1-Ma’ruza. Geosiyosat fanining ob’ekti, predmeti va vazifalari


Spaykmenning “Anakonda” siyosati


Download 0.89 Mb.
bet5/47
Sana05.05.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1432736
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
geosiyosat

Spaykmenning “Anakonda” siyosati.
Shunday qilib, Spaykmen Makinderning “Hartland”ning roli to‘g‘risidagi nazariyasi va formulasini o‘zining “Rimland” formulasi bilan almashtirgan: “Kim Rimlandga hokim bo‘lsa, u Yevroosiyoda hukmronlik qiladi, kim Yevroosiyoda hukmron bo‘lsa, jahon taqdiri uning qo‘lida bo‘ladi”. Spaykmen geosiѐsiy doiralarda “Rimland” konsepsiyasining asoschisi sifatida tanildi. Amerikalik geosiyosatchi keyinchalik geosiyosiy adabiѐtlarda “atlantizm” deb nom olgan geosiyosiy konsepsiyaning yetakchi mafkurachilaridan biri ham bo‘ldi. Spaykmen, shuningdek, butun sayyora miqѐsida “anakonda” siyosatini amalga oshirish zarurligi g‘oyasini birinchi bo‘lib ilgari surdi. Umuman, Spaykmen xalqaro munosabatlarda kuch ishlatish tarafdori bo‘lgan. Uning fikricha, jahon geosiѐsatida kuch har qanday siyosiy tartibning zaruriy tarkibiy qismidir.
Nemis strateg olimi, diplomat, geograf, “Kontinental blo k” va “Hayotiy makon” geosiyosiy nazariyalarining asoschilaridan biri Karl Xausxofer (1869-1946) Kontinental Yevropa maktabining asosiy siymosi hisoblanadi.
Xausxofer Germaniyaning Birinchi Jahon urushidagi mag‘lubiyati sabablarini uzoq o‘ylagan va Chellen singari, bu mag‘lubiyatni tasodifiy hisoblagan, buni nemislarning kontinental jihatdan jahondan ajratib qo‘yilgani, harbiy rahbariyatning jang taktikasi zaifligi, ularning jahoniy geostrategiyani va urush o‘lchamlarini bilmasligi bilan bog‘lagan.
Professional harbiy sifatida Xausxofer o‘zining butun keyingi haѐtini jahoniy siѐsatni o‘rganishga, uning geosiyosiy mohiyatini bilishga, Germaniyaning imperialistik va bosqinchilikdan iborat geostrategiyasini ishlab chiqish va asoslashga bag‘ishlagan. Sog‘ligi yaxshi emasligi sababli harbiy ishni davom ettira olmagan Xausxofer 1911 yildan boshlab umrining oxirigacha geosiyosat va geostrategiya bilan shug‘ullandi va 400 ga yaqin asar yozdi.
Xausxofer 1913 yilda Yaponiyaga bag‘ishlangan “Buyuk Yaponiya” nomli ilk kitobini nashr ettirdi. Bu kitobida u jahonda kundan-kunga ortib borayotgan ingliz-sakson iddaolariga qarshi kelajakda Germaniya – Yaponiya – Rossiya geostrategik blokini barpo etish g‘oyasini asoslab berdi. 1919 yilda Versal shartnomasiga muvofiq urushda g‘olib chiqqan davlatlar tomonidan Germaniyaning kamsitilgan holda parchalanishi va bo‘lib olinishi Haus’hoferni bu davlat va nemis xalqining kelajagi bilan bog‘liq juda jiddiy va uzoq muddatli tadqiqotlarga yo‘lladi.
Ratsel va Chellen kabi Xausxofer ham zaruriy “haѐtiy makon”ni ta’minlash va kengaytirish uchun kurash davlatning asosiy harakatlantiruvchi kuchidir, deb o‘ylardi. Uning da’vo qilishicha, davlat barcha fuqarolarini katta hudud hislari asosida yagona maqsad atrofida birlashtirib, doimiy ravishda o‘z yerlarini kengaytirish yo‘lida umummilliy kurash olib borishi, “qo‘shnilaridan qutulish” va o‘z mustaqilligini ta’minlash yo‘llarini topishi kerak. “Qo‘shnilardan qutulish”ni Xausxofer buyuk davlatchilikning asosiy belgisi deb hisoblagan.
Siyosatshunos olim bu maqsadga erishish uchun barcha qo‘shni xalqlarga kuch pozitsiyasidan ѐndashish kerak, deb hisoblardi. U bu fikrni Spinozadan olgan. Spinoza “har bir davlat, xalq, har bir kishi qo‘lga kirita olgani qadar huquqga ega bo‘ladi”, deb ѐzgan edi.
Xausxofer davlatning geosiyosiy faoliyati asosini zaruriy hayotiy makon uchun doimiy kurash tashkil etadi, deb bilgan. Uning nazariyasiga qaraganda, kuchli davlat o‘z hududini doimiy ravishda kengaytirib borishi darkor. Bu kengayish tashqi chegaralarini o‘zgarmas holda saqlash va bunga huquqiy status berishni istaydigan kichik xalqlar va kuchsiz davlatlarni qo‘shib olish hisobiga amalga oshirilishi lozim. Shu nuqtai nazardan kelib chiqqan Haus’hofer Germaniyaning qo‘shni kichik davlatlar ustidan hukmronlik o‘rnatishga intilishini muqarrar hol deb qaragan, bunday hukmronlik uchun kurashni avvalboshdan oqlagan.
Haus’hoferning nazariyasiga ko‘ra, Germaniya butun Yevropa va Yevroosiyo hisobiga o‘z hududini kengaytirib, Qit’aning eng buyuk davlatiga aylanishi lozim edi.
XX asrning 30-40-yillarida Yevroosiyo va butun jahonda bir-biriga qarama-qarshi ikkita geosiyosiy blokning paydo bo‘lishi sayyoradagi kuchlar nisbatini tamomila o‘zgartirib yubordi. Bu vaziyatning – Sovet Ittifoqi va uning harbiy blokining AQSh va G‘arb mamlakatlariga qarshi kurashining geosiyosiy jihatlarini atroflicha tahlil qilgan Haus’hofer AQSh butun jahonda oshkora geosiyosiy ekspansiya siyosatini yurgizmoqda, degan xulosaga keldi. Bu esa butun jahon uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Muallifga ko‘ra, bunday hol kelajakda Qo‘shma Shtatlar tomonidan butun sayyoraning asoratga solinishiga olib borishi mumkin.
Uning fikricha, SSSR boshchiligidagi Sharqiy Osiyo geosiyosiy mustaqilligini saqlab qolish uchun o‘z siyosiy va madaniy faoliyatini mustahkamlashga majbur. Biroq Haus’hofer faqat “Kontinental blok”ni (Kontinental blok nazariyasi) barpo etish yo‘li bilangina atlantik ekspansiyadan qutulish mumkin deb o‘ylagan. Germaniya va Rossiyani bu blokning o‘zagi va “Jahon Oroli” deb atagan Xausxofer kelgusida jahonni idora etishda Yevroosiyoni Germaniya hukmronligi uchun makon modeli deb bilgan. U kelajakda bu blokka Yaponiya va Xitoyni ham qo‘shib, “transkontinental blok” bunyod etish yo‘li bilan atlantikachilarning jahonga hukmronlik qilish g‘oyasini puchga chiqarish mumkin, deb hisoblagan.
Haus’hofer ta’sir doirasiga ko‘ra, Sharqiy Osiyoni jahon xavfsizligining bufer zonasi deb bilgan. U Germaniyaning geosiyosiy kelajagi ikki blokning kurashi natijasiga: parallellar bo‘ylab olib boriladigan ingliz-amerika ekspansiyasi meridianlar bo‘ylab olib boriladigan Sharqiy Osiyo ekspansiyasi qarshiligidan qay darajada ustun chiqa olishiga bog‘liq bo‘ladi, deb o‘ylagan.
Xausxoferning Germaniya va nemis xalqiga xizmatlarini turlicha talqin etish mumkin. Insoniyat oldidagi qilmishlari uchun u sud oldida javob berdi. Lekin u geosiyosat fani va geostrategiya rivojiga shubhasiz katta hissa qo‘shdi. Geosiyosat nazariyasi va amaliy masalalari to‘g‘risida yuzlab asarlar yozgan Xausxofer Yevropa klassik geosiyosiy maktabi vujudga kelishiga eng ko‘p hissa qo‘shgan yetakchi siymolardan biri hisoblanadi. Xausxoferning “hayotiy makon” nazariyasi urush yillarida uning adyutanti, keyinchalik Gitlerning yaqin yordamchisi bo‘lgan Rudolf Gess tomonidan qo‘llab-quvvatlandi va yanada rivojlantirildi. Umuman, bosqinchilik va irqchilikdan iborat o‘z tashqi siyosatini asoslash uchun gitlerchilar Xausxoferning “hayotiy makon” nazariyasini rejimning rasmiy strategiyasiga aylantirdi. Ularning “bugun Germaniya, ertaga bo‘lsa, butun jahon bizniki bo‘ladi” degan shiori barcha erksevar xalqlarni ularga qarshi birlashtirdi va bu rejimning halokatini yaqinlashtirdi; shuningdek urushdan keyingi Nyurnberg sudidan so‘ng Xausxoferning fojiali ravishda o‘z joniga qasd qilishiga olib keldi.



Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling