1-Мавзу: Etnomadaniyat fanining predmeti, maqsad va vazifalari


Abdal — Samarqand viloyati Kattaqo’rg’on tumanidagi qishloq nomi. Abdal — o’zbeklar tarkibiga kirgan etnik guruh. Adas


Download 0.74 Mb.
bet39/58
Sana10.03.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1257548
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   58
Bog'liq
15. Etnik va ijtimoiy xotira.Toponimika - etnos ongning tarkibiy qismi.

Abdal — Samarqand viloyati Kattaqo’rg’on tumanidagi qishloq nomi. Abdal — o’zbeklar tarkibiga kirgan etnik guruh.
Adas — Samarqand viloyati Urgut tumanidagi qishloq. Kenagas urug’ining bir qismi andas, yana bir qismi kalpis deyilgan. Andas bora-bora adas bo’lib ketgan bo’lsa kerak.
Achamayli — Samarqand viloyati Bulung’ur, Urgut tumanlaridagb qishloqlar nomi. Ba’zan Ochamayli, Achamoyli shakllarida talaffuz qilinadi. Qo’ng’irot qabilasining vaxtamg’ali qismi, kenagas, yuz do’rman, nayman, qurama, marqa qabilalarining bir urug’i achamayli deb atalgan. Achamayli boshqa «j» lovchi turkiy shevalarda, jumladan, qoraqalpoq tilida, ashamayli shaklida uchraydi. YOsh bolalar minishi uchun ho’kiz yoki qo’tosga uriladigan egar achamay deyilgan. Achamayli (ochamayli) «egarli», «tamg’asi egar shaklidagi urug’» demakdir. etnograf N. A. Aristovning fikricha, achamayli etnonimi ach degan qadimgi qabila nomi bilan aloqador bo’lsa kerak.
Ayuchi — Samarqand viloyati Poyariq tumanidagi qishloq nomi. Dashti qipchoq urug’laridan biri parchalanib o’zbek va qirg’izlarning tarkibiga kirgan. Zarafshon qipchoqlarning bir urug’i ayuvchi (ayuchi) deb atalgan. Shundan qishloq nomi olingan, hozir ham shu nom bilan ataladi.
Badal — Samarqand viloyati Samarqand tumanida joylashgan qishloq. Badal «chakalakzor», «butazor» degan so’z. Laqay qabilasining kichik bir tarmog’i ham badal deb atalgan. Qishloq hozir ham shu nom bilan ataladi.
Barlos — Samarqand viloyat Bulung’ur, Ishtixon tumanlaridagi qishloqlar nomi, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida ham barlos qishlog’i bor. Barlos O’rta Osiyoda qadimdan yashab kelgan va o’zbeklarning tarkibiga kirgan qabila. Hozirgi vaqtda barloslarning avlodlari Ozbekistonning Chiroqchi, Koson, Shahrisabz, Boysun, Denov, Sariosiyo, Forish, Jizzah Zomin, Marhamat, Xo’jaobod, Ishtixon, Navoiy, Nurota, Urgut, G’allaorol tumanlarida istiqomat qiladilar. «Badoi al-lug’at» asarida barlos so’zi «mard, botir, qo’mondon» deb izohlangan.
Batal — Samarqand viloyati Pastdarg’om tumanidagi qishloq. Zarafshon vodiysidagi qoraqipchoqlarning kichikrok urug’i batal deb atalgan Qishloq shu nomdan kelib chiqqan.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling