1-Ma’ruza. Geosiyosat fanining ob’ekti, predmeti va vazifalari


Fridrix Ratselning geosiyosiy qarashlari


Download 0.89 Mb.
bet4/47
Sana05.05.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1432736
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
geosiyosat

Fridrix Ratselning geosiyosiy qarashlari
Klassik geosiyosat maktabining yirik vakillaridan biri, siyosiy geografiya hamda geosiyosat fanining asoschisi – bu, nemis olimi Fridrix Ratseldir. Jahon ilm - fanida F. Ratsel geograf, geolog, zoolog, etnograf, sotsiolog olim sifatida tanilgan. Shuningdek, u o‘z ilmiy tadqiqotlarida jamiyat, davlat, xalqlar, yohud insonlarning hayotida, ijtimoiy rivojlanishida tabiat, geografik omillarning ta’sirini o‘rgangan yirik deterministik olim, geografik determinizmning yetakchi vakilidir.
Geografik determinizm – bu, ijtimoiy - siyosiy fanlardagi muhim ilmiy yo‘nalish bo‘lib, jamiyatning rivojlanishida tabiat va uning unsurlari roliga ustuvor e’tibor qaratish bilan bog‘liq ilmiy fikrlar, g‘oyalar va qarashlar yig‘indisidan iboratdir.
F. Ratselning ilmiy merosi va unda o‘z aksini topgan yetakchi ilmiy g‘oya va qarashlar quyidagilardan iborat:
– davlat – bu, tirik organizmdir, tirik organizm sifatida u tug‘iladi, yashaydi, qariydi va o‘ladi;
– tirik organizm sifatida davlatning o‘sishi avvaldan belgilangan;
– tarixiy rivojlanish davlat fuqarosiga o‘z izini (ta’sirini) qoldiradi;
– “Hayot hududi” (“hayotiy makon”) g‘oyasi.
Yuqorida F. Ratsel ilmiy qarashlarining eng muhim jihati – ya’ni, geosiyosiy g‘oyalari mazmunining tagzamirida tirik tabiat va uning qonuniyatlari yotadi, deb ta’kidlandi. Zero, bu bejiz emas, chunki u Geydelberg universitetida tahsil olar ekan, professor Ernest Gekkeldan (E. Gekkel tabiatshunos Ch. Darvinning o‘quvchisi bo‘lgan) saboq oladi. Shu sababli F. Ratselning siyosiy - geografik g‘oyalari va qarashlarida sotsial - darvinistik ruh ufurib turadi. Shuning ta’siri, o‘laroq, F. Ratsel davlatni o‘z hayoti uchun kurashayotgan huddi tirik organizm sifatida tushunadi.
F. Ratsel davlatning barbod bo‘lishini, eng avvalo, makonni “xis qilish” va hudud (makon) bilan bog‘liq g‘oyalarning kuchsizlanib borishi natijasi, deb hisoblagan.
F. Ratselning hudud va siyosatga oid dastlabki antropogeografik, siyosiy - geografik g‘oyalari uning 1882 yili Germaniyaning Shtutgart shahrida chop etilgan yirik asari “Antropogeografiya”da o‘z aksini topgan. Bunda, u bevosita inson bilan uni o‘rab olgan atrof-muhit o‘rtasidagi aloqadorlik, chunonchi xalqlar va ularning demografik xususiyatlarini geografik omillarga bog‘liqligi, joyning relefi xalqlarning madaniy va siyosiy rivojlanishida katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi.
F. Ratselning ilmiy - ijodiy faoliyatidagi eng muhim asarlaridan biri hamda siyosiy geografiya fanini vujudga kelishida katta rol o‘ynagan asari – bu, “Siyosiy geografiya”dir.
“Siyosiy geografiya”da F. Ratsel davlatni biologik, ya’ni tirik organizmga o‘hshatar ekan, uning muhim sifatlarini o‘zi joylashgan o‘rni, hududi maydoni bilan aniqlanishini, davlatning gullab - yashnashi esa atrof muhit sharoitlariga qanchalik muvaffaqiyatli moslashganligiga bog‘liqligini, bunday organizmning qudratini oshirishning asosiy yo‘llaridan biri – bu, hududlarni ekspansiya qilish, ya’ni “hayot hududi”ni kengaytirishdir, deb hisoblaydi. Bu bilan, u jamiyat (davlat)ning rivojlanishida tabiiy omil – hududning ahamiyatini yetakchi o‘ringa olib chiqqan xolda, keskin deterministik fikrlarni bildiradi.
F. Ratsel “hayot hududi”dan kelib chiqqan xolda, Germaniyaning iqtisodiy va siyosiy muammolari, uni dinamik rivojlanishdan to‘suvchi, adolatsiz hamda juda tor davlat chegaralari bilan bog‘liq, deb asoslaydi.
F. Ratsel “xaqiqiy” buyuk davlat va uning hududiy qamrovi haqida ham fikr yuritadi. Jumladan, u xaqiqiy buyuk davlat bo‘lish uchun 5 mln. kv. km hududiy asosga ega bo‘lishlik lozim, deb uqtiradi.
F. Ratsel o‘zining 1900 yili chop etilgan “Dengiz xalqlar qudratining manbai sifatida” asarida, har qanday qudratli davlat o‘z xarbiy – dengiz kuchlariga ega bo‘lishi kerakligini, bu unga sayyoraviy miqyosda to‘laqonli xukmronlikni ta’minlashini ma’lum qiladi. Bu borada, u Tinch okeaniga katta e’tibor qaratgan xolda, uni “Kelajak okeani” deb ta’riflaydi. Uning fikricha, Tinch okeani o‘zining qulay geostrategik o‘rni, va ulkan resurs salohiyati bilan jahonning yetakchi davlatlari manfaatlari to‘qnashgan hududga aylanadi. Qaysi davlat Tinch okeani xavzasida yetakchilik qilsa, u jahonda ham yetakchilik qilishi ta’kidlanadi. Shulardan kelib chiqqan xolda, Ratsel kelgusida Tinch okeani xavzasida Angliya, AQSh, Rossiya, Xitoy va Yaponiya kabi jahonning yetakchi davlatlarining murakkab o‘zaro munosabatlari xal etiladi, deb ko‘rsatadi.
1901 yili chop etilgan “Davlatlar hududining o‘sishi qonunlari” asarida F. Ratsel davlatlarning hududiy o‘sishi yoki boshqacha qilib aytganda, hududiy ekspansiyaning quyidagi yetti qonuni haqida ma’lum qiladi:
Davlat hududi uning madaniyati bilan birga o‘sadi.
Hudud jihatdan davlatning o‘sishi, quyidagi rivojlanish elementlari bilan kuzatiladi: g‘oyalarning rivojlanishi, savdo, ishlab chiqarish, missionerlik, turli sohalardagi faollikning ortishi.
Davlatning o‘sishi kichik davlatlarni qo‘shib olish va “yutib” yuborish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Chegara – davlatning eng chekka organi bo‘lib, uning o‘sishi kuchli yoki zaif tomonlari va shuningdek, organizmda bo‘layotgan o‘zgarishlar haqida guvohlik berishga xizmat qiladi.
O‘zining o‘sishi davomida har qanday davlat, uni o‘rab olgan atrofdagi muhim elementlarni o‘zida mujassamlashga xarakat qiladi. Bularga – qirg‘oqbo‘yi chizig‘i, daryo xavzalari, tekisliklar, resursga boy rayonlar kiradi.
Davlatlarning hududiy jihatdan o‘sishiga ta’sir qiluvchi ilk turtki tashqaridan bo‘lib, bunda qo‘shni hududlar sivilizatsiyalari darajasi o‘rtasidagi o‘zgarishlar sabab bo‘ladi.
Umumiy jarayon shundan iboratki, zaif davlatlar yutib yuboriladi, qo‘shib olinadi.
Yuqoridagilardan ma’lum bo‘ladiki, F.Ratsel jahon fanida siyosiy-geografik (geosiyosiy) ilmiy yo‘nalishning asoschisi, ilk tizimlashgan siyosiy-geografik g‘oya va nazariyalarning muallifidir. Uning g‘oyalari aksar xollarda deterministik rux bilan sug‘orilgan, ekspansionistik xarakter kasb etasada, siyosiy geografiyaning shakllanishi va rivojlanishida muhim o‘rin tutadi.
Nemisparast shved olimi Rudolf Chellen (1864-1932) Yevropa va nemis klassik geosiyosat maktabining asosiy yaratuvchilaridan biri hisoblanadi. O‘zini F.Ratselning shogirdi deb hisoblagan Chellen ham geosiyosat tushunchasining mualliflaridan biri bo‘ldi. U geosiѐsatga siѐsatshunoslikning tarkibiy qismi deb qarab, bu fanni “konkret makonda joylashgan, rivojlanib va doimo kengayib boradigan jonli geografik va biologik organizm – davlat” haqidagi fan deya ta’rifladi.
Chellenning aytishicha, yer va tuproq bilan bog‘liq makonning asosiy xossalarini, imperiyalar barpo etish usullarini, mamlakatlar va davlat hududlarining vujudga kelishini o‘rganadigan geosiѐsat fan sifatida maydonga chiqadi.
Birinchi Jahon urushidan va Versal sulh bitimi imzolangandan keyin Chellen ulkan geosiyosatda muhim rol o‘ynaydigan uch geografik omil to‘g‘risidagi tezisini asoslab berdi. U hududning kengayishi, hududiy yaxlitlik va harakat erkinligini bu omillarga oid deb hisobladi.
Chellen dengiz floti va dengiz yo‘llarida hukmron bo‘lgani tufayli Buyuk Britaniya boshqalarga qaraganda ko‘proq harakat erkinligiga ega bo‘lgan, deya tasdiqlagan. Buyuk Britaniyaga hudud kengayishi omili ham xosdir. Biroq, katta mustamlakalari bo‘lishiga qaramay, Britaniya hududiy yaxlitlikka ega emas. Britaniyaning mustamlakalari yer yuzasining 24 foyizini egallashiga qaramay, jahonning turli tomonlariga sochilgani ingliz siѐsatining zaif tomonidir. Olimning fikricha, keng hududga ega bo‘lgan Rossiya hududiy jihatdan yaxlitdir. Ammo uning harakat erkinligi yo‘q, chunki keng dengizlarga chiqish imkoni chegaralangan.
Xuddi Ratsel singari, Chellen ham davlatni jonli organizm deb hisoblagan. O‘zining “Davlat haѐt shakli sifatida” (1916) asarida mazkur tezisni ilgari surar ekan, u davlat – inson haѐtining har xil tomonlarining tasodifiy ѐki sun’iy yig‘indisi emas, deb ѐzgan edi. Davlat yanada teran tarixiy va konkret realliklarga tomir otgan, unga organik rivojlanish xos, u inson singari fundamental tipning ifodasidir. Bir so‘z bilan aytganda, davlat biologik tuzilma ѐki jonli mavjudotdir.
Ratselning “muhit va davlat – bir butunlikdir” degan fikrini rivojlantirgan Chellenning aytishicha, davlat xususiy sistema o‘laroq quyidagi hayotiy muhim sohalar mutlaqo bo‘lishini taqozo etadi:
-davlat – yagona geografik makon;
-davlat – bir butun xalq;
-davlat – yagona xo‘jalik;
-davlat – normalari bo‘lgan shakllangan jamiyat;
-davlat – hamma uchun majburiy bo‘lgan yagona boshqaruv.
Chellen va Ratselga qadar har qanday davlat va xalq mavjud bo‘lishi uchun uchta muhim tarixiy omil (bu haqda Monteske va boshqa mutafakkirlar fikr bildirgan) va Vestfal bitimida ko‘rsatilgan to‘rtta asosiy element bo‘lishi kerakligi ma’lum edi. Lekin bu ikki nafar geosiyosatchi bashariyatning u davrgacha mavjud bo‘lgan davlat tushunchasini jiddiy tarzda kengaytirib, sistemalashtirib va nihoyasiga yetkazib, davlat to‘g‘risida haqiqiy ta’limot yaratdilar.
Birinchi Jahon urushi Chellenning geosiyosiy qarashlariga katta ta’sir ko‘rsatdi. Keyingi yillarda Chellen dunyoni qaytadan bo‘lib olish natijalarini geosiѐsatchi olim sifatida faqat nazariy jihatdan tahlil etibgina qolmay, balki fashist diktaturasining o‘rnatilishida amaliy ishtirok ham qilgan.
Germaniyaning qo‘shni davlatlar hududini bosib olishini tabiiy va “qonuniy” deb yozgan Chellen “davlatning muqarrar rivoji” uchun kichik mamlakatlar va xalqlarning vaziyati tabiiy ravishda og‘irlashadi, deb yozdi. Bu o‘rinda adolat va adolatsizlik tushunchalari tatbiq etilmasligi lozim”. Chellenning da’vosiga ko‘ra, siyosatchi, davlat arbobi bu tabiiy talabga yo‘l ochishda erkin va unga malomat qilishga hech kimning haqqi yo‘q.
Chellenning fikricha, urush xalq ommasiga “ish” va “non” berish uchun olib boriladi. Kuchli davlatlarning hukumatlari uchun erkin tanlash imkoniyati yo‘q. Ular shafqatsiz zaruriyat qonuniga bo‘ysunishga majburdir. Bu esa ularni chegaradan tashqaridagi yaqinlari to‘g‘risida qayg‘urishga undaydi. Boshqa so‘zlar bilan aytganda, urush davlat organizmning rivojini ta’minlaydi va kishilar bu fakt oldida chorasizdir. Davlat organizmning rivoji uchun makon borasida kurash olib borish tabiatning azaliy va abadiy qonuniga tobedir. Shunday qilib, Chellen fan va siѐsatga yangi geosiѐsiy atamalar va sharhlar muallifi sifatida kiribgina qolmay, Uchinchi Reyx siyosatining asosini tashkil etgan ko‘pgina konsepsiyalar muallifi sifatida ham nom chiqargan.
Tarixning geografik o‘qi” nazariyasi: geograf olim, tarixchi, siѐsiy mutafakkir Xelford Jorj Makinder (1861-1947) ingliz-saks klassik geosiyosat maktabining asosiy siymolari va asoschilaridan biri, o‘z davrining buyuk geosiѐsatchisi bo‘lgan. U geosiyosatning “Hartlend”, “o‘q mintaqasi”, “ichki va tashqi yarim oy” mamlakatlari, “ichki okean” zonasi va shu kabi ko‘pgina geosiѐsiy tushunchalar va kategoriyalar muallifidir. Makinder jahon siyosiy tarixiga oid juda ko‘p original va inqilobiy g‘oyalar muallifi hamdir. Makinder 1904 yilda e’lon qilgan “Tarixning geografik o‘qi” maqolasida “siѐsiy geografiya” va geosiyosatga ko‘pgina yangi tushunchalarni olib kirdi, geosiѐsatning asosiy qonunlaridan hisoblangan “tarixning geografik o‘qi” g‘oyasini ta’riflab berdi.
Makinderning diqqat markazida turgan bu nazariyaning asosiy vazifasi jahon siѐsatida buyuk imperiyalarning, birinchi navbatda, jonajon vatani Buyuk Britaniyaning gegemonlik rolini, sayѐrada uning hukmron pozitsiyasini ta’minlash strategiyasini asoslab berishdan iborat edi. U o‘z davrining geosiѐsiy bilimlariga asoslangan holda, dunѐning geosiѐsiy va harbiy-stretegik ma’nodagi markazi Yevroosiѐ qit’asi, uning markazi esa “jahonning yuragi” hisoblanishi mumkin bo‘lgan “Hartland” ekanligini da’vo qilib, o‘zining mashhur “Hartland” nazariyasini ilgari surdi.
Makinder “Hartland” – Yevroosiyoning quruqlikdagi qismi (hozirgi Sharqiy va G‘arbiy Yevropa, Osiѐ va Afrikaning qit’a qismi, Rossiyaning Yevropa qismi va boshqa hududlar) jahonni nazorat etish uchun eng qulay hudud ekani to‘g‘risidagi fikrni asoslashga uringan. Makinder Jahon oroli ichida joylashgan “Hartland”ning sayyoradagi makonini konsentrik doiralar sistemasi orqali tasvirlagan. U sistema markaziga “tarixning geografik o‘qi”ni ѐki “markaziy areal”ni joylashtirgan. Undan keyin Yevroosiyo qit’asining sarhadlaridagi yerlarni u “ichki yarimoy”ga (Germaniya, Avstriya-Vengriya va Turkiya shu yerdan joy olgan), shuningdek “tashqi yarimoy”ga (Buyuk Britaniya, Amerika va Kanada) kiritgan. Uning fikricha, “ichki yarimoy” sivilizatsiya-ning jadal rivojlanish mintaqasidir. Mantiqiy jihatdan “tarixning geografik o‘qi” nazariyasini ilk daf’a ayni Makinder asoslab berdi va rivojlantirdi. Makinder XX asr boshida “markaziy mintaqa” va “ichki yarimoy” mamlakatlari o‘rtasida muvozanat mavjud bo‘lgan, deb hisoblagan. Yevroosiѐning “markaziy mintaqasiga”, ya’ni Rossiyaga hujum qilish uchun Angliya, AQSh va Yaponiya kabi dengiz mamlakatlarida yetarli kuch bo‘lmagan. Yuzaga kelgan yangi sharoitda “Hartland”ning ikki katta davlati – Rossiya va Germaniyaning geografik holati va jadal rivojlanishi Makinderni qattiq tashvishlantirdi. U bu davlatlarning geostrategik manfaatlari va geosiѐsiy mantiqning o‘zi istiqbolda Rossiya-Germaniya ittifoqiga olib kelishi mumkin, deb hisobladi. Bu ittifoqda Rossiya yetakchi, Germaniya bo‘lsa, boshqariluvchi davlat bo‘lishi mumkin.
Makinder “Demokratik ideallar va reallik” (1919) nomli asarida “o‘q mintaqasi”ni “Markaziy qit’a” deb ataydi. U tasvirlagan “Qit’a” katta hududni egallaydi. U bu yerga Uzoq Sharqni va Sharqiy Yevropaning qator mamlakatlarini qo‘shadi. Makinder bu kitobida o‘zining “Kim Sharqiy Yevropani boshqarsa, o‘sha “Hartland” ustidan hukmronlik qiladi; kim “Hartland”ni boshqarsa, o‘sha Jahon oroli ustidan hukmronlik qiladi; kim Jahon orolini boshqarsa, o‘sha jahonga hukmronlik qiladi” degan mashhur tezisini asoslab bergan.
Makinder 1942 yilda bosilgan “Yaxlit dunyo” va tinchlikka erishish” (“The Round and Winning of Peace”) nomli monografiyasida geosiyosiy masalalarni, tashqi siyosat va blok ichidagi kuchlarning bo‘linishidagi o‘zgarishlarni yangicha baholadi. U kelajakdagi global geosiyosiy ixtiloflar “markaziy qit’a” bilan “ichki yarimoy” mamlakatlari orasida ro‘y beradi, deb hisobladi. Ko‘pgina siyosatshunoslar bu asarni Makinderning ilmiy-siyosiy vasiyati, deb baholaydilar.
1943 yilda Makinder o‘z geosiyosiy mulohazalari va modeliga tuzatishlar kiritdi. U yuzaga kelgan yangi voqelik – SSSR, Buyuk Britaniya va AQSh ittifoqini, bu ittifoqning mushtarak geostrategik maqsadlarini va ularni amalga oshirish imkoniyatlarini hisobga olishga majbur bo‘ldi. Uning yangi formulasida “Hartland”ga endi Shimoliy Atlantika (Atlantika okeanining shimoliy qismi) ham kiritildi. Bu yerga G‘arbiy Yevropa, Angliya va Karib havzasi mamlakatlari bilan birga Amerika ham kiritildi. X.Makinderning geosiyosiy nazariyasiga yakun yasar ekan, shuni aytishimiz kerakki, tadqiqotchilar bu olimni geosiyosatning ulkan nazariyotchisi sifatida tavsiflaydilar, uning nazariy qarashlarini o‘ziga xos, atroflicha va tugallangan geosiyosiy konsepsiya sifatida bu fan tarixshunosligiga kiritishadi.
Taniqli harbiy-dengiz strategi, admiral, tarixchi olim Alfred
Teylor Mehen (1840-1914) haqli ravishda ingliz-sakson klassik geosiѐsati Amerika yo‘nalishining asosiy yaratuvchilari-dan biri hisoblanadi. Mehen 1890 yilda o‘zining eng katta “Dengiz qudratining tarixga ta’siri” nomli asarini chop ettirdi. Mehen bu asarida jahonda mavjud bo‘lgan quruqlik va dengiz imperiyalarining tarixdagi rolini keng tadqiq qildi va barcha parametrlarga ko‘ra dengiz davlatlari tabiatan quruqlikdagi davlatlardan ustundir, degan xulosaga keldi.
Mehen XIX – XX asr boshlarida “Dengiz kuchining Fransuz inqilobi va Imperiyasiga ta’siri”, “Amerikaning hozirgi davrda va kelajakda dengiz kuchidan manfaatdorligi”, “Dengiz kuchi va uning urushga munosabati” asarlarida “Dengiz hukmronligi” (talassokratiya) mafkurasini va uni amalga oshirgan amaliyotchi siyosatchilarning faoliyat dasturini ishlab chiqdi. Mehen AQShning:
- dengiz davlati bo‘lgan Buyuk Britaniya bilan faol hamkorlik qilishini;
- nemislarning dengiz da’volariga qarshi chiqishni;
- Tinch okeanida Yaponiyaning ustunligiga chek qo‘yishni;
- Osiyo xalqlariga qarshi kurashda yevropaliklarning tarafdori bo‘lishini tavsiya qilgan.
Mehenning fikricha, AQShning kelajagi birlashgan Amerika qit’asiga suyanib, jahonda iqtisodiy, strategik va hatto mafkuraviy munosabatlarda yetakchi mavqe egallashiga bog‘liq, shundan so‘ngra u jahonga hukmronlik qila oladi. Mehen bunga erishish mumkin deb o‘ylagan. Buning uchun esa birinchi navbatda Yevroosiѐning qit’a davlatlari bo‘lgan Rossiya va Xitoyni, undan keyin Germaniyani oradan ko‘tarib tashlash darkor.
Bunday murakkab vazifani hal qilish uchun u Yevroosiyoga nisbatan “anakonda” strategiyasini muntazam suratda qo‘llashni taklif qilgan. Birinchi Jahon urushi vaqtida “anakonda” strategiyasi Antantani qo‘llab-quvvatlash uchun ishlatilgan, Ikkinchi Jahon urushida bo‘lsa, “anakonda” “Markaziy Yevropa”, SSSR, shuningdek Yaponiyani “bo‘g‘gan”. Biroq bu strategiya “sovuq urush” davrida SSSR, Kuba va Varshava Shartnomasi mamlakatlariga qarshi eng kuchli tarzda qo‘llanilgan. amerikaliklar Mehen tomonidan tayѐrlangan geostrategik harakat dasturini amalga oshirib, o‘z harbiy-dengiz kuchlarini muntazam suratda kuchaytirib bordilar va provardida AQSh sayyoraning yagona va eng kuchli harbiy-siyosiy va dengiz davlatiga aylandi.
Amerikalik olim, xalqaro munosabatlar bo‘yicha professor Nikolas Spaykmen (1893-1943) Mehenning “pragmatik geosiyosat” nazariyasining izchil davomchilaridan biri bo‘ldi.
Spaykmen davlat siyosiy qudratining o‘nta asosiy mezonini ta’kidlagan edi. Bular:
- hudud maydoni;
- chegaralar;
- aholi soni;
- foydali qazilmalarning mavjudligi;
- iqtisodiy va texnologik taraqqiyot darajasi;
- ijtimoiy integratsiyaning darajasi;
- moliya qudrati;
- etnik birlik;
- siyosiy barqarorlik;
- milliy ruhdan iborat edi.
Muallifning fikricha, agar davlatning geosiyosiy imkoniyatlarining qiymati bu mezonlarga javob bermasa, u holda bu davlat o‘z suverenitetining bir qismidan voz kechishga majbur bo‘ladi.
Spaykmen doktrinasining amaliy mohiyati AQSh tomonidan Yevroosiyo: Yevropa, arab mamlakatlari, Hindiston, Xitoy, Janubi-Sharqiy Osiyo va shu kabilar hududining sohil bo‘ylarini qattiq nazoratga olishini tashkil qilishdan iborat. Uning aytishicha, bu muhim mintaqani qattiq nazorat qilishgina qit’a va dengiz kuchlari kurashida uzil-kesil g‘alabaga olib keladi.
Yevroosiyo qit’asining g‘arbidan sharqiga uzangan “hoshiya ichi yarimoyi” mintaqasini Spaykmen Yevroosiѐ “Rimlandi” (“rimland” – inglizcha so‘z bo‘lib, “rim” – “chegara”, “chekka”, “land” – “er”, “mamlakat” demakdir) deb atadi. Angliyadan Yaponiyagacha, Shimoliy qutbdan Janubiy qutbgacha uzangan quruqlikdan iborat bu ulkan hududni Spaykmen jahonning buyuk dengiz yo‘llarini nazorat etishga imkon beradigan geostrategik makon deb baholagan. Cpaykmen o‘zidan oldingi salaflari singari, jahonni geosiѐsiy tomondan ikki qismga – “Hartland” va “Rimland”ga bo‘ldi. Biroq, Spaykmenning fikricha, jahonga hukmronlikka erishishda, Makinder aytganiday, “Hartland” emas, ayni “Rimland” hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling