1-Ma’ruza. Geosiyosat fanining ob’ekti, predmeti va vazifalari


Download 0.89 Mb.
bet25/47
Sana05.05.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1432736
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   47
Bog'liq
geosiyosat

Janubiy Yevropa mintaqasi, asosan Yevropaning janubida, O‘rta yer dengizi atrofida joylashgan davlatlardan tashkil topgan. Ularga quyidagi davlatlar mansubdir: Albaniya, Andorra, Bosniya va Gersegovina, Gresiya, Ispaniya, Italiya, Makedoniya, Malta, Portugaliya, San-Marino, Serbiya, Sloveniya, Xorvatiya Chernogoriya, Kosova.
Janubiy Yevropa hududida joylashgan Italiya “katta yettilik” davlatlaridan biri xisoblanadi. Shuningdek, bu yerda Shimoliy Atlantika shartnoma tashkiloti (NATO) a’zolari bo‘lgan – Albaniya, Gresiya, Ispaniya, Italiya, Portugaliya, Sloveniya va Xorvatiya davlatlari joylashgan. Kipr hamda Malta Respublikalari esa Britaniya Hamdo‘stligi a’zosidir.
Dunyo siyosiy xaritasida janubiy Yevropa mintaqasi o‘ziga xos o‘rin tutadi. Mintaqa davlatlarining aksariyati Atlantika okeaniga, O‘rta yer dengiziga bevosita chiqa oladi. Shuning bilan birga, ushbu mintaqaning O‘rta yer dengizi orqali shimoliy Afrikaga qo‘shni ekanligi tarixan uning iqtisodiy va siyosiy hayotida o‘ziga xos ahamiyat kasb etgan.
Janubiy Yevropaning umumiy maydoni 1,3 mln km. kv. ni tashkil qiladi. Aholisi 153 mln. kishiga (2019 y.) teng. Ushbu mintaqada hududining xajmiga ko‘ra Ispaniya (504,7 ming km. kv.) yetakchi, shuningdek Italiya (301,2 ming km.kv.) ham alohida o‘rin tutadi.
Demografik salohiyatiga ko‘ra Italiya (60,3 mln.kishi, 2019 y.) guruxda yaqqol yetakchilik qiladi. Shuningdek, Gresiyada – 10,7 mln. kishi, Portugaliyada – 10,3 mln. kishi, Serbiyada – 6,9 mln. kishi istiqomat qiladi. Qolgan ko‘pchilik davlatlarning aholisi soni 5 mln. kishidan kam. Aytish joizki, Janubi Yevropada Andorra, San-Marino, Malta kabi mitti davlatlar ham joylashgan.

Avstraliya va Okeaniyaning siyosiy xaritasi
Dunyo siyosiy xaritasida Tinch okeanining markaziy va janubiy g‘arbiy qismida joylashgan Avstraliya Ittifoqi, Yangi Zellandiya hamda ko‘p sonli yirik va mayda orollar va ularda joylashgan davlatlar yig‘indisidan iborat bo‘lgan hamda o‘xshash tarixiy rivojlanishga ega yaxlit geografik makon – bu, Avstraliya va Okeaniyadir.
Mazkur mintaqaning siyosiy-geografik tuzilmasi o‘z ichiga quyidagi 17 ta davlatlarni qamrab oladi: Avstraliya Ittifoqi, Vanuatu, Guam, G‘arbiy Samoa, Kiribati, Marshall orollari, Mikroneziya, Nauru, Yangi Zelandiya, Yangi Kaledoniya, Palau, Papua-Yangi Gvineya, Polineziya, Solomon orollari, Tonga Qirolligi, Tuvalu, Fidji.
Mintaqa davlatlarining davlat tuzumi turlicha. Jumladan, Avstraliya Ittifoqi – bu, Britaniya Hamdo‘stligi tarkibiga kiruvchi hamda Buyuk Britaniya tomonidan boshqariladigan federal davlatdir. Huddi shunday maqom Yangi Zellandiyaga ham xosdir. Shuningdek, Papua-Yangi Gvineya, Nauru, Solomon orollari, Kiribati, Tuvalu, G‘arbiy Samoa, Vanuatu, Fidji, Tonga Qirolligi ham Britaniya Hamdo‘stligi tarkibiga kiruvchi davlatlar hisoblanadi. Bular orasida Papua-Yangi Gvineya, Solomon orollari va Tuvalu davlatlarida Buyuk Britaniya qirolichasi rasman davlat boshlig‘i sanaladi.
Mintaqa davlatlaridan Kiribati, Vanuatu, Fidji, Marshal orollari, Mikroneziya, Nauru, Palau kabilar respublika tipidagi davlatlardir.
Mintaqaning umumiy maydoni 8,5 mln. kv.km. ga teng, aholisi - 42 mln. kishi (2019 y.).
Mazkur mintaqa davlatlari o‘zining hududi, tabiiy sharoiti va resurslari, aholisi soni, siyosiy tuzumi va iqtisodiy rivojlanishi darajasiga ko‘ra turli-tumanligi bilan alohida ajralib turadi.
Mintaqada hududining kattaligi, demografik salohiyati, iqtisodiy rivojlanish darajasining yuqorligi bilan Avstraliya Ittifoqi hamda Yangi Zelandiya alohida o‘rinni egallaydi. Ularning har ikkisi Britaniya Hamdo‘stligi a’zosi hisoblanadi. Ularning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, ko‘chirilgan kapitalizm davlatlari ekanligidir.
Avstraliya Ittifoqi va Yangi Zelandiya uzoq vaqt Buyuk Britaniyaning mustamlakasi bo‘lib keldi. 1931 yildan boshlab ularning har ikkisi to‘liq mustaqillikni qo‘lga kiritdi.
Okeaniya o‘z ichiga 10 mingga yaqin orollarni qamrab olgan yer yuzidagi eng katta orollar yig‘indisidan tashkil topgan. Umumiy maydoni 1 mln. kv.km.dan ko‘proq.

5-jadval


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling