1-Ma’ruza. Geosiyosat fanining ob’ekti, predmeti va vazifalari
II. Sharqiy Yevropa va MDHning o‘tish iqtisodiyoti davlatlari (avval, sotsialistik rejali iqtisodiyot davlatlari)
Download 0.89 Mb.
|
geosiyosat
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. Rivojlanayotgan davlatlar.
II. Sharqiy Yevropa va MDHning o‘tish iqtisodiyoti davlatlari (avval, sotsialistik rejali iqtisodiyot davlatlari).
Ushbu guruxga mansub davlatlarni ajratishga mutaxassislar turlicha munosabat bildiradilar. Jumladan, Sharqiy Yevropa va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining o‘tish iqtisodiyoti davlatlari guruxini alohida ajratilishini barcha mutaxassislar ham qo‘llab-quvvatlamaydi. Binobarin, mazkur guruxga mansub davlatlarning bir qismini industrial rivojlangan davlatlar qatoriga qo‘shish mumkin (yuqoriga qarang) bo‘lsa, qolganlari rivojlanayotgan davlatlarga mansubdir. Mazkur davlatlar bir-biridan iqtisodiy salohiyatiga ko‘ra katta tafovutlarga ega. 2015 yil holatiga ko‘ra aholi jon boshiga YaIM (yalpi ichki mahsulot) Qirg‘izistonda 3300$dan, Tojikistonda 3320$dan Slovenieda 30830$ gacha tashkil qiladi. Shuningdek, ushbu ko‘rsatkich shu davrda Belorussiyada 16840$ga, Ukrainada 7810$ga, Qozog‘istonda 24260$ga, Rumыniyada 20900$ga, Bolgariyada 16790$ga, Serbiyada 12800$ga tengdir. Aholi o‘rtasida kutilayotgan o‘rtacha umr ko‘rish yoshi Turkmanistonda 66 yoshdan Slovenieda 81 yoshgacha farqlanadi. III. Rivojlanayotgan davlatlar. Ushbu guruxga mansub davlatlar son jihatdan ko‘pchilikni tashkil qiladi. Ular dunyo mintaqalari bo‘lab turlicha taqsimlangan. Ularni quyidagi guruxlarga ajratiladi: 3.1. Osiyo va Amerikaning yangi industrial davlatlari (YaID). Mazkur guruxga mansub davlatlar ham ichki xususiyatlariga ko‘ra quyidagi guruxchalarga ajratiladi: – barcha birinchi “Osiyo yo‘lbarslari” (Gongkong, Singapur, Janubiy Koreya, Tayvan). Ushbu davlatlatlar bir gurux ekspertlarning fikricha, aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi yalpi ichki mahsulot xajmi va qayta ishlash sanoatining yetarli darajada rivojlanganligiga ko‘ra rivojlangan davlatlar safiga kiritiladi (ammo, Gongkong va Singapurda YaIM tarkibida uchlamchi sektor, ya’ni ayniqsa savdo va moliyaviy xizmatlar keskin ajralib turadi, lekin, shularga qaramay yuqoridagi “to‘rtlik” davlatlari rivojlangan davlatlar bilan texnologik bog‘liqligi mavjud). – ikkinchi eshelonning ikki “yo‘lbars”lari – Malayziya (26140$) va Tailand (15210$) hisoblanadi. So‘nggi yillarda ushbu guruxga Sharqiy Osiyoning tez rivojlanib borayotgan giganti – Xitoy (14160$) kiritilmoqda; – Turkiya (19360$); – Lotin Amerikasining yangi industrial davlatlari – Meksika (17150$), Kosta-Rika (14880$), Argentina (15570$ 2010 yili), Chili (21740$), Urugvay (20360$), Braziliya (15020$); – Janubiy Afrika Respublikasi (12830$) – Afrikaning eng rivojlangan (ammo, eng boy bo‘lmagan) davlati. Ko‘pchilik ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari bo‘yicha yangi industrial davlatlar (YaID) hamda ko‘pchilik o‘tish iqtisodiyoti davlatlari rivojlangan hamda rivojlanayotgan davlatlar o‘rtasida joylashgan; Yangi industrial davlatlar (3.1. gurux) bilan ko‘pchilik o‘tish iqtisodiyoti davlatlarini (II gurux) o‘rtacha rivojlanish darajasiga ega alohida guruxga birlashtirish mumkin. Tipik o‘rtacha rivojlangan davlatlar qatoriga Belorussiya, Ukraina, Ruminiya, Bolgariya kabi o‘tish iqtisodiyoti davlatlarini, va shu bilan birga Braziliya va Meksikani kiritish mumkin. Ushbu mamlakatlarning iqtisodiyoti va aholi bandligida ikkilamchi sektorning (qayta ishlovchi sanoat va qurilish) ulushi, rivojlangan davlatlardan ham yuqoriroqdir. Shular bilan birga, aytish joizki o‘rtacha rivojlangan davlatlarda mehnat unumdorligi past, fanni rivojlantirishga xarajatlar xajmi kam, ular texnologik jihatdan rivojlangan davlatlarga qaramdir. O‘tish iqtisodiyoti davlatlari, va shuningdek Sharqiy va Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari aholining ma’lumotlilik darajasiga ko‘ra rivojlangan davlatlarga yaqin turadi (bunda, Osiyoning yangi industrial davlatlarida yoshlarning ma’lumot darajasi yuqori, ammo bu katta avlodga mansub aholida yuqori emas). 3.2. Neft va gaz eksport qiluvchi, turizm markazlari, aholi jon boshiga o‘rtacha va yuqori daromad keltiruvchi offshor zonalar: Saudiya Arabistoni (54730$), Quvayt (79970$), Qatar (140720$ – dunyoda birinchi o‘rinda) va b. (neft); BAA (70570$, neft, offshor), Bagam orollari (22930m, offshor, turizm) va b. 3.3. Ko‘pchilik rivojlanayotgan davlatlar. Ularda aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi YaIM ko‘rsatkichlari, odatda jahonning o‘rtacha ko‘rsatkichlariga yaqin yoki o‘rtachadan past. Ushbu gurux turli-tumanligi bilan ajralib turadi. Ammo, unga kiruvchi ko‘pchilik davlatlarning YaIM tarkibida qayta ishlash sanoati sezilarli o‘rinni egallaydi. Ushbu guruxga mansub davlatlarda boshqalarga nisbatan o‘z qishloq xo‘jalik xom ashyosiga ega bo‘lgan yengil va oziq-ovqat sanoatining ulushi yuqori, aksincha mashinasozlikning ulushi past, bunda Hindistondan tashqari barcha mamlakatlarda o‘z texnologiyasi yo‘q, ayrim davlatlarda kimyo sanoatining turli tarmoqlari rivojlanmoqda (jumladan, Marokashda fosforit qazib olinadi, bunda qazib olish sanoatining asosiy tarmog‘i – fosfor mineral o‘g‘itlari ishlab chiqarish hisoblanadi), metallurgiyada esa tegishli mineral xom ashyo konlariga asoslanadi. Ushbu guruxga kiruvchi ayrim davlatlar asosiy daromadini mineral resurslarni eksport qilishdan (Eron – neft eksportidan, Jazoir – tabiiy gaz va neft eksportidan, Botsvana – olmos eksportidan), turistik yoki moliyaviy xizmat ko‘rsatishdan (ko‘pgina orol davlatlar) oladilar. Ushbu rivojlanayotgan davlatlar guruxiga Osiyoning aksariyat davlatlari, shu jumladan Hindiston (6020$), Pokiston (5350$), Indoneziya (10680$), Filippin (8900$) davlatlari kiradi. Boshqa guruxdagi dalatlardan farqli, o‘laroq ushbu gurux davlatlarida ham kambag‘allik tarqalgan bo‘lishiga qaramay, och bo‘lgan aholi soni kam. 3.5. BMTning tasnifiga ko‘ra kuchsiz rivojlangan davlatlar. Ular “ochlik zonasi”ga kirib (braziliyalik geograf Jozue du Kastru iborasi bilan aytganda), buning natijasida har yili 20 milliongacha odamlar o‘ladi. Kuchsiz rivojlangan davlatlar qatoriga quyidagi davlatlarni qo‘shish mumkin: Osiyoda – Afg‘oniston, M’yanma, Nepal; Afrikada – Benin, Burkina-Faso, Burundi, Gambiya, Gvineya, Gvineya-Bisau, Kongo Demokratik Respublikasi, Komor orollari, Liberiya, Madagaskar, Malavi, Mali, Mozambik, Niger, Ruanda, Somali, Serra-Leone, Tanzaniya, Togo, Uganda, MAR, Chad, Eritreya, Efiopiya; Lotin amerikasida – Gaiti; Okeaniyada – Papua-Yangi Gvineya, Solomon orollari. Ushbu davlatlarda YaMM 600 dan 3000$ gacha, aholining o‘rtacha umr ko‘rish yoshi esa – 40-70 yoshga teng, o‘rtacha ta’lim darajasi – 0-7 yilni tashkil qiladi. Ushbu kuchsiz rivojlangan davlatlar qoloq ijtimoiy-iqtisodiy tuzilmaga ega, ularda mayda tovar xo‘jalik tarzi hukmron, bir necha yuz million aholi natural xo‘jalik yuritadi. Afrikada bir necha davlatlarda omoch yordamida dehqonchilik qilinadi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling