1-Ma’ruza. Geosiyosat fanining ob’ekti, predmeti va vazifalari
Yalpi ichki mahsulot (sotib olish qobiliyati) xajmiga ko‘ra
Download 0.89 Mb.
|
geosiyosat
Yalpi ichki mahsulot (sotib olish qobiliyati) xajmiga ko‘ra
jahonning yetakchi davlatlari, 2015 yil
Hozirda jahonning nafaqat rivojlangan, balki ko‘pchilik davlatlarida yollanma mehnat asosiy o‘rinni egallaydi, ammo juda kambag‘al davlatlarda aholining sezilarli qismini mustaqil ishchilar (oila a’zolari bilan) tashkil qiladi. Ular asosan qishloq xo‘jaligida, shuningdek hunarmandchilik va savdoda faoliyat yuritadilar (rivojlangan davlatlarda savdoda band bo‘lganlarning ko‘pchilik qismi – bular, supermarketlarning yollanma ishchilaridair). Kuchsiz rivojlangan davlatlar iqtisodiyotining tarmoqlar tarkibi uchun ko‘proq birlamchi sektor – qishloq xo‘jaligi va (yoki)tog‘-kon sanoati xosdir. Qayta ishlash sanoatining kam sonli korxonalarida asosan oziq-ovqat, gazmol, kiyim-kechak, poyabzal ishlab chiqariladi. Guruxdagi ayrim davlatlar qishloq xo‘jaligi texnikasini remont qiluvchi, elektronika, elektrotexnika buyumlari, transport vositalarini yig‘uvchi korxonalarga ega, ularning ko‘pchiligi esa chetdan keltiriluvchi ehtiyot qismlari asosida ishlaydi. Ammo, JAR va Misrdan boshqa Afrikaning biror bir davlati zamonaviy stanoklar va robotlar ishlab chiqarish salohiyatiga ega emas. (Misrda nisbatan oddiy stanoklar ishlab chiqariladi). Kuchsiz rivojlangan davlatlar atrof muhitni kam ifloslaydi, ammo ularning aholisi iqlim o‘zgarishlari bilan bog‘liq qurg‘oqchilik, suv toshqinlari va boshqa stixiyali o‘zgarishlardan ko‘proq aziyat chekishadi. O‘zbekiston 3.2-guruxga – ya’ni o‘tish iqtisodiyoti davlatlari guruxiga mansub bo‘lib, ayrim iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha, jumladan aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotning xajmi, xo‘jalikning tarmoqlar tarkibiga ko‘ra 3.3-gurux rivojlanayotgan davlatlar guruxiga yaqin tursa, aholining ma’lumotlilik darajasiga ko‘ra mamlakatimiz industrial rivojlangan davlatlarga yaqin turadi. Bunday xususiyatlar Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari uchun ham xos. Industrial rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda aholining turmush sifati ko‘rsatkichlari bir-biridan farq qiladi. Ko‘pchilik rivojlangan, boy davlatlarda ko‘pchilik aholi o‘z shahsiy uyiga, shahsiy avtomobilga, zamonaviy maishiy jihozlarga ega. Ammo, shu bilan birga dunyoning shunday mintaqalari borki (Afrikada Saxaradan janubda, Janubi-Sharqiy Osiyoning tog‘-o‘rmon rayonlari, Amazoniya tropik uchastkalari va Markaziy Amerikaning ayrim hududlari), ularning aholisi ibtidoiy turmush tarziga ega, aholining 99% i zamonaviy sivilizatsiya yutuqlaridan foydalanish imkoniyatiga ega emas. Ishlab chiqarish, kapital va aholining hududiy mujassamlashuvi darajasida ham tafovutlar mavjud. Insoniyat tarixining siyosiy-geografik jihati – bu, dunyo siyosiy xaritasining shakllanishi tarixidir. To hozirga qadar dunyo siyosiy xaritasi uzoq rivojlanish bosqichlarini bosib o‘tdi. Bu borada aksariyat ko‘pchilik tadqiqotchilar tomonidan quyidagi 4 ta bosqich ajratiladi: I – bosqich, V asrgacha bo‘lgan davr (qadimgi davr). II – bosqich, V – XVII davrlar (o‘rta asrlar davri). III - bosqich, XVII – XIX davrlar (yangi davr). IV - bosqich, XIX asrdan to hozirgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga qamrab oladi (eng yangi davr). Ohirgi 500 yil ichida dunyo siyosiy xaritasining shakllanishi va rivojlanishidagi muhim voqealar: - buyuk geografik kashfiyotlar – XV – XVII asrlar; - Vestfal shartnomasi, 1648 y; - Vena kongressi, 1814 – 1815 yy; - Birinchi jahon urushi, 1914 – 1918 yy; - Ikkinchi jahon urushi, 1939 – 1945 yy; - mustamlakachilik tuzumining parchalanishi (eng yuqori cho‘qqisi 1960 yilga to‘g‘ri keladi); - MDHning tashkil etilishi bilan boshlangan, 1991 yildan keyingi hududiy o‘zgarishlar. 1990 yillarda Namibiyadan tashqari, MDH va sobiq Yugoslaviya respublikalari, shuningdek Eritreya davlati (2015 yil o‘rtalarida maydoni - 121,1 ming km2, aholisi - 5,2 mln.kishi, poytahti – Asmera shahri), Marshall orollari Respublikasi (maydoni - 0,2 ming km2, aholisi - 0,06 mln. kishi, poytahti – Madjuro shahri), Mikroneziya Federativ Shtatlari (0,7/0,1, Palikir shahri), Palau Respublikasi (0,5/0,02, Koror shahri). XXI asr boshiga kelib, dunyo siyosiy xaritasida quyidagi davlatlar vujudga keldi: - Sharqiy Timor (maydoni - 14 ming km2, aholisi - 1,2 mln. kishi, 2015 yil o‘rtlarida, poytahti – Dili shahri), bu yerda BMT shafeligida mustaqillik referendumi 1999 yil avgust oyida o‘tkazilgan, 78 % aholi yoqlab ovoz bergan; - 2011 yili Janubiy Sudan (maydoni - 620 ming km2, aholisi - 12,2 mln. kishi, poytahti – Djuba shahri) mustaqillikni qo‘lga kiritdi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling