1-Мавзу: Etnomadaniyat fanining predmeti, maqsad va vazifalari


Download 0.74 Mb.
bet42/58
Sana10.03.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1257548
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   58
Bog'liq
15. Etnik va ijtimoiy xotira.Toponimika - etnos ongning tarkibiy qismi.

So’g’d, So’g’diyona — Zarafshon va Qashqadaryo vohalarini o’z ichiga olgan tarixiy o’lka. Dastlab eron shahanshohi Doriyning mixxatida (miloddan oldingi VI asr) tilga olingan.
Arab geograflari asarlarida, shu jumladan, Istaxriy asarining AGK, 1, 286, 288, 289, 295 va boshqa betlarida hamda O. I. Smirnova va nemis sharqiyshunosi I. Markvartlarning yozishicha, «so’g’d» so’zi umumeron tillariga xos «sux» so’zidan olingan bo’lib, «yaltiramoq», «yonmoq», «nur sochmoq» degan ma’noni bildiradi. «Giyos al-lug’at» va boshqa qadimiy lug’atlarda suv to’planib qoladigan pasttekislik «so’g’d» deyiladi. Sharqiyshunos V. L. Vyatkin keltirgan ma’lumotlarga qaraganda mahalliy xalq sug’oriladigan, unumdor pastlik yerlarni «sug’ud» deb atagan. Tarixchi olima O. I. Smirnova «Katalog monet s gorodisha Pendjikent» degan asarida sug’ud so’zi tojikcha «so’g’ud», ya’ni «sersuv obod joy» ma’nosini bildiradi, deydi.
Po’latchi — Samarqand viloyati Kattaqo’rg’on tumanidagi qishloq nomi. Po’latchi degan urug’ bo’lgan, qishloq o’sha nomdan kelib chiqqan.
Sanguzar — Samarqand viloyati Nurota tumanida joylashgan qishloq «Toshloq kechik» ma’nosidagi Sangguzar yoki «toshloq ma’nosidagi Sangzor (qishloq) bo’lsa kerak.
Sanjarfag’on — Urta asrlarda Samarqand yaqinida qurilgan qishloq. O. I. Smirnovning fikriga qaraganda, bu nom ikki qismdan iborat: sangarama — «monastir’» va fag’an «ibodatxona» (O. I. Smirnova, «Mesta domusul’manskix kultov», 94-bet).
Saronan — Samarqand viloyati Narpay tumanidagi qishloq nomi. Tojikcha sarona jon boshidan olinadigan soliq. Saronon (saronagan) soliqlar, saron so’zining «harbiylar», «sarkardalar» degan ma’nosi ham bor. Qishloq hozir ham shu nom bilan ataladi.
Sebiston — Samarqand viloyati Xatirchi tumanidagi qishloq nomi. Tojikcha seb — olma, Sebiston — olmazor. Toshkent shahrida Sebzor toponimi ham bor.
Sinchi — Samarqand viloyati Pastdarg’om tumanidagi qishloq nomi. Otni yaxshi biladigan kishi sinchi deb atalgan. Hozir ham shu nom saqlangan.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling