1-Ma’ruza. Geosiyosat fanining ob’ekti, predmeti va vazifalari


Download 0.89 Mb.
bet6/47
Sana05.05.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1432736
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
geosiyosat

Savol va topshiriqlar:
1.Klassik geosiyosat g‘arb olimlari tomonidan qachon ishlab chiqilgan?
2.Klassik geosiyosat maktabining shakllanishi xususiyatlari.
3.F.Ratsel va R.Chellenning geosiyosiy qarashlari.
4. “Tarixning geografik o‘qi” nazariyasi asoschisi kim?
5. A.Mexenning “Dengiz hukmronligi” nazariyasi mazmuni.
6. K.Xausxofer va N.Spaykmanning geosiyosiy g‘oya va ilmiy qarashlari.


4-Ma’ruza. DUNYo SIYoSIY XARITASI VA UNING ShAKLLANIShI. INSONIYaTNING SIYoSIY-GEOGRAFIK TARIXI.

Reja:
Dunyo siyosiy xaritasi(DS’H)ning mazmuni.
DS’Hda davlatlarning davlat tuzumi, boshqaruv shakllariga ko‘ra turlari va guruxlanishi.
Dunyo siyosiy xaritasining shakllanishi xususiyatlari va asosiy bosqichlari.
Insoniyatning siyosiy –geografik tarixi.

Tayanch so‘zlar: siyosiy xarita, davlat, davlat tuzumi, boshqaruv shakli, bosqichlar, monarxiya, respublika, cheklangan monarxiya, geosiyosiy mojaro, geosiyosiy vaziyat, davlatlarning turlari, davlat chegarasi, poytaht, mintaqa, submintaqa.

Dunyo siyosiy xaritasini tushunishga turlicha yondashish mumkin. Avvalo, uning keng tarqalgan shakllaridan biriga ko‘ra, dunyoning siyosiy xaritasi deganda jahon mamlakatlari (nomi, chegarasi, poytaxti) aks etgan oddiy geografik xarita ko‘z oldimizga keladi. Bu, albatta, uni oddiy tushunish shaklidir. Ammo, hozirda jamiyat taraqqiyoti, ijtimoiy hayot, yoxud fan, aniqrog‘i siyosiy geografiya nuqtai-nazaridan dunyoning siyosiy xaritasi – bu nafaqat oddiy geografik xarita bo‘lib qolmay, balki jahon davlatlarining vujudga kelishi va rivojlanishi bilan o‘zaro aloqador bo‘lgan jamiyatning murakkab siyosiy-hududiy tashkil etilishi va rivojlanishi jarayonlarini o‘zida mujassam etuvchi, insoniyatning uzoq tarixiy taraqqiyoti ko‘zgusidir.


Dunyoning siyosiy xaritasidagi eng markaziy o‘rin tutuvchi ob’ektiv voqea-hodisa – bu, davlatdir. Turli shakl-shamoyilga, katta-kichiklikka va salohiyatga ega davlatlar yoki ularning birlashmalarisiz dunyo siyosiy xaritasini tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Dunyo siyosiy xaritasi – bu, faqatgina jahon mamlakatlari aks etgan (qotib qolgan) xarita bo‘lib qolmay, balki uni jahon mamlakatlarining siyosiy geografik o‘rni, siyosiy-xududiy shakllanishi va rivojlanishi qonuniyatlari, geosiyosiy salohiyati, jahonda va uning turli mintaqalarida yuz berayotgan geosiyosiy vaziyat va boshqalar bilan chambarchas bog‘liq doimiy harakatdagi, rivojlanishdagi jarayonlar omuxtasidan iborat deb tushunmoq maqsadga muvofiqdir.
Agarda butun Yer yuzasi hududi 510 mln.kv.km.ni va shundan uning bevosita quruqlik qismi (149 mln.kv.km) asosan davlatlar tomonidan ishg‘ol qilingan bo‘lsada, dunyoning siyosiy xaritasi Yer sharining quruqlik va suvlikdan iborat barcha hududini qamrab oladi.
Dunyo siyosiy xaritasida 2 ta asosiy element (ob’ekt) ajratiladi. Bular - davlat hamda hududdir.
Davlat o‘z navbatida mustaqil hamda mustaqil bo‘lmagan davlatlarga ajratiladi.
Mustaqil davlatlar davlat boshqaruvi shakliga ko‘ra:

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling