1-Ma’ruza. Geosiyosat fanining ob’ekti, predmeti va vazifalari
Download 0.89 Mb.
|
geosiyosat
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-MAVZU. GEOSIYoSATNING ASOSIY QONUN VA KATEGORIYaLARI
Savol va topshiriqlar
Siyosiy geografiya va geosiyosatning shakllanishi xususiyatlari. Siyosiy geografiya va geosiyosat fanlarining vujudga kelishi sabablarini tushuntiring. Hudud va siyosiy jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi sabablari nimada? Siyosiy geografiya va geosiyosatning fanlar tizimida tutgan o‘rni va rolini izohlang. Siyosiy geografiya va geosiyosatning o‘zaro o‘hshashligi va farqlarini asoslang. Geosiyosatning yirik namoyandalari va ularning asarlarini sanab bering. Geosiyosatning ob’ekti, predmeti va sub’ektlarini ajrating. Geosiyosatning maqsad va vazifalarini keltiring. 2-MAVZU. GEOSIYoSATNING ASOSIY QONUN VA KATEGORIYaLARI Reja: 1.Geosiyosatning asosiy qonunlari 2.Geosiyosatning kategoriyalari Tayanch iboralar: klassik geosiyosat, fundamental dualizm, tellurokratiya, talassokratiya, xudud, geosiyosiy kod, ekspansiya, geosiyosiy g‘oya, geosiyosiy saloxiyat, geosiyosiy status. Har bir alohida fanning asosi hisoblangan qonunlari va kategoriyalari bo‘ladi. Ma’lumki hozirda Geosiyosat fani geografiya, siyosatshunoslik, yuridik, iqtisodiy, xarbiy va boshqa yo‘nalishlar uchun o‘tiladi. Albatta, yuqorida qayd etib o‘tilgan yo‘nalishlarda asosiy klassik geosiyosat qonunlari o‘rganiladi. Shu bilan birga har bir yo‘nalishdagi geosiyosatning ustuvor masalalari bilan bog‘liq alohida qonuniyatlar va kategoriyalar ham ajratiladi. Geosiyosat klassiklaridan F.Ratsel «Zakonы prostranstvennogo rosta gosudarstva» (1896) asarida davlat xududini o‘stirishning hozirgacha ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan yetti qonunini keltiradi va tahlil qiladi. R.Chellen, A.Mexen, X.Makinder, K.Xausxoffer asarlarida ham geosiyosatning qonun va konuniyatlar tahlil qilinadi. Klassik geosiyosat fundamental dualizm: quruqlik(tellurokratiya) va dengiz(talassokratiya) qonuniga asoslanadi. Geosiyosatga asos solgan olimlarning qarashlari asosida kontinental(quruqlik) va dengiz mamlakatlari qarama qarshiligi to‘g‘risidagi tezis yotadi. Quruqlik mamlakatlari aniq belgilangan chegaralar doirasida rivojlanadi va ular uchun: konservatizm, traditsionalizm, o‘troqlik, kollektivizm xarakterli, boylik orttirish, tadbirkorlik ruxi begona. Mustabid shaklidagi davlat xarakterlidir. Dengiz mamlakatlari uchun katta dinamizm, boylik orttirishga moyillik, tadbirkorlik, egoizm xarakterlidir. Ushbu tipdagi sivilizatsiya(tamaddun) faolroq rivojlanadi va siyosiy tuzumi demokratiya hisoblanadi. Xududni nazorat qilish qonuni: nazorat qilinmaydigan hudular yo‘q, hudud uchun doimiy kurash olib boriladi. Sivilizatsion moyillik, rag‘bat va sivilizatsiyalarni birga mavjud bo‘la olmasligi qonuni: Geosiyosiy kodlari mos bo‘lgan sivilizatsiyalar oson chiqishadilar, ammo sivilizatsiyaga o‘zgacha qadriyatlar tizimi joriy qilinsa yomon tomonga o‘zgaradi-tushkunlikka ketadi. Geosiyosiy kod deganda asos milliy manfaatlar, mamlakatning ta’sir doiralari, qo‘shnilar va jahonning yetakchi mamlakatlari bilan munosabatlar xarakteri- mahalliy (qo‘shni davlatlar bilan munosabatlar); jaxon mamlakatlari ichida do‘st, dushman, betaraflarini ajratish-mintaqaviy(qo‘shnilardan ”narida” vujudga keladigan munosabatlar; geosiyosiy kod davlatning salohiyatiga bog‘liq bo‘lgan o‘z ko‘lamiga ega-global miqyosi tushuniladi. Geosiyosatning qonuniyatlari: -davlatni o‘z chegaralarini xududning tabiiy chegaralarga surishga intilishi; -xavfsizlik maydonini yaratish va davlat chegarasi ortida ta’sir o‘tkazishga intilish; -davlatning(maqomini oshirish maqsadlarida) geografik kalit elementlari(dovonlar, bo‘g‘ozlar, orollar, kommunikatsion uzellar)ni egallashga intilishi. Geosiyosatning kategoriyalari. Geosiyosatning asosiy kategoriyasi sifatida uning xilma-xilligida tushuniladigan hudud-makon hisoblanadi. Hudud ustidan nazoratning mexanizmlari va shakllarini tadqiq qilish-geosiyosatning asosiy vazifalaridan biridir. Geosiyosatning kategoriyalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: -davlat(milliy) manfaatlari;- Milliy manfaatlar – bu, shaxs, jamiyat va davlatlarning iqtisodiy, ijtimoiy, xalkaro, axboriy, xarbiy, chegaraviy, ekologik, ichki siyosat va boshqa soxalardagi manfaatlarining balanslashtirilgan yig‘indisidir. -ekspansiya-bosib olish-manfaatlardan kelib chiqadi;- Ekspа́nsiya —1.alohida davlat, xalq, madaniyatning ta’sir zonasi yoki yashash zonasini hududiy, geografik yoki boshqa sababdan kengayishidir. 2. Begona hududlar va bozorlarni bosib olish maqsadida o‘zining siyosiy va iqtisodiy ta’sirini tarqatish siyosati. -geosiyosiy maydon;-davlatning ta’sir doiralari(egallagan maydongina emas). Endemik(xalq yashaydigan) maydon,chegaraviy(davlat qaramog‘idagi, lekin kam rivojlangan qismi) maydon, kesishgan(endemik maydonning bir qismi, bir yoki ikki davlat egalikka intiladi) maydon, davlatning geosiyosiy salohiyati; geosiyosiy g‘oya;-bu davlat va jamiyatning boshqa davlatlar, sivilizatsiyalar tizimida tanlangan missiya va maqomni aniqlash va egallashga yo‘naltirilgan yuqori maqsad hisoblanadi. davlatning geosiyosiy maqomi;-davlatning yuqori statusiga rivojlanishning qulay sharoitlarini, xavsizlikning yuqoriroq darajasini ta’minlaydi. Xalqaro maqomini saqlab qolish va oshirish xamma mamlakatlar uchun xarakterlidir. Shu maqsad uchun davlatlar begona hududlarga ta’sirini kengaytiradi, siyosiy, ruxiy, xarbiy va iqtisodiy salohiyatini oshiradi, koalitsiya va ittifoqlar tuzadi, urushlar olib boradi. geosiyosiy(madaniy-sivilizatsion) kodi. Eng muhim kategoriyalar quyidagilardir: chegaralar, milliy manfaatlar va ularni amalaga oshirish mexanizmlari, Shimol, Janub, kuchlar balansi, sivilizatsiyalar to‘qnashuvi va boshqalardir. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling