1-Ma’ruza. Geosiyosat fanining ob’ekti, predmeti va vazifalari
Avstraliya va Okeaniyaning siyosiy-geografik tarkibi
Download 0.89 Mb.
|
geosiyosat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mintaqa va davlat nomi Maydoni, km 2
- Davlat tuzumi
- Avstraliya va Okeaniya
- Savol va topshiriqlar
- 6-mavzu. GEOSIYoSAT ASOSLARI FAN SIFATIDA Reja
Avstraliya va Okeaniyaning siyosiy-geografik tarkibi
Manbalar: Ropulation Reference Bureau. 2019 World Population Data Sheet; Ropulation Reference Bureau. World Population Data 2019; http://ostranah.ru/_lists/area.php. 19-asrning oxiriga kelib, Okeaniya jahonning Buyuk Britaniya, AQSh, Fransiya, Avstraliya Ittifoqi, Yangi Zellandiya kabi davlatlari tomonidan mustamlaka qilish tugallandi. O‘tgan asrning 60-yillaridan boshlab, Okeaniya davlatlari o‘z mustaqilligini qo‘lga kirita boshladilar. Jumladan, 1962 yili G‘arbiy Samoa (Yangi Zellandiya mustamlakasi) mustaqillikka erishdi, 1968 yili Nauru (Buyuk Britaniya, Avstraliya va Yangi Zellandiya mustamlakasi), 1970 yili Tonga Qirolligi (Buyuk Britaniya protektorati) va Fidji oroli (Buyuk Britaniya mustamlakasi), 80-yillarning oxirlariga kelib Marshall, Karolin va Mariana orollari (AQSh boshqaruvidagi hududlar) mustaqillikka erishdilar.
XXI ga kelib yer yuzidagi davlatlarning aksariyati-192 davlat Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo hisoblanadi. Amalda davlat larning soni 250dan ortadi va davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarda mojarolar, ekspansiya, xarbiy nizolar davom etmoqda. Yaqin va O‘rta Sharq, Markaziy Osiyo, Shimoliy va Markaziy Afrikada harbiy nizolar davom etmoqda. Shunday sharoitlarda Geosiyosat fanining ahamiyati ortib bormoqda. Chunki Geosiyosat nafaqat hozirgi xalqaro mojarolar va ularning oqibatlari, balki jahondagi geosiyosiy o‘zgarishlarni oldindan bashorat qilish imkonini beradi. Insoniyatning uchinchi ming yillikka qadam qo‘yganiga yigirma yildan oshdi. Bu ming yillikda davlatlar, xalqlar va, umuman, insoniyat jamiyatining, jahon va ayrim mamlakatlarning taqdiri qanday bo‘ladi, xalqaro munosabatlar qaysi yo‘nalishda rivoj topadi, mintaqaviy, etnik, diniy, milliy konfliktlar soni kundan-kunga ko‘payib borayotgan yer yuzida vaziyat qanday bo‘ladi? Bu masalalarning barchasi o‘zining xolis va batafsil ilmiy javobini kutib turibdi va geosiyosat fani shu dolzarb masalalarni hal qilishda yetakchi rol o‘ynashi lozimdir. XIX asr oxirlari va XX asr boshlarida siyosiy geografiya va geosiyosat fanlari shakllandi. Nemis olimi F.Ratsel siyosiy geografiya va geosiyosatning asoschisi hisoblanadi. Geosiyosat atamasini shved olimi R.Chellen birinchi marotaba qo‘llagan. Keyinchalik, G‘arb davlatlarida rivojlanib kelgan geosiyosat fanini sobiq ittifoqda uzoq faqt “yolg‘on fan” deb inkor etib kelganlar va bu siyosatchilar uchun juda qimmatga tushgan. Insoniyatning kelajagi to‘g‘risida har xil farazlarni o‘rtaga qo‘yayotgan turli siyosiy va ilmiy doiralar – siyosatshunoslar, tarixchilar, faylasuflar, futurologlar, astrologlar va boshqalar XXI asrda insoniyatning taqdiri qanday bo‘lishi haqida har kuni turli-tuman farazlarni ilgari surmoqdalar. Global dunyo tartibotini, zamonaviy geosiyosiy va xalqaro munosabatlarni yaxshilash uchun ayrim tadqiqotchilar liberal-demokratik qadriyatlarni rivojlantirishni taklif qilsalar, boshqalar insoniyatga tahdid solayotgan milliy-etnik va shu asosda kelib chiqadigan etnik ziddiyatlar, madaniyatlararo konfliktlar, ijtimoiy, iqtisodiy, moliyaviy va ekologik va hokazo ofatlarga qarshi turishning keskin yo‘llarini izlamoqdalar. Biroq, geosiyosatchi olim V.A.Dergachevning so‘zlari bilan aytganda, insoniyatga xavf tug‘dirayotgan jadal rivojlanayotgan, o‘zgaruvchan va globallashib borayotgan jahon hodisa va jarayonlari chuqur geosiyosiy tafakurga, jiddiy global yondashuv va professional tadqiqotlarga asoslangan javoblarga ehtiyoj sezayotgani ularning hammasiga birday xos xususiyatdir. Uning fikricha, XX asrda, garchi ilmiy-texnika taraqqiyoti tantana qilgan bo‘lsa-da, Yer kurrasi va har bir mamlakatda sodir bo‘ladigan global o‘zgarishlarning oqibatlari to‘g‘risida mantiqiy va malakali fikr yuritish hamda xulosalar chiqarish imkonini beradigan fan asoslari yaratilgani yo‘q( Dergachev. V.A. Geopolitika.M., YuNITI-DANA, 2004,s.3. ). Bugun butun dunyoda va har bir mamlakatda keng va strategik dunyoqarashga, global tafakkurga, konkret makon va vaziyatlarda operativ qaror qabul qilish qobiliyatiga, to‘g‘ri yo‘l tanlash imkoniga ega bo‘lgan professional siyosatchi va siyosatshunoslarning yetishmasligi his qilinmoqda. Ilmiy asoslari, tadqiq ob’ektlari va asosiy tamoyillariga hali XX asrning birinchi yarmidayoq asos solingan va bugungi kungacha unchalik jiddiy o‘zgarishlarga uchramagan geosiyosat davlatlararo aloqalarga, bu esa, o‘z navbatida, xalqaro munosabatlarga amaliy ta’sir o‘tkazib kelmoqda. O‘z milliy va ijtimoiy manfaatlarini ilgari surar ekan, har bir davlat bu bilan siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy sohalarda jahon darajasiga ko‘tarilmoqda, ichki va tashqi konfliktlarni, boshqa geosiyosiy vazifalarni hal etish uchun o‘z milliy xavfsizligi doktrinasi negizida ham xalqaro imkoniyatlardan, ham milliy imkoniyatlaridan hamda kuch-qudratidan foydalanishga harakat qilmoqda. Umuman, o‘rta asrlardan to bugungi kungacha buyuk davlatlar, ular tomonidan barpo etilgan imperiyalar, strategik maqsadlar yo‘lida birlashadigan davlatlar ittifoqlari, boshqa jahoniy kuchlar xalqaro munosabatlar ruhi va dunyo siyosatining asosiy tamoyillarini belgilab bergan va belgilab bermoqda. Haqiqatda ayni shu davlatlar bevosita yoki bilvosita o‘z azmu irodasini boshqa davlatlarga zo‘rlab o‘tkazmoqdalar, jahonning geosiyosiy xaritasini tuzmoqdalar, uning tuzilmasini shakllantirmoqdalar, davlatlararo boshqaruvchi va hakamlik vazifasini bajarmoqdalar, shu tariqa ular yashash, xalqaro yurish-turish qoidalarini belgilab bermoqdalar. Ular mavjud moddiy va ma’naviy boyliklarni, geoiqtisodiy va strategik xom ashyo resurslarini taqsimlash, geosiyosiy ta’sir o‘tkazish sohalarini, jahon miqyosida tovarlar va xizmatlar narxini belgilashda asosiy vazifani hal etmoqdalar. Boshqa davlatlarga kelsak, ular paydo bo‘lgan vaqtidan boshlab bugungi kungacha o‘z milliy manfaatlarini ta’minlash yo‘lida har biri o‘z-o‘zicha yoki boshqa davlatlar bilan birgalikda mustaqillik, hur hayot, buyuk davlatlardan himoyalanish uchun kurash olib bormoqdalar. Tarixiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, asosiy o‘yinchilarning sub’ektlari, soni va tarkibini istisno qilganda, Vestfal sulhidan (1648) boshlab to hozirgi davrgacha xalqaro munosabatlarning mohiyati ham, xarakteri ham unchalik o‘zgargani yo‘q. Bu munosabatlar hatto bugungi kunda ham buyuk davlatlar o‘rtasida mavjud moddiy va ma’naviy qadriyatlarni, asosiy geosiyosiy makonlarni taqsimlash asosida qurilmoqda. Albatta, agar ba’zi istisnolarni soqit qiladigan bo‘lsak, boshqa davlatlar hududlarini ochiqdan-ochiq bosib olish endilikda oson ish emas, lekin shunga qaramay, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, axborot va boshqa usullar orqali o‘z ta’siri ostiga olish vositasida makon va hududlarni ekspluatatsiya etish g‘oyasi va amaliyoti hozirda ham keng qo‘llanilmoqda. Bularning hammasi klassik va zamonaviy geosiyosatda realistik yondashuv tarafdorlari chiqargan umumiy xulosa va yakundir. Buyuk geografik kashfiyotlar bilan bir vaqtda shakllana boshlagan hamda jahonda mustamlakalar uchun kurash boshlangan va dunyoda buyuk imperiyalarning vujudga kelishi bilan XIX asr boshidan kengaygan geosiyosat fani, afsuski, davlatlarning bosqinchilik va mustamlakachilik siyosati ta’siridan qutula olmadi va mustaqil tadqiqot sohasiga, amal qilishining o‘z qonuniyatlari mavjud bo‘lgan ob’ektiv fanga aylana olmadi. U vaqtlarda geosiyosat fani va geosiyosat tafakkur vakillari, nari borsa, mustamlaka mulklarni kengaytirish va o‘zlariga o‘xshash davlatlar ila bu yo‘nalishdagi o‘zaro munosabatlarni tartibga solish bilan shug‘ullangan siyosat va davlat arboblarining maslahatchisi rolini bajardilar xolos. XX asrdagi ilmiy-texnika yutuqlari geosiyosatni ayrim geosiyosiy markazlar, buyuk davlatlar va qarama-qarshi sinfiy-mafkuraviy bloklar ta’siridan xalos qilolmadi va geosiyosatning haqiqiy fan sifatida shakllanishi uchun sharoit yaratib bera olmadi. Bu davrda geosiyosat kelajakni bashorat qilar ekan, insonparvarlik tomonga yo‘naltiriladigan maqsadlarni shakllantirish vazifasini bajara olmadi. Holbuki, umuman, butun insoniyatning ham, o‘z milliy manfaatlari bo‘lgan har bir davlatning kelajagi ham bu fanni ob’ektiv va xolis rivojlantirishni taqozo etayotgan edi. Biroq o‘tgan davrlar mobaynida geosiyosat fani, garchi istalgan darajada bo‘lmasa ham, asta-sekin rivojlandi va davrning dolzarb geosiyosiy masalalariga javob topishga harakat qildi. XX asrning ikkinchi yarmidan hozirgi davrgacha bo‘lgan vaqt ichida oldiniga katta mustamlakachilik davlatlari (Buyuk Britaniya, Fransiya, Usmoniylar imperiyasi, Avtriya-Vengriya, Germaniya, Yaponiya, Xitoy, AQSh, Rossiya)da, Ikkinchi jahon urushidan keyin esa asosan AQSh va uning NATOdagi ittifoqchilari bo‘lgan G‘arbning yirik davlatlarida, shuningdek, sobiq ittifoq va Xitoyda kuchli geosiyosiy markazlar, ilmiy, siyosiy va strategik tadqiqot institutlari barpo etildi. AQSh va G‘arb davlatlaridan farqli o‘laroq, sobiq ittifoq va Xitoyda geosiyosiy tadqiqotlar maxsus maxfiy markazlarda o‘tkazildi. Bu tadqiqotlar aholining keng qatlamlariga mo‘ljallanmagan bo‘lib, ulardan tegishli davlat tuzilmalari, rahbar xodimlar va strategik yo‘nalishdagi muassasalar uchun turli-tuman ma’lumotnomalar tayyorlash maqsadida foydalanildi. Oliy o‘quv yurtlarida keng ilmiy-pedagogik doiralar va talabalar uchun bu fanni o‘qitish yopiq xarakterda edi va jamoatchilikka bu fan “yolg‘onchi, reaksion va burjua-imperialistik siyosatning belgisi” sifatida taqdim etildi. Aslida esa, sobiq ittifoq va Xitoyda ham ichki va tashqi siyosat, harbiy-strategik rejalashtirish, ijtimoiy, demografik, madaniy-ma’naviy faoliyat olib borish masalalarini ko‘rib chiqishda ayni keng geosiyosiy tahlillar va tadqiqotlar asos bo‘lib xizmat qilar edi(Ali Xasanov., Geosiyosat.T., “Tamaddun”.,--2016). SSSR va sotsialistik lagerning qulashi, yangi mustaqil davlatlarning vujudga kelishi va jahon siyosatiga qo‘shilishi XX asr oxiriga kelib geosiyosiy tadqiqotlar va tadqiqotchilarga ehtiyojni yanada kuchaytirib yubordi. Sovet davrida asosiy geosiyosiy markazlar va geosiyosatchilar asosan Moskvada faoliyat ko‘rsatar edi. Ittifoqdosh respublikalarda geosiyosiy tadqiqotlar va ularning natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor etish, bu ishga mahalliy kadrlarni jalb etish to‘g‘risida gap ham bo‘lishi mumkin emasdi. Hozirgi vaqtda butun Yevroosiyo mintaqasi, xususan, sovetlardan keyingi makonda paydo bo‘lgan davlatlar o‘z geosiyosiy tadqiqotlarini o‘tkazish zaruriyatiga to‘qnash keldilar. O‘z milliy xavfsizligi, milliy manfaatlari va maqsadlarini himoya qilish, ichki va tashqi siyosatda tahdidlarni aniqlash, xavfsizlik doktrinalarini yaratish va boshqa strategik vazifalarni amalga oshirish masalalarini hal qilish uchun tegishli ilmiy tizimlarni barpo etish, keng geosiyosiy va strategik tadqiqotlarni o‘tkazish talab etiladi. Geosiyosatning fan sifatida vujudga kelgan davrdan buyon bugungi kungacha bo‘lgan davrda geosiyosat asosiy tushunchalarining paydo bo‘lish, shakllanish va rivojlanish tarixi, turli-tuman geosiyosatchi olimlarlarning qarashlari, asosiy manbalar, qonuniyatlar, geosiyosatning ob’ekti, predmeti, kategoriyalari, aktorlari tadqiq etildi, har xil davr va geosiyosiy maktablarga mansub siyosatshunoslarning fikrlari va nazariyalari ko‘rib chiqilib, qiyoslandi. O‘zbekistonning aksariyat oliy o‘quv yurtlarida geosiyosat fani o‘qitiladi va bu jarayon rivojlanishda davom etmoqda. Rossiya, G‘arb davlatlari, Xitoy, Turkiya va boshqa mamlakatlarning yetakchi geosiyosat tadqiqotlaridan foydalanib yozilgan va umumlashtirilgan geosiyosat bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalarida 1648 yildan hozirgi davrgacha jahonda ro‘y bergan asosiy geosiyosiy hodisalar, kurramizning geosiyosiy tavsifnomasi, geosiyosiy kuch markazlari va ular o‘rtasidagi munosabatlar, tobora globallashib borayotgan dunyoning geosiyosiy muammolariga yangicha yondashuvlar, milliy-davlatchilik manfaatlari va yangicha dunyo tartiboti uchun kurash, insoniyatning mavjud ahvoli va unga tahdid solayotgan iqtisodiy, siyosiy, energetika xatarlari, global transport-kommunikatsiya, savdo, xom ashyo, xalqaro tashuvlar va boshqa geostrategik masalalar to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan, jamoatchilikning geosiyosiy bilimi, tasavvurlari va tushunchalarini chuqurlashtiruvchi materiallar mavjuddir. Geosiyosatga e’tibor kuchayib borayotgan bir davrda jahon, Yevroosiyo, Jumlada Markaziy Osiyo makonidagi asosiy geosiyosiy kuchlar bu kuchlar tomonidan jahonda o‘tkazilayotgan siyosat, bu siyosatning O‘zbekistonning geosiyosiy holatiga hozirda va kelgusidagi ta’sirini o‘rganish va mos strategiyani ishlab chiqish muhim axamiyatga egadir. Har bir mustaqil mamlakatning geosiyosiy rivoji tarixiga, uning hozirgi milliy rivojlanishi va manfaatlariga, xavfsizlik muammolari va uni ta’minlashdagi davlat siyosatiga, mamlakatning geosiyosiy va geostrategik kodini, uning tashqi va milliy siyosati konsepsiyasini tayyorlashga, milliy manfaatlar va uning konturlarini aniqlash va himoya etishga va boshqa ko‘pgina masalalarga alohida e’tibor berilishi lozim. Mamlakatning geosiyosiy istiqbollari va kelajagi bilan bog‘liq chiqishi mumkin bo‘lgan qandaydir muammolarni, mavjud tahdidlarni, ularni bartaraf etish yo‘llari va hokazolarni nazariy va amaliy jihatdan doimiy ravishda tahlil qilish zarur. O‘zbekistonning geosiyosiy istiqbolida bugungi kunda dolzarb bo‘lgan quyidagi qator muammolarni: jahon va mintaqaviy geosiyosiy markazlar bilan aloqalar va munosabatlarni, xususan yangi chaqiriqlar asosida milliy xavfsizlikning modernizatsiyalagan strategiyasini ishlab chiqish va amalda joriy etish g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, O‘zbekiston tomonidan mamlakat, mintaqa va jahonda o‘tkazilayotgan geosiyosat hamda shu munosabat bilan tashlanayotgan amaliy odimlar, uning jahon, mintaqa va Yevropa xavfsizlik tizimlaridagi ishtiroki, energetika sohasida, tranzit, xalqaro tashuvlar va transport kommunikatsiyalari, shuningdek xavfsizlik, energetika, demografiya va shu kabilar borasida Markaziy Osiyo va mamlakatga tahdid solayotgan mintaqaviy va global jarayonlar masalasi keyingi tadqiqotlarda tahlil etilishi lozim. Hozirgi dunyoda geosiyosat fanining vazifasi insoniyat va mamlakatlarning hamjihatlikda yashashi va xavfsizligi normalarini ilmiy yo‘sinda rejalashtirish bilangina cheklanib qolmaydi. Bu fanning vazifasi mamlakatlarning oliy rahbarlari, siyosat va jamoat arboblari, boshqaruv, mudofaa, xavfsizlik va strategik rejalashtirish bilan shug‘ullanadigan mutahassislar keng jamoatchilikda geosiyosiy tasavvurlarni shakllantirish hamda ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik, demografik, axborot, diniy, madaniy saviyasiga ko‘ra farqli mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarni to‘g‘ri rejalashtirish va munosatlar o‘rnatishlari uchun ularning geosiyosiy tafakkurini rivojlantirishdan ham iboratdir. Jahon makoni globallashayotgan sharoitda xalqaro munosabatlarning barcha pog‘onalarida – davlatlararo, tashkilotlararo va hatto alohida shaxslararo aloqalarda milliy, mintaqaviy va jahoniy geosiyosiy vaziyatni to‘g‘ri baholash katta ahamiyat kasb etadi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling