1-Ma’ruza. Geosiyosat fanining ob’ekti, predmeti va vazifalari
Jahon mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi darajasiga ko‘ra turlari
Download 0.89 Mb.
|
geosiyosat
Jahon mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi darajasiga ko‘ra turlari
Bu borada jahon mamlakatlari quyidagi turlarga ajratiladi (aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi YaIM PPS bo‘yicha, 2015 yil, AQSh doll. hisobida): I. Industrial rivojlangan davlatlar. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining ko‘pchilik geograf olimlari ushbu guruxni ichida an’anaviy tarzda quyidagi uchta kichik gurux davlatlarini ajratib ko‘rsatadilar: 1.1. “Katta yettilik”ka kiruvchi sanoat jihatidan rivojlangan davlatlar (AQSh-56430; Yaponiya – 38870; Germaniya – 48260; Fransiya – 40470; Buyukbritaniya – 40550; Italiya – 35850; Kanada – 43970). 1.2. “Ko‘chirilgan kapitalizm” davlatlari: Avstraliya – 44570; Yangi Zelandiya – 35680), bu guruxga shartli ravishda katta yettilikning AQSh va Kanada davlatlarini kiritish mumkin. 1.3. Yevropaning kichik industrial davlatlari (Niderlandiya – 48400; Shvesiya – 47390; Norvegiya – 64590; Lyuksemburg – 70750 va b.). Yevropaning sovet blokiga kirmagan deyarli barcha davlatlari industrial jihatdan rivojlangan davlatlar hisoblanadi. Ammo, Gresiya (26790), Portugaliya (28590), Malta (27390) va Yevropa Ittifoqi a’zosi bo‘lsada, Osiyoda joylashgan Kipr (30840) davlati haqida yagona fikr yo‘q. Sobiq sotsialistik lagerga mansub davlatlardan Sloveniya (30830) va Chexiya (30420) rivojlangan davlatlar mezoniga juda yaqin turadi. Yaqin kelajakda rivojlangan davlatlar ro‘yxatidan, shuningdek Rossiya (23790), Estoniya (27510), Latviya (24220), Litva (26660), Polsha (25400), Slovakiya (28200), Vengriya (24630) i Xorvatiyalar (21730) joy olishi mumkin. Bir gurux olimlar rivojlangan davlatlar qatoriga Koreya Respublikasini (34700, Janubiy Koreya), Tayvanni (Xitoy provinsiyasi), Xitoyning alohida ma’muriy rayoni - Gonkongni (57650), Singapurni (81190) – ya’ni, birinchi to‘rtta “osiyo yo‘lbarslari”ni, va shu bilan birga, Isroilni (34940, bu ko‘proq 1.2. guruxga mansub) ham kiritadilar. Yuqori darajada rivojlangan davlatlar iqtisodiyotning barcha sohalarida yuqori texnologik darajasi, yuqori mehnat unumdorligi bilan alohida ajralib turadi. Ularning yalpi ichki mahsulotida xizmatlar sohasi va qayta ishlash sanoatining ulushi yuqori hamda iqtisodiyotning to‘rtlamchi sektori (axborot texnologiyalari, biotexnologiyalar) yuqori texnologik tarmoqlarini rivojlanish darajasi bo‘yicha eng yuqori o‘rinlarni egallaydi. Rivojlangan davlatlarning qayta ishlash sanoati tarkibida mashinasozlik va kimyo sanoati yetakchi hisoblanadi. Mazkur davlatlarda yiliga aholi jon boshiga YaIM odatda 30 ming AQSh dollaridan ortadi. O‘rtacha umr ko‘rish yoshi 79-86 yoshni (2016) tashkil qiladi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling