1-Ma’ruza. Geosiyosat fanining ob’ekti, predmeti va vazifalari


Download 0.89 Mb.
bet37/47
Sana05.05.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1432736
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   47
Bog'liq
geosiyosat

Savol va topshiriqlar
Zamonaviy geosiyosiy konsesiyalar deganda nimani tushunasiz?
Zamonaviy geosiyosiy konsepsiyalarga misollar keltiring.
Zamonaviy geosiyosiy konsepsiyalar mualliflarini sanab bering.
Zamonaviy geosiyosiy konsepsiyalarning ilmiy-amaliy ahamiyatini tushuntiring.


9-Mavzu. GLOBALIZATSIYa VA MINTAQAVIY IQTISODIY
INTEGRATSIYa

Reja:
Integratsiya va globalizatsiya jarayonlariga ta’sir qiluvchi omillar.
Jahon iqtisodiyoti va integratsion jarayonlar.
Integratsiya va globalizatsiyaning mintaqaviy xususiyatlari.

Tayanch so‘zlar: globalizatsiya, integratsiya, mexnat taqsimoti, erkin savdo hududi, bojxona ittifoqi, umumiy bozor, tqtisodiy ittifoq.

Insoniyat taraqqiyotining o‘tgan asriga kelib, jahonda va uning turli mintaqalarida siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning tezlik bilan rivojlanishi, jahonda kuchlar muvozanatining butunlay yangicha qiyofaga kirishi, jahon siyosati va iqtisodiyotida kechayotgan jarayonlar o‘z navbatida davlatlarni o‘zaro manfaatlari asosida turli iqtisodiy, siyosiy hududiy birlashmalarga birikishiga va shu asosda rivojlanish yo‘nalishlarini tanlashlarida asos bo‘lib xizmat qiladi. Eng avvalo, kichik hududlar miqyosida, bevosita qo‘shni yoki mintaqa davlatlari doirasida kechgan integratsion jarayonlar bugungi kunga kelib, jahonning keng maydonlarini qamrab olgan xolda global tus ola boshladi. Ushbu jarayonlarning vujudga kelishi va rivojlanishida, davlatlarning siyosiy va iqtisodiy geografik o‘rni, resurs va ishlab chiqarish salohiyati, tashqi siyosiy faoliyati kabi omillar muhim ahamiyatga ega.


Jahon iqtisodiyotida mintaqaviy iqtisodiy integratsiya jarayonlari dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy aloqadorlikni ta’minlashda bir qator quyidagi qulayliklarni vujudga keltirib, ular:
- birinchidan, xo‘jalik subektlarini (tovar ishlab chiqaruvchilarni) ko‘plab resurslar bilan (inson resurslari, texnik-texnologik va axborot vositalari) ta’minlaydi;
- ikkinchidan, jahon bozorlariga mos raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradi;
- uchinchidan, integratsiya jarayonlarida qatnashuvchi barcha davlatlarni ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy jihatdan bir-biriga yaqinlashtirib, raqobatdan himoya qiladi;
- to‘rtinchidan, mintaqaviy iqtisodiy integratsiya jarayonlarida ishtirok etuvchi davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy muammolarni hal etish imkoniyatini beradi.
Integratsion jarayonlar mamlakatlarning o‘zaro iqtisodiy birlashuvi va milliy davlatlar siyosiy shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
Jahon tajribasini o‘rganish shundan dalolat beradiki, integratsiya davlatlarning jahon xo‘jaligiga qo‘shilishini rag‘batlantirish uchun samarali, tub tashqi iqtisodiy siyosat ekanligini, barqaror iqtisodiy o‘sishni, kapital jamg‘arishni, iqtisodiyotda ilg‘or texnologik va tarkibiy siljishlar yuz berishini, ishlab chiqarish, investitsiyalarni boshqarish va ularning sifatining oshishini ta’minlashidan dalolat beradi.
Har bir mamlakatning rivojlanish darajasi olib borilayotgan strategiyaga va jahon xo‘jaligiga integratsiyalashuv darajasiga, ko‘lami va nufuziga bog‘liqdir. Shu nuqtayi nazardan ham, mintaqaviy iqtisodiy integratsiyaning milliy davlatlar iqtisodiy rivojidagi ahamiyati beqiyosdir. Mamlakatning integratsiya jarayonlariga imkon qadar tezroq kirishishi, davlat tomonidan xo‘jalik yurituvchi subektlar uchun yaratiladigan ma’lum iqtisodiy nafni ifodalashi tabiiydir.
Hozirgi kunda yer kurrasining turli mintaqalarida, turli ko‘rinishdagi integratsion uyushmalar faoliyat yuritib kelmoqda. Bu uyushmalarning eng asosiy maqsadlaridan biri, integratsiyaga a’zo davlatlar iqtisodiy rivojlanishini imkon qadar tezlashtirishdan iboratdir.
Mintaqaviy iqtisodiy integratsiyalar ayni davrda xo‘jalik hayotini xalqaro baynalminallashuvining oliy darajasidir. Integratsiya a’zolari bo‘lgan mamlakatlar o‘rtasida yanada chuqurroq xalqaro mehnat taqsimoti vujudga keladi. Mahsulotlar, xizmatlar, kapital, ishchi kuchlari bilan jadal almashinuv jarayonlari sodir bo‘ladi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling