mintaqasining ijtimoiy-siyosiy hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Markaziy Osiyo
Mazkur mintaqa Yevrosiyoning o‘rta qismida joylashgan bo‘lib, quyidagi 5 ta davlatni o‘z ichiga oladi: Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston. Mintaqaning umumiy maydoni 3,99 mln km. kv. ni tashkil qiladi. Tabiiy geografik jihatdan uning hududida katta maydonlarni egallagan Qizilqum va Qoraqum cho‘llari, sharq va janbi-sharqdan esa baland Tyan-Shan hamda Pomir tog‘ tizmalari joylashgan.
Mintaqa davlatlarining deyarli barchasi davlat tuzumiga ko‘ra respublika tipiga mansub, prezidentlik boshqaruv shakliga ega bo‘lgan davlatlar hisoblanadi.
Mazkur mintaqaning siyosiy geografik o‘rnidagi muhim jihat, uning Yevrosiyo kontinenti doirasida shimol va janubni hamda Sharq va G‘arbni bog‘lovchi ko‘prik mavqeiga ega ekanligi bilan belgilanadi.
Hozirgi davrda mintaqaning geosiyosiy o‘rnidagi eng salbiy jihat, mintaqa davlatlarini jahon dengiz savdo yo‘llariga bevosita chiqa olmasligi bilan bog‘liqdir. Bu borada, ayniqsa O‘zbekiston Respublikasining tutgan o‘rnini noqulayligini ta’kidlash joiz. Binobarin, ushbu davlat yaqin dengiz savdo yo‘llariga bog‘lanishi uchun ikkita davlat hududini bosib o‘tishiga to‘g‘ri keladi. Bunday ikki karra izolyatsiya xolati O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarini qiyinlashtiradi.
Markaziy Osiyo qadimdan sharq va g‘arb davlatlarining o‘zaro aloqalarida va ayniqsa, Buyuk ipak yo‘lining eng markaziy chorrahasida joylashganligi bilan alohida ahamiyat kasb etib kelgan. Keyinchalik Sharq va G‘arb aloqalarida dengiz yo‘lining ochilishi bilan Buyuk ipak yo‘lining ahamiyati pasaydi.
Lekin shularga qaramay, so‘nggi davrlarda Markaziy Osiyo mintaqasining jahon energetika balansida tutgan o‘rni va ahamiyatini, va ayniqsa mintaqaning sharq va g‘arb o‘rtasidagi transport-logistika salohiyatining ortib borishi bilan unga bo‘lgan e’tibor yana kuchayib bormoqda. Buni o‘tgan asrning oxirlari va 21-asrning boshlariga kelib, mintaqa orqali Buyuk ipak yo‘lining qayta tiklashga bo‘lgan xarakatlarda ko‘rish mumkin.
Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari o‘zlarining hudud, mineral xomashyo, demgrafik hamda iqtisodiy salohiyatiga ko‘ra turlicha mavqega ega. Jumladan, hudud salohiyatiga ko‘ra Qozog‘iston Respublikasi (2,7 mln. km. kv) yetakchilik qilsa, demografik salohiyatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi (33,5 mln. kishi – 2019 y.) yaqqol ustunlik qiladi.
Dunyo miqyosida Markaziy Osiyo mintaqasi o‘zining ulkan uglevodorod zahiralari (neft, tabiiy gaz, ko‘mir) salohiyati bilan alohida ajralib turadi. Uning yaqin atrofida Rossiya, Xitoy, Hindiston va Pokiston kabi yadroviy davlatlar joylashgan.
Bugungi kunda Markaziy Osiyo o‘zining o‘ta muhim geostrategik, geoiqtisodiy, geosiyosiy ahamiyatiga ko‘ra jahonning yetakchi davlatlari manfaatlari to‘qnashgan mintaqa hisoblanadi.
Mintaqa tarkibiga kiruvchi 5 ta davlat (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston) sobiq sotsialistik respublikalar bo‘lib, hozirda o‘tish o‘tish iqtisodiyoti davlatlari guruxini tashkil qiladi.
Janubiy Osiyo
Mazkur mintaqa Yevrosiyoning janubiy qismida joylashgan bo‘lib, G‘arbiy Osiyo, Markaziy Osiyo, Sharqiy Osiyo, Janubi-Sharqiy Osiyo hamda janubda Hind okeani bilan chegaralanadi.
Mintaqaning umumiy maydoni 6.8 mln km. kv. ni, demografik salohiyati - 1946,0 mln. kishini (2019 y.) tashkil qiladi.
BMT tasnifiga ko‘ra, mazkur mintaqa tarkibiga quyidagi 9 ta davlat kiritiladi: Afg‘oniston, Bangladesh, Butan, Hindiston, Eron, Maldiv Respublikasi, Nepal, Pokiston, Shri-Lanka.
Mintaqa davlatlari davlat tuzumiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Bu yerda islom respublikalarini, prezidentlik va parlament respublikalarini, monarxiya tipidagi davlatlarni ko‘rish mumkin. Jumladan, 3 ta davlat – Afg‘oniston, Pokiston va Eron islom respublikalari hisoblansa, Butan konstitutsion monarxiya, qolgan davlatlar esa respublikalardir. Shuningdek, Pokiston, Hindiston, Bangladesh, Shri-Lanka va Maldiv (2016 yili hamdo‘stlik tarkibidan chiqqan) Respublikalari Britaniya Hamdo‘stligi a’zosidir.
Mintaqaning siyosiy-geografik o‘rnidagi muhim jihat, uning jahon dengizlariga bevosta tutash ekanligi, qulay dengiz savdo yo‘llariga ega ekanligi bilan belgilanadi.
Yana shuni ham ta’kidlash joizki, bugungi kunda mazkur mintaqada ikkita yadroviy davlat – Hindiston va Pokiston joylashgan.
Hozirgi davrda Janubiy Osiyo mintaqasi dunyo siyosiy xaritasida geosiyosiy vaziyatni keskinlashtiruvchi “Afg‘on muammosi” va “Kashmir muammosi” bilan alohida ajralib turadi.
Dunyo miqyosida Janubiy Osiyo mintaqasining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri – uning ulkan demografik salohiyatga ega ekanligidir. Bu yerda aholisi soni 1,3 mlrd kishidan ko‘p Hindiston Respublikasi joylashgan. Shuningdek, bu borada Pokiston (216,6 mln kishi – 2019 y.) hamda Bangladesh Respublikalari (160 mln. kishi – 2019 y.) ham alohida ajralib turadi.
Mintaqada hudud salohiyatiga ko‘ra Hindiston (3,2 mln. km. kv) va Eron (1,6 mln. km. kv) davlatlari yetakchi, shuningdek Pokiston (796,0 ming km. kv) hamda Afg‘oniston (652,0 ming km. kv) Respublikalari ham bu borada muayyan salohiyat kasb etadi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling