1-Мавзу: Etnomadaniyat fanining predmeti, maqsad va vazifalari


Download 0.74 Mb.
bet43/58
Sana10.03.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1257548
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   58
Bog'liq
15. Etnik va ijtimoiy xotira.Toponimika - etnos ongning tarkibiy qismi.

Suluvqo’rg’on — Samarqand viloyati Narpay tumanidagi qishloq. «Suluv» so’zi toponimlar tarkibida ko’proq uchraydi. Masalan, Jizzax viloyati Zomin tumanida Suluvjo’na degan joy bor (jo’na — uzunasiga cho’zilgan tepalik), chiroyli tepalik degan ma’noni anglatadi. Qadimgi chiroyli qilib qurilgan qo’rg’onni suluvqo’rg’on deb atashgan. Shu qishloq o’rnida VI asrda qurilgan qo’rg’on qoldiqlari topilgan.
Nog’oraxona — Samarqand viloyati Narpay tumanidagi qishloq. Saroylarda musiqa asboblari (nog’ora, karnay, surnay) saqlanadigan va shu asboblarning ijrochilariga mo’ljallangan maxsus joy nog’oraxona (nakkoraxona) deyilgan. Saxnaga o’xshagan bir tomoni ochiq xonada maqomlar, har xil kuylar ijro etilgan. Qishloqdan nog’orachilar ko’p chiqqanligidan qishloq shu nomni olgan bo’lishi mumkin.
Ovxona — Samarqand viloyat Pastdarg’om tumanidagi qishloq nomi. «Ov» qilinadigan joy yoki «suv ombori» (obxona) ma’nosida bo’lsa kerak. Obxona — ovxona bo’lib buzilib ketgan bo’lishi mumkin. Aslida suv ombori ma’nosi haqiqatga yaqin.
Orlot Samarqand viloyat Ishtixon, Nurota tumanlaridagi qishloqlar nomi. Orlot — Chingizxon o’z o’g’li Chig’atoyga taqdim yetgan to’rtta Mo’g’ul qabilasidan biridir. Bu qabila hozirgi Afg’onistonning shimoliy qismiga o’rnashib qolgan. Movarounnahrda orlotlar kam bo’lsa ham nufuzli qabilalardan hisoblangan, deb ta’kidlaydi o’zining «Ocherklari»da B. X. Karmisheva. Orlot qabilasi 92 bovli o’zbek «qavmlari» qatorida ko’plab tarixiy manbalarda tilga olingan. Qabila pilot, olot shakllarda ham talaffuz qilingan. Buxoro viloyati Qorako’l tumanidagi Olot qishlog’i ham o’sha etnonimdan olingan.
Oytamg’ali — Samarqand viloyati Narpay tumanidagi qishloq. Oqdaryo, Payariq tumanlarida, Jizzax viloyatining Forish tumanida Oytamg’ali, do’rmon, qipchoq, kurma, qo’ng’irot kabi o’zbek qabilalari tarkibiga kirgan urug’lar bor. Ulug’ tamg’asi yangi oy (taqa) shaklida bo’lgan uchun Oytamg’ali deb atalgan. Qishloq ham shu nom bilan atalgan.
Oqqo’yli — Samarqand viloyati Pastdarg’om tumanidagi qishloq nomi. Oqqo’yli — urug’ nomi. Qoraqo’yli nomlar ham mavjud.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling