1-Ma’ruza. Geosiyosat fanining ob’ekti, predmeti va vazifalari


Download 0.89 Mb.
bet39/47
Sana05.05.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1432736
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   47
Bog'liq
geosiyosat

Savollar va topshiriqlar
Integratsiya va globalizatsiya deganda nimani tushunasiz.
Jahon miqyosida integratsiya jarayonlarini rivojlanishiga qanday omillar kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda.
O‘zbekistonning jahon xo‘jalik tizimlariga integratsiyalashuviga ijobiy va salbiy ta’sir qiluvchi omillarni izohlang.
O‘zbekistonning xalqaro integratsion birlashmalardagi ishtirokini tushuntiring.


10-mavzu. MARKAZIY OSIYoDAGI GEOSIYoSIY JARAYoNLAR

Reja:
Hozirgi dunyoda Markaziy Osiyoning ahamiyati
Tashqi kuchlarning Markaziy Osiyodagi manfaatlari
XXI asrda Markaziy Osiyodagi yangi geosiyosiy jarayonlar
Tayanch so‘zlar: O‘zbekiston Respublikasi, geosiyosat, mintaqa, geosiyosiy vaziyat, geostrategiya, “Katta o‘yin”, pandemiya, “frontir”.
Markaziy Osiyo deyilganda hozirgi vaqtda, asosan, sobiq ittifoq tarkibiga kirgan beshta respublikalar- Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston tushuniladi. Vaholanki, bir qator xaqaro tashkilotlar, shu jumladan YuNESKO Markaziy Osiyo chegaralarini bundan kengroq oladilar. Bunda Markaziy Osiyoga mintaqasiga Mo‘g‘iliston, Xitoyning shimoli-g‘arbi (Shinjon, Tibet, Ichki Mongoliya, Sinxay), Rossiyani Osiyo qismi tayga zonasidan janubdagi xududlar, Afg‘oniston, Xindistonning shimoli-g‘arbiy qismi, Pokistonning shimoliy qismi, Eronning shimoliy qismi.
XX asr oxiri va XXI asr boshlarida Markaziy Osiyoning xalqaro hayotning mustaqil sub’ekti sifatida qayta tiklanishi, shubhasiz, olamshumul,o‘zida muhim jarayonlarni ham ifodaluvchi va aks ettiruvchi voqea bo‘ldi. Ushbu jarayon Yevrosiyodagi geosiyosiy vaziyatni tubdan o‘zgarishiga olib keldi. Markaziy Osiyoning jahon siyosati va iqtisodiyoti mustaqil sub’ekti sifatida tiklanishi, o‘z navbatida, dunyo miqyosida ro‘y berayotgan jarayonlarga kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omilga aylandi. Yuzlab yillar davomida unutilgan, e’tibordan chetda qolgan o‘lka bo‘lib kelgan Markaziy Osiyo jahon hamjiyati tomonidan qayta kashf etildi. Dunyo bu minataqaning xalqaro iqtisodiy, siyosiy munosabatlarga, sivilizatsiyalararo aloqalarga qo‘shilishiga katta umid bog‘ladi.


Markaziy Osiyo o‘zi qanday mintaqa, degan savol tevaragida bahs hanuzgacha davom etmoqda. Tadqiqotchilar orasida mintaqaning tuzilishi, chegaralari, jahon sivilizatsion xaritasidagi o‘rni yuzasidan yakdillik mavjud emas. Bu mintaqaning geosiyosiy ahamiyatiga yangidan nazar tashlashga urinish natijasidir. Bu yerda uchta asos qilib olinishi darkor bo‘lgan jihatni qayd etib o‘tish lozim. Birinchidan, Markaziy Osiyo XX asr oxirida qayta vujudga kelgan bo‘lsa-da, lekin u xalqlar hamjamiyatida o‘z o‘rnini birinchi marta izlayotgan butunlay yangi geosiyosiy tuzilma emas. Uning Yevrosiyodagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy-sivilizatsion ahamiyati, bu yerdagi asosiy mintaqalar bilan yaqin aloqalari chuqur ildizlarga ega bo‘lib, ularning zamirida strategik ahamiyatga molik ob’ektiv omillar yotadi. Markaziy Osiyoning hozirgi rivojlanish yo‘llarini tushunib yetish uchun uni tarixiy nuqtai nazardan tadqiq qilish juda muhimdir. Ikkinchidan, Markaziy Osiyoning geosiyosiy ahamiyati uning Yevrosiyodagi muhim davlatlar va mintaqalarga chegaradoshligi bilan belgilanadi degan fikr ancha keng tarqalgan. Lekin bu yondashuv hozirgi kun vaziyatiga to‘g‘ri kelmaydi. Bir qancha ijobiy omillarga va bu yerdan tarqalayotgan dunyo miqyosidagi xavflarga ko‘ra, mintaqa, shubhasiz, o‘ziga xos, mustaqil ahamiyatga molikdir.
Zamonaviy Markaziy Osiyo chegaralari har xil belgilanganligi va u har xil nomlar bilan atalganligiga qaramay, barcha tadqiqotchilar mintaqa jahon taraqqiyotida tarixan juda muhim rol o‘ynab kelganligini ta’kidlaydilar. Shuning uchun ham jahonning barcha asosiy dinlari yoki shu yerda vujudga kelgan, yoki qudratli rivoj topgan. XX asr oxiri va XXI asr boshlarida yuz bergan geosiyosiy o‘zgarishlar kuchlarning xalqaro balansida va sivilizatsiyalar o‘rtasidagi aloqalarda Markaziy Osiyo muhim rol o‘ynashini yana bir karra tasdiqladi. Mintaqada mutlaqo yangi geostrategik vaziyat yuzaga keldi. O‘tgan asr mezonlari, ta’riflari va siyosiy xaritalari bugungi Markaziy Osiyoni tushunish va uning muammolarini anglash uchun to‘g‘ri kelmay qoldi. Mintaqaga yangicha, yanada kengroq yondashuvsiz u duch kelgan jiddiy muammolarning to‘g‘ri yechimini topish mumkin emas. Mintaqani madaniy, etnolingvistik, geosiyosiy va geoiqtisodiy tendensiyalar, shuningdek xavfsizlik muammolari majmui nuqtai nazaridan anglash, muqarrar tarzda Markaziy Osiyo faqatgina sobiq SSSRning besh respublikasidan iborat emas, degan xulosaga olib keladi. Afg‘oniston hamda Xitoyning g‘arbiy hududlari ham uzviy ravishda mintaqaning tarkibiy qismlaridir.
Bugungi kunda mazkur mintaqani faqat geografiya, iqlim, umumiy tarixiy va sivilizatsion ildizlargina birlashtirmaydi. Mintaqa mamlakatlari qarshi turgan xavf-xatarlar va muammolar ham umumiydir. Ularning kelib chiqishi va xususiyati Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari aynan shu kompozitsiyada birga ish olib borishini va hamkorlikni institutsiyaviylashtirishni taqozo etadi. Bundan mintaqadagi bir davlatning chetda turishi ham barcha harakatlarni yo‘qqa chiqarishi mumkin. Xuddi shuningdek, ko‘rsatilgan yetti mamlakat yaqin, institutsiyaviylashtirilgan hamkorlik qilgan taqdirdagina mintaqaning strategik imtiyoz va afzalliklaridan to‘laqonli va keng qamrovli ravishda foydalanish uchun imkoniyat yaratishi mumkindir.
Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, Markaziy Osiyoning geosiyosiy ahamiyati mintaqaning o‘z salohiyati bilan emas, balki asosan boshqa, chindan ham muhim mintaqalarga yaqinligi bilan belgilanadi. O‘z-o‘zidan ravshanki, geografik joylashuv har qanday mamlakatning geostrategik salohiyati va ahamiyatini belgilovchi muhim omillardan biridir. Mavqei boshqa mamlakatlarga nisbatan joylashuviga bog‘liq bo‘lmagan birorta ham xaqiqatdan muhim mintaqa yoki davlat jahonda yo‘q. Lekin Markaziy Osiyoning butun strategik ahamiyatini faqat uning buyuk davlatlar yaqinida joylashganligiga bog‘lash ham to‘g‘ri emas. Zero, bugungi kunda Markaziy Osiyo o‘z holicha ham muhim ahamiyatga ega ekanligi namoyon bo‘lmoqda. Mintaqaning ahamiyati tobora ortib bormoqda va bir qancha omillar bilan tavsiflanmoqda. Aholi nufusining oshib borishi va boy energetik zaxiralarga ega bo‘lganligi mintaqaning ahmiyatini yanada oshirib yuboradi. Markaziy Osiyoning hozirgi dunyodagi ahamiyati mintaqaning imkoniyatlari va kreativ salohiyati bilangina belgilanmaydi. Markaziy Osiyo bu yerdan kelib chiqayotgan va tarqalayotgan xavf-xatar va tahdidlar tufayli ham jahon hamjamiyatining diqqat markazidadir. Markaziy Osiyoning hozirgi davrdagi geosiyosiy ahamiyatini belgilovchi, mintaqaning taraqqiyotiga g‘ov bo‘layotgan omillar, tahdidlarni ajratish muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirda Markaziy Osiyoda xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, aholining qashshoqlashuvi, xalqaro narkobiznes, ekologik muammolar va boshqalar hal qilinishi zarur bo‘lgan, jaxon xamjamiyat ko‘magi zarur masaalar hisoblanadi. Geosiyosiy vaziyatini o‘rganish, baholash va kelajakda o‘zgarishlarini bashorat qilish mintaqada barqarorlikni saqlashni ta’minlashda muhim axamiyatga egadir.


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling