1-Ma’ruza. Geosiyosat fanining ob’ekti, predmeti va vazifalari
Faoliyatli (harakatiy) uslub
Download 0.89 Mb.
|
geosiyosat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Funksional uslub.
Faoliyatli (harakatiy) uslub. Mazkur uslubdan foydalanish geosiyosat ob’ekt va predmetida turgan muammoli vaziyatning umumiy tavsifi hamda uning xarakatlanishi bilan bog‘li tomonlarni o‘rganishda qo‘l keladi. Shuning uchun ham muammo dinamikasini bosqichlarga bo‘lib o‘rganishni afzal ko‘radi. Jumladan, muammolar dinamikasini taxlil etishda xarakatdagi kuchlarning maksadlarini aniqlash va qarorlar qabul qilishga; qabul qilingan rejalarni amaliyotga tadbiq, etishga; faoliyatni boshqarib turishga; amaliyotda qo‘yilgan maqsadlarni doimo hisobga olib turishga; olingan natijalarni taxlil qilishga va o‘z navbatida yangi maqsad va vazifalarni ishlab chiqishga katta e’tibor beradi.
Geosiyosatda xarakatiy uslub siyosiy qarorlar qabul kilishning muhim uslubigina emas, balki nazariy asosi bo‘lib ham xizmat qiladi. Bundan tashqari, geosiyosiy kuchlarning me’yoriy faoliyati ularning qanchalik o‘z xarakatlarini real voqelik bilan uyg‘unlashtira olganliklariga bog‘liq. Funksional uslub. Ijtimoiy — siyosiy fanlarda funksional uslub jamiyat barcha doiralarining o‘zaro aloqadorligini tadqiq etadi. Geosiyosatda esa ko‘proq davlatlarning iktisodiy — siyosiy, xarbiy, madaniy munosabatlarini, urbanizatsiya darajasi va axolining zichligini, ijtimoiy guruxlar va institutlarning siyosiy faolligi va boshka shu kabi masalalarni nazarda tutadi. Funksional uslub siyosiy hodisalar yoki geosiyosiy jarayonlarni o‘rganishda diniy dogmatik yoki axloqiy qadriyatlarga asoslanib olishni yoqlamaydi. Balki muammolarda ularning tashqi muhit bilan bog‘lanishi, izchilligi va nochorli real hayot bilan uyg‘unlashganligini taxlil etishning zarurligiga katta e’tibor beradi. Funksional uslub jamiyat, davlat, davlatlar ittifoqlariga murakkab tuzilmalar sifatida qaraydi va ularning xar biri mavjud tuzumda o‘ziga xos funksiyalarni bajaradi. Shuningdek, funksional uslub jamiyat va davlatdagi siyosiy institutlar- xalqaro tashkilotlar, davlatlar uyushmasi, davlatlar, partiyalar, siyosiy xarakatlar va boshqa ijtimoiy guruxlarning faoliyatini ham o‘rganadi. Ijtimoiy—siyosiy fanlarga funksional uslubni italyan mutafakkiri, tarixchi va davlat arbobi Nikollo Makiavelli (1469—1527) olib kirgan va u o‘z asarlarida mazkur uslubni keng qo‘llagan. Ba’zi tadqiqotchilar geosiyosat fanining uslublari qatoriga institutsional, antropologik, mintaqaviy va empirik uslublarini ham qo‘shishadi. Bizningcha, geosiyosatda mazkur uslublar tuzilishi va muammolarni tadqiq etish ko‘lami jixatidan funksional uslub doirasiga kiradi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling