1-Ma’ruza. Geosiyosat fanining ob’ekti, predmeti va vazifalari


Download 0.89 Mb.
bet12/47
Sana05.05.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1432736
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   47
Bog'liq
geosiyosat

Savol va topshiriqlar
Dunyo siyosiy xaritasi deganda nimani tushunasiz?
Dunyo siyosiy xaritasini shakllanishi va rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillarni tushuntiring.
Dunyo siyosiy xaritasi mazmuniga ko‘ra nimalardan tashkil topgan?
Davlat tuzumi, davlatni boshqaruv shakli deganda nimani tushunasiz.
Dunyo siyosiy xaritasini shakllanishida qanday bosqichlar ajratiladi?

5-Mavzu. DUNYo MINTAQALARI SIYoSIY XARITASI
Reja:
Dunyo siyosiy xaritasining mintaqalarga ajratilishi.
Afrikaning siyosiy xaritasi.
Amerikaning siyosiy xaritasi.
Osiyoning siyosiy xaritasi.
Yevropaning siyosiy xaritasi.
Avstraliya va Okeaniyaning siyosiy xaritasi.

Tayanch so‘zlar: siyosiy xarita, davlat, davlat tuzumi, boshqaruv shakli, monarxiya, respublika, cheklangan monarxiya, geosiyosiy mojaro, geosiyosiy vaziyat, davlatlarning turlari, davlat chegarasi, poytaht, mintaqa, submintaqa.

Dunyoning siyosiy xaritasi ko‘z o‘nggimizda yaxlit tarzda namoyon bo‘lsada, u avvalo turli davlatlar va ularning mintaqaviy birikmalaridan tashkil topgan. Bunda, har bir mintaqa va uning tarkibiga kiruvchi davlatlar, o‘zlarining tabiiy - geografik xususiyatlari, resurs salohiyati, ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyot darajasi, jahon xo‘jalik tizimlari va dunyo siyosiy xaritasida tutgan o‘rni hamda ahamiyatiga ko‘ra o‘ziga xos o‘rin - mavqeni egallaydi.


Jahon mamlakatlarini turli mintaqalarga ajratilishi, jahondagi ko‘plab yetakchi tashkilotlar hamda davlatlar tomonidan amalga oshirilgan. Bunda, eng avvalo, ularning joylashgan o‘rni, hududiy mansubligi, siyosiy hududiy tuzilishi hamda rivojlanishiga katta e’tibor qaratilgan.
Ushbu kitobda davlatlarning turli mintaqalarga mansubligi borasida jahonning eng yetakchi tashkiloti – Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan ishlab chiqilgan tasniflashga asoslanildi. Unga ko‘ra, Yevrosiyo materigi ikki qit’aga – Yevropa va Osiyoga ajratilgan bo‘lib, o‘z navbatida Yevropa qit’asi 4 ta submintaqaga – Shimoliy Yevropa, G‘arbiy Yevropa, Sharqiy Yevropa va Janubiy Yevropaga, Osiyo qit’asi – G‘arbiy Osiyo, Markaziy Osiyo, Janubiy Osiyo, Janubi-Sharqiy Osiyo va Sharqiy Osiyoga ajratilgan. Afrika qit’asida esa 5 ta submintaqa ajratilgan, bular – Shimoliy Afrika, G‘arbiy Afrika, Sharqiy Afrika, Markaziy Afrika hamda Janubiy Afrika. Shuningdek, Amerika qit’asi tarkibida Shimoliy Amerika, Markaziy Amerika, Karib xavzasi mamlakatlari va Janubiy Amerika submintaqalari ajratilsa, Avstraliya va Okeaniya yaxlit tarzda ajratilgan.
Quyida har bir mintaqaning siyosiy-geografik tarkibi, shakllanishi va rivojlanishi xususiyatlari, geosiyosiy vaziyati, resurs, demografik va iqtisodiy salohiyatiga qisqa tavsif beriladi. Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, dunyo siyosiy xaritasidagi siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlar, o‘z navbatida davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga, davlat tuzumiga, maydoni xajmi va boshqa ko‘rsatkichlarini o‘zgarib turishiga o‘z ta’sirini ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababdan, davlatlar bilan bog‘liq statistik ma’lumotlar borasida jahonning BMT va boshqa yetakchi tashkilotlari manbalariga asoslanildi.


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling