1-Ma’ruza. Geosiyosat fanining ob’ekti, predmeti va vazifalari


XXI asrda Markaziy Osiyodagi yangi geosiyosiy jarayonlar


Download 0.89 Mb.
bet41/47
Sana05.05.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1432736
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   47
Bog'liq
geosiyosat

XXI asrda Markaziy Osiyodagi yangi geosiyosiy jarayonlar
Zamonaviy dunyo duch kelayotgan jadal global o‘zgarishlar nuqtai nazaridan qaraganda, Markaziy Osiyo hududi mintaqaviy rivojlanishning barcha jihatlariga — siyosat va iqtisodiyot, ekologiya va madaniy-gumanitar mezonlarga ta’sir ko‘rsatuvchi jiddiy geosiyosiy o‘zgarishlar davrini bosib o‘tayotganini kuzatish mumkin.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2019 yili Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvida qayd etganidek, “Ma’lumki, Markaziy Osiyo geostrategik joylashuviga ko‘ra, ming yillar davomida jahon miqyosidagi jarayonlar markazida bo‘lib kelgan. Bizning mintaqamiz doimo o‘zining boy madaniy-tarixiy merosi bilan Yevropa, Yaqin Sharq, Janubiy va Sharqiy Osiyoni bog‘laydigan noyob ko‘prik bo‘lib xizmat qilgan.
Ushbu qutlug‘ zaminda dunyo sivilizatsiyasi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk gumanist olimlar, mutafakkir va shoirlar yashab ijod qilgan. Bu yerda ulkan tabiiy zaxiralar, katta insoniy salohiyat mavjud”.
Xorijlik xalqaro ekspertlarning e’tiroficha, hozirgi paytda buning uchun zarur va qulay shart-sharoitlar yaratilgan. So‘nggi yillarda Markaziy Osiyoda olamshumul o‘zgarishlar amalga oshirildi va bularning barchasi siyosiy ishonchning mustahkamlanishi, yaqin qo‘shnichilik aloqalarining izchillik bilan rivojlanishi, ko‘p qirrali hamkorlik va strategik sheriklik timsolida o‘z ifodasini topmoqda. Avvalgi tarqoqlik o‘rnini endilikda mintaqa mamlakatlarining o‘zaro ahilligi, qalin do‘stona munosabatlari va yanada faol hamda manfaatli hamkorligi egallamoqda.
Ushbu ijobiy o‘zgarishlarning zamirida O‘zbekiston Prezidentining tashabbusi bilan boshlangan tashqi siyosatning “qayta yo‘lga qo‘yilishi” turibdi. Bu muhim jarayon avvalboshdanoq qo‘shni mamlakatlar bilan murakkab masalalar yechimini izlashga yo‘naltirildi. Bunday to‘g‘ri yondashuv mintaqaning yalpi siyosiy-iqtisodiy va madaniy-gumanitar manzarasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmay qolmadi. Ushbu siyosat asosini “Markaziy Osiyoni xavfsizlik, izchillik va barqaror rivojlanish mintaqasiga aylantirish ustuvorligi” tashkil etadi.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari maslahat uchrashuvini tashkil etish tashabbusining amalga oshirilishi mintaqamizning siyosiy hayotida muhim voqea bo‘ldi. 2019 yil 29 noyabrda Toshkentda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo sammiti ishtirokchilarining qo‘shma bayonotida ta’kidlanganidek, “Markaziy Osiyoda shakllangan mintaqaviy yaqinlashuv tendensiyasi — bu tarixan qaror topgan voqelikdir”.
Mintaqaviy hamkorlikka qo‘shimcha turtki berish maqsadida 2020 yilda O‘zbekiston Prezidenti tomonidan Toshkent shahrida Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro institutini tashkil qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Ushbu yangi ilmiy-tadqiqot institutining maqsadi mintaqa mamlakatlari o‘zaro hamkorligining siyosiy-huquqiy, savdo-iqtisodiy, gumanitar va boshqa jihatlarini tahlil etish, Markaziy Osiyoning tarixiy-madaniy merosini tadqiq qilish, milliy madaniy qadriyatlarni asrab-avaylash va mustahkamlash bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan iborat.
Hozirgi paytda mintaqamizda, koronavirus pandemiyasining oqibatlariga qaramay, hamkorlikning chuqurlashuvi bo‘yicha barqaror tendensiya kuzatilmoqda. E’tiborli jihati shundaki, Jahon banki mintaqada 2021 yilda 3,7 foiz, 2022 yilda 4,3 foizgacha iqtisodiy o‘sish bo‘lishini taxmin qilmoqda. 70 milliondan ko‘p aholiga ega Markaziy Osiyo keng ko‘lamli iqtisodiy, energetik, tranzit-transport, agrar, shuningdek, intellektual resurslarga boydir. “Boston Consulting Group” xalqaro konsalting kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, mintaqa iqtisodiyoti real sektorining investitsiyaviy salohiyati 40-70 milliard AQSh dollarini tashkil etadi.
Umuman, Markaziy Osiyoning to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha salohiyati 170 milliard AQSh dollariga teng. Dunyoda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmining global ko‘lamda kamayib borishi asnosida Markaziy Osiyo mo‘tadil o‘sish sur’atini namoyish etmoqda va xalqaro sarmoya uchun yangi “frontir”ga, ya’ni tarixiy ahamiyat kasb etadigan makonga aylanishi hech gap emas.
Ayni paytda dengizga olib chiqadigan yo‘li bo‘lmagan va eng yaqin bandargohlardan uch ming kilometr olisda joylashgan Markaziy Osiyo mamlakatlarining geosiyosiy barqarorligi va mo‘tadil iqtisodiy rivojlanishi ko‘p jihatdan yalpi maqsadlarga erishish va strategik vazifalarni hal qilish maqsadida yaqindan mintaqaviy hamkorlik qilishga bog‘liq.
Shunday qilib, Markaziy Osiyo mintaqalararo hamkorlik bosqichining tamomila yangi bosqichiga ko‘tarilish uchun siyosiy jihatdan har tomonlama muvofiqlashtirilgan xatti- harakatlarni amalga oshirishi juda ham muhim. Shu nuqtai nazardan, Janubiy Osiyo mintaqasi Markaziy Osiyo uchun tashqi iqtisodiy hamkorlikning o‘ta muhim strategik yo‘nalishini taqdim etadi.
2021 yil avgust-sentyabr oylarida AQSh qo‘shinlarining Afg‘onstondan olib chiqib ketilishi oqibatida Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun xavotirli keskin vaziyatlar vujudga kelmoqda. Dastlabki bosqichda Afg‘onistondan qo‘shni mamlakatlarga, shu jumladan Markaziy Osiyo respublikalari va shu jumladan O‘zbekistonga Afg‘oniston xarbiylari, ularning oilalari, AQSh va NATO bilan hamkorlik qilgan afg‘onliklar oilalari bilan chegaradan o‘tish hollari kuzatildi. O‘zbekiston ham bir necha yuz qochqinlarni qabul qilishga majbur bo‘ldi. Xarbiylar va ularning oilalarini AQSh xukumati olib chiqib ketdi, hozirda ham bir necha yuz qochqinlar chegara rayonlari, Termiz atrofida yashab turibdilar. Qochqinlar masalasi BMT va O‘zbekiston o‘rtasida hal qilinii kutilmoqda.
Afg‘onistonda amalga oshayotgan kuchli fuqaroviy inqiroz davrida O‘zbekiston xukumati afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatishga katta e’tibor berayapti va siyosiy vaziyatni yumshatish bo‘yicha sa’y-xarakatlar olib bormoqda. Jaxon xamjamiyati, BMT tomonidan Afg‘onistonga kelayotgan gumanitar yordam ham asosan O‘zbekiton orqali yetkazilishi ta’minlanayapti.
Afg‘onistonda geosiyosiy vaziyat barqarorlashuvi Markaziy Osiyo uchun g‘oyatda muhim hisoblanadi. Chunki Afg‘oniston narkotik moddalarni eng yirik eksporteriga aylangan, mamlakat xududida qurolli guruhlar, shu jumladan, terroristik Islom davlatining qurolli guruhlari Markaziy Osiy respublikaari, shu jumladan O‘zbekiston uchun ham jiddiy tahdid hisoblanadi. Hozirgacha Afg‘onstondagi toliblar xukumati jaxon xamjamiyatini tan olmayapti, mamlakatning valyuta zaxirasi muzlatib qo‘yilgan. Afg‘onistonda mamlakatdagi barcha asosiy millat va elatlarning manfaatlarini xisobga olib ish qiladigan inklyuziv xukumatni shakllantirish amalga oshmaganligi natjasida inqiroz tobora chuqurlashmoqda, aholiga ochlik xavfi real voqelikka aylanmoqda.
Toliblar jaxon xamjamiyati talablariga amal qilib ish yuritsalar, geosiyosiy vaziyat yumshab, xalqaro aloqalar to‘laqonli tiklanadigan bo‘lsa Markaziy Osiyo davlatlari Afg‘onistonistonning rivojlanishiga katta hissa qo‘shishi shubxasizdir.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling