1-Ma’ruza. Geosiyosat fanining ob’ekti, predmeti va vazifalari


Geosiyosatning funksiyalari


Download 0.89 Mb.
bet30/47
Sana05.05.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1432736
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   47
Bog'liq
geosiyosat

Geosiyosatning funksiyalari
Geosiyosat fan sifatida jamiyat bilan bevosita bog‘langandir. U real xayotdagi voqea—xodisalar va jarayonlarning o‘zaro aloqadorligini va ularning bir biriga bog‘liqligini ifodalovchi konuniyatlarni o‘ziga qamrab olgan. Birok, geosiyosat bor jarayonlarni o‘zida aks ettiribgina kolmay, ularga bog‘liqli tarzda jamiyatda muayyan funksiyalarni ham bajaradi.
Geosiyosatning asosiy funksiyalari:
-gnoseologik funksiya;
-prognoz kilish funksiyasi
-boshkaruv funksiyasi;
-mafkuraviy funksiya.
Ushbu kayd kilingan funksiyalar boshka ijtimoiy — siyosiy fanlarga xam xos bo‘lishi mumkin. Biroq mazkur funksiyalar geosiyosat fanida o‘ziga xos afzalliklarga ega.
Gnoseologik funksiya. Gnoseologiya — bilish demakdir. Bilish nazariyasi borliqni, uning anik bir xolatlari, manbalari va shakllarini o‘rganishga qaratilgandir. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, gnoseologik funksiya davlatlar va xalklarning geosiyosiy joylashuvi, turmush tarzi xamda ular xayotining rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish bilan bog‘lik. Albatta, gnoseologik funksiya amaliyotida geosiyosatning davlatlar va xalklar turmushini o‘rganishda qullaydigan bir kator uslublari taqqoslash, ekstrapolyatsiya (narsa va xodisaning bir qismini kuzatish asosida olingan xulosalarni uning boshka kismiga yoyish yoki tatbik etish), empirik (tajriba kilish) va shular singari uslublarining o‘rni kattadir.
Prognoz kilish funksiyasi. Geosiyosatning prognoz qilish funksiyasi bevosita gnoseologik funksiya asosida shakllanadi. Chunki har bir muammoning kelajagidan bashorat kilish uchun o‘sha muammo birinchi navbatda mukammal o‘rganilmog‘i lozim. Ob’ektda turgan masalaning qanchalik chuqur o‘rganilganlik darajasi tadkikotchi uchun tegishli xulosalarni chikarish xamda uning kelajakdagi kechmishi hakida xam muayyan imkonini beradi. Prognoz kilish funksiyasining axamiyati kachonki olib borilayotgan geosiyosiy tadkikotlar kuyidagi jixatlarni uzida namoyon etsagina bo‘ladi, ya’ni: muammoga — nisbatan bildirilgan fikr — muloxazalarning kanchalik darajada ilmiy tomondan isbotlanganligi bilan; bildirilgan sharxlarning xalklar, davlat va mintakalarning geosiyosiy turmushiga kanchalik darajada uzgarishlarni olib kelishi bilan: bashoratlarning yakin yoki uzok muddatga muljallangan.
Prognoz qilish — siyosiy voqealarning rivoji va ko‘rinishlari, ular amalga oshirilishining muqobil yo‘llari va muddatlari ilmiy asoslangan mulohazalarni ishlab chiqish jarayonlari, ularning usha voqeliklar sharoitida amalga oshirish uchun mo‘ljallangan.
Prognoz kilish funksiyasi bir kator prinsiplarga asoslanadi, ya’ni tartiblik, muvofiklik, uzluksizlik, mukobillik va rentabellik. Tabiiyki, ushbu prinsiplar jamiyatning iqtisodiy — siyosiy, ijtimoiy —siyosiy, siyosiy — mafkuraviy va harbiy —siyosiy doiralarini o‘rganishda qo‘l kelishi mumkin. Bundan tashkari, amaliy jixatdan geosiyosatning prognoz kilish funksiyasi quyidagi bosqichlardan iborat:
-Ma’lumotlarni yig‘ish;
-Tayanch andazalarni ishlab chikish;
-Qidiruv modellarini tanlash;
-Belgilangan (normativ) modellarni amaliyotga tadbiq etish;
Tahlilning anikligi va ishonchliligini baholash;
-Tavsiyalarni ishlab chikish;
Borliqdagi geosiyosiy jarayonlar kelajagi va ularning qayta ko‘rinishda rivojlanishini oldindan prognoz kilish kanchalik murakkab bo‘lmasin, prognoz qilish funksiyasi tadqiqotchilar nigoxidan chetda qolayotgani yo‘q. Balki unga kizikishning ortishi orqasida geosiyosiy tadkikotlarni o‘rganish va taxlil kilish mazmun va ma’no jixatidan takomillashib bormokda.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling