1-Ma’ruza. Geosiyosat fanining ob’ekti, predmeti va vazifalari


Download 0.89 Mb.
bet24/47
Sana05.05.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1432736
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   47
Bog'liq
geosiyosat

G‘arbiy Yevropa. G‘arbiy Yevropa mintaqasi o‘z ichiga – Avstriya, Belgiya, Germaniya, Lixtenshteyn, Lyuksemburg, Monako, Niderlandiya, Fransiya, Shveysariya kabi davlatlarni qamrab olgani xolda, jahonninng iqtisodiy jihatdan eng taraqqiy qilgan mintaqalaridan biridir.
Ushbu mintaqa davlatlari Yevropa qit’asining g‘arbiy qismida joylashgan bo‘lib, o‘zining siyosiy va iqtisodiy geografik o‘rnining qulayligi hamda iqtisodiy salohiyatining yuksakligi bilan alohida ajralib turadi. Binobarin, ko‘pchilik mintaqa davlatlari bevosita Atlantika okeaniga tutash, va shu bilan birga sharqiy Yevropa va janubiy Yevropa orqali Osiyo va shimoliy Afrikaga yaqin masofada bog‘lana oladi. Shuningdek, bu yerda jahonning katta “ettilik” davlatlaridan Germaniya va Fransiyaning joylashganligi ham mintaqaga katta iqtisodiy va siyosiy salohiyat bahsh etgan.
Davlat tuzumiga ko‘ra mintaqa davlatlarining 5 tasi (Belgiya, Lixtenshteyn, Lyuksemburg, Monako, Niderlandiya) monarxiya boshqaruviga ega.
Hududining kattaligi bilan mintaqada Fransiya (547,0 ming km.kv.) yetakchilik qiladi. Shuningdek, bu borada nisbatan Germaniya (357,0 ming km.kv.) ham ajralib turadi, demografik salohiyatiga ko‘ra ham ayni shu davlatlar mintaqaning yetakchi davlatlari hisoblanadi (mos ravishda 64,8 mln. kishi va 83,1 mln. kishi – 2019 y.).
Mintaqaning Belgiya, Germaniya, Lyuksemburg, Niderlandiya va Fransiya kabi davlatlari Shimoliy Atlantika shartnoma tashkiloti (NATO) a’zosi hisoblanadi.


Sharqiy Yevropa
Mazkur mintaqa Yevropaning sharqiy qismida joylashgan sobiq sotsialistik respublikalar (Bolgariya, Vengriya, Polsha, Ruminiya, Slovakiya, Chexiya) hamda sobiq SSSRning Rossiya, Belorussiya, Moldaviya, Ukraina respublikalarini o‘z ichiga olgan 10 ta davlatdan iborat. Ta’kidlash joizki, ularning barchasi respublika boshqaruv shakliga ega.
Sharqiy Yevropa mintaqasi davlatlari dunyo siyosiy xaritasida alohida o‘rinni egallaydi. Ularning ko‘pchiligi bevosita dengiz chegarasiga ega. Ular orasida Bolgariya, Vengriya, Polsha, Ruminiya, Slovakiya, Chexiya davlatlari NATO a’zosi hisoblanadi.
Mintaqada hudud salohiyatiga ko‘ra Rossiya Federatsiyasi (17,0 mln. km. kv.) yaqqol yetakchi, shuningdek, Ukraina (603,7 ming km.kv.) davlati ham bu borada sezilarli salohiyatga ega.
Sharqiy Yevropaning jami aholisi soni 292 mln. kishidan (2019 y.) iborat. Shundan Rossiyaga 146,7 mln. kishi to‘g‘ri keladi. Undan keyingi o‘rinlarni Ukraina (42,0 mln. kishi) va Polsha Respublikasi (38,4 mln. kishi, 2015y.) egallaydi. Qolgan ko‘pchilik davlatlarning demografik salohiyati 10 mln. kishidan kam.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling