1-Ma’ruza. Geosiyosat fanining ob’ekti, predmeti va vazifalari
Osiyoning siyosiy-geografik tarkibi
Download 0,89 Mb.
|
geosiyosat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mintaqa va davlat nomi Maydoni, km 2
- 4. Janubi-Sharqiy Osiyo
- G‘arbiy Osiyo mintaqasi
Osiyoning siyosiy-geografik tarkibi
Manbalar: Ropulation Reference Bureau. 2019 World Population Data Sheet; Ropulation Reference Bureau. World Population Data 2019; http://ostranah.ru/_lists/area.php. G‘arbiy Osiyo mintaqasi Mintaqaning umumiy maydoni 4,9 mln km. kv. ni tashkil qiladi. Aholisi 274 mln kishidan (2019 y.) iborat. U o‘z ichiga 18 ta davlatni qamrab oladi. Ular quyidagilardir: Ozarbayjon, Armaniston, Baxrayn, Gruziya, Isroil, Iordaniya, Iroq, Yaman, Qatar, Kipr, Quvayt, Livan, Birlashgan Arab Amirliklari, Ummon, Falastin, Saudiya Arabistoni, Suriya, Turkiya. Ushbu mintaqa davlatlari orasida sobiq sotsialistik respublikalar (Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya) bilan bir qatorda, Qatar, Omon kabi mutloq monarxiya hamda Saudiya Arabistoni kabi mutloq teokratik monarxiya boshqaruviga mansub davlatlar ham mavjud. Shuningdek, Bahrayn, Iordaniya, Quvayt davlatlari ham monarxiya davlat tuzumiga ega. G‘arbiy Osiyo davlatlari qulay siyosiy hamda iqtisodiy-geografik o‘ringa ega. Ular bir vaqtning o‘zida O‘rta yer dengizi orqali Atlantika okeaniga, shuningdek Hind okeaniga, Qora va Kaspiy dengizi orqali Markaziy Osiyo hamda Uzoq Sharqqa chiqish imkoniyatlariga ega. G‘arbiy Osiyo davlatlari orasida hududi xajmiga ko‘ra Turkiya (779,4 ming km. kv.) yetakchi, shuningdek bu borada Yaman (527,9 ming km. kv.), Iroq (437,0 ming km. kv.) davlatlari sezilarli o‘rinni egallaydi. Aholi soniga ko‘ra esa Turkiyaning (82,6 mln. kishi, 2019 y.) demografik salohiyati katta. Bu borada, shuningdek Iroq (39,3 mln. kishi), Saudiya Arabistoni (34,2 mln. kishi), Yaman (29,2 mln. kishi) hamda Suriya (17,1 mln. kishi) davlatlari ham muhim o‘rin tutadi. Mintaqaning qolgan barcha davlatlari aholisi soni 10 mln. kishidan kam. G‘arbiy Osiyo dunyo siyosiy xaritasidagi geosiyosiy vaziyat notinch mintaqalardan biridir. Bu yerda o‘tgan asrning 40-yillaridan boshlab davom etib kelayotgan arab-isroil mojarosi, ayniqsa yaqin sharq mintaqasining ijtimoiy-siyosiy hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Markaziy Osiyo Mazkur mintaqa Yevrosiyoning o‘rta qismida joylashgan bo‘lib, quyidagi 5 ta davlatni o‘z ichiga oladi: Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston. Mintaqaning umumiy maydoni 3,99 mln km. kv. ni tashkil qiladi. Tabiiy geografik jihatdan uning hududida katta maydonlarni egallagan Qizilqum va Qoraqum cho‘llari, sharq va janbi-sharqdan esa baland Tyan-Shan hamda Pomir tog‘ tizmalari joylashgan. Mintaqa davlatlarining deyarli barchasi davlat tuzumiga ko‘ra respublika tipiga mansub, prezidentlik boshqaruv shakliga ega bo‘lgan davlatlar hisoblanadi. Mazkur mintaqaning siyosiy geografik o‘rnidagi muhim jihat, uning Yevrosiyo kontinenti doirasida shimol va janubni hamda Sharq va G‘arbni bog‘lovchi ko‘prik mavqeiga ega ekanligi bilan belgilanadi. Hozirgi davrda mintaqaning geosiyosiy o‘rnidagi eng salbiy jihat, mintaqa davlatlarini jahon dengiz savdo yo‘llariga bevosita chiqa olmasligi bilan bog‘liqdir. Bu borada, ayniqsa O‘zbekiston Respublikasining tutgan o‘rnini noqulayligini ta’kidlash joiz. Binobarin, ushbu davlat yaqin dengiz savdo yo‘llariga bog‘lanishi uchun ikkita davlat hududini bosib o‘tishiga to‘g‘ri keladi. Bunday ikki karra izolyatsiya xolati O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarini qiyinlashtiradi. Markaziy Osiyo qadimdan sharq va g‘arb davlatlarining o‘zaro aloqalarida va ayniqsa, Buyuk ipak yo‘lining eng markaziy chorrahasida joylashganligi bilan alohida ahamiyat kasb etib kelgan. Keyinchalik Sharq va G‘arb aloqalarida dengiz yo‘lining ochilishi bilan Buyuk ipak yo‘lining ahamiyati pasaydi. Lekin shularga qaramay, so‘nggi davrlarda Markaziy Osiyo mintaqasining jahon energetika balansida tutgan o‘rni va ahamiyatini, va ayniqsa mintaqaning sharq va g‘arb o‘rtasidagi transport-logistika salohiyatining ortib borishi bilan unga bo‘lgan e’tibor yana kuchayib bormoqda. Buni o‘tgan asrning oxirlari va 21-asrning boshlariga kelib, mintaqa orqali Buyuk ipak yo‘lining qayta tiklashga bo‘lgan xarakatlarda ko‘rish mumkin. Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari o‘zlarining hudud, mineral xomashyo, demgrafik hamda iqtisodiy salohiyatiga ko‘ra turlicha mavqega ega. Jumladan, hudud salohiyatiga ko‘ra Qozog‘iston Respublikasi (2,7 mln. km. kv) yetakchilik qilsa, demografik salohiyatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi (33,5 mln. kishi – 2019 y.) yaqqol ustunlik qiladi. Dunyo miqyosida Markaziy Osiyo mintaqasi o‘zining ulkan uglevodorod zahiralari (neft, tabiiy gaz, ko‘mir) salohiyati bilan alohida ajralib turadi. Uning yaqin atrofida Rossiya, Xitoy, Hindiston va Pokiston kabi yadroviy davlatlar joylashgan. Bugungi kunda Markaziy Osiyo o‘zining o‘ta muhim geostrategik, geoiqtisodiy, geosiyosiy ahamiyatiga ko‘ra jahonning yetakchi davlatlari manfaatlari to‘qnashgan mintaqa hisoblanadi. Mintaqa tarkibiga kiruvchi 5 ta davlat (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston) sobiq sotsialistik respublikalar bo‘lib, hozirda o‘tish o‘tish iqtisodiyoti davlatlari guruxini tashkil qiladi. Janubiy Osiyo Mazkur mintaqa Yevrosiyoning janubiy qismida joylashgan bo‘lib, G‘arbiy Osiyo, Markaziy Osiyo, Sharqiy Osiyo, Janubi-Sharqiy Osiyo hamda janubda Hind okeani bilan chegaralanadi. Mintaqaning umumiy maydoni 6.8 mln km. kv. ni, demografik salohiyati - 1946,0 mln. kishini (2019 y.) tashkil qiladi. BMT tasnifiga ko‘ra, mazkur mintaqa tarkibiga quyidagi 9 ta davlat kiritiladi: Afg‘oniston, Bangladesh, Butan, Hindiston, Eron, Maldiv Respublikasi, Nepal, Pokiston, Shri-Lanka. Mintaqa davlatlari davlat tuzumiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Bu yerda islom respublikalarini, prezidentlik va parlament respublikalarini, monarxiya tipidagi davlatlarni ko‘rish mumkin. Jumladan, 3 ta davlat – Afg‘oniston, Pokiston va Eron islom respublikalari hisoblansa, Butan konstitutsion monarxiya, qolgan davlatlar esa respublikalardir. Shuningdek, Pokiston, Hindiston, Bangladesh, Shri-Lanka va Maldiv (2016 yili hamdo‘stlik tarkibidan chiqqan) Respublikalari Britaniya Hamdo‘stligi a’zosidir. Mintaqaning siyosiy-geografik o‘rnidagi muhim jihat, uning jahon dengizlariga bevosta tutash ekanligi, qulay dengiz savdo yo‘llariga ega ekanligi bilan belgilanadi. Yana shuni ham ta’kidlash joizki, bugungi kunda mazkur mintaqada ikkita yadroviy davlat – Hindiston va Pokiston joylashgan. Hozirgi davrda Janubiy Osiyo mintaqasi dunyo siyosiy xaritasida geosiyosiy vaziyatni keskinlashtiruvchi “Afg‘on muammosi” va “Kashmir muammosi” bilan alohida ajralib turadi. Dunyo miqyosida Janubiy Osiyo mintaqasining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri – uning ulkan demografik salohiyatga ega ekanligidir. Bu yerda aholisi soni 1,3 mlrd kishidan ko‘p Hindiston Respublikasi joylashgan. Shuningdek, bu borada Pokiston (216,6 mln kishi – 2019 y.) hamda Bangladesh Respublikalari (160 mln. kishi – 2019 y.) ham alohida ajralib turadi. Mintaqada hudud salohiyatiga ko‘ra Hindiston (3,2 mln. km. kv) va Eron (1,6 mln. km. kv) davlatlari yetakchi, shuningdek Pokiston (796,0 ming km. kv) hamda Afg‘oniston (652,0 ming km. kv) Respublikalari ham bu borada muayyan salohiyat kasb etadi. Download 0,89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling