1-Мавзу: Etnomadaniyat fanining predmeti, maqsad va vazifalari


Download 0.74 Mb.
bet44/58
Sana10.03.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1257548
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   58
Bog'liq
15. Etnik va ijtimoiy xotira.Toponimika - etnos ongning tarkibiy qismi.

Og’aliq — Samarqand viloyati Samarqand tumanidagi qishloq va tog’ nomlari. To’g’risi, Ohaklik bo’lgan. Chunki, bu tog’dan XIV — XV asrlarda Samarqandda jome’ masjidi qurish uchun ohaktosh qazib olingan. Shu bilan birga og’alik degan ijtimoiy atama bo’lgan. Farg’ona vodiysida esa og’alik degan urug’ (etnonim) qayd qilingan.
Mavlush — Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi qishloq nomi. Qo’ng’irot qabilasining bir urug’i mavlish deb atalgan (I. Magidovich). Qishloq nomi mana shu so’zdan kelib chiqqan.
Mojor — Samarqand viloyati Narpay va Paxtachi tumanlaridagi qishloqlarning nomlari mojor (mojar) — o’zbek xalqi tarkibiga kirgan qabilalardan biri. Ular XIX asr boshlarida Samarqand atrofida tog’ yonbag’irlarida, Narpay arig’i bo’ylarida, Shahrisabz vohasida yashaganlar. Ba’zi bir olimlar mojorlar Vengriyaning asosiy aholisi mad’yarlar bilan qon-qarindosh deb hisoblaydilar.
Minglar — Samarqand viloyati Ishtixon tumanidagi Kattaming, Kattaqo’rg’on tumanidagi Mingqishloq, Sirdaryo viloyati G’allaorol tumanidagi ming urug’i yashaydigan qishloq nomlari. Ming (mingli) o’zbek xalq tarkibiga kirgan yirik qabilalardan biridir. 1917 yilgacha minglarning ko’pchilik qismi Farg’ona vodiysi hamda Buxoro vohasida, tarqoq holda Surxondaryo viloyati Boysun, SHerobod tumanlarida, Xorazmda va Tojikistonning Xisor tumanida yashagan. Minglarni ba’zan tumon yoki tumonming deb ham ataganlar.
Misr — Samarqand viloyati Narpay tumanidagi qishloq nomi. Amir Temur Samarqand atrofida bir necha shaharlar qurib, ularni chet mamlakatlarning bosh shaharlari nomi bilan Bag’dod, Dimishq (Damashq), Misr (Qohira), SHeroz va Sultoniya deb atagan.
Kamongaron — Samarqand viloyati Urgut tumanidag’i qishloq nomi. «Kamon ustalari» demakdir. Ohangaron — «temirchilar», «So’zangaron» — «nina ustalari» ana shu turdagi toponimlardir. (3. Dusimov kamongaron toponimlarni kom (katta ariq) — ango (angiz) so’zlaridan va-on affiksidan iborat deb izohlaydi).
Kasovli — Samarqand viloyati Ishtixon tumanidagi qishloq nomi. Qo’ng’irot qabilasining bir shoxobchasi kesavli deb atalgan (tamg’asy kosov shaklida bo’lgan), qishloq nomi shu so’zdan olingan.
Kovon — Samarqand viloyati Pastdarg’om tumanidagi qishloq nomi. etimologiyasi noma’lum. Zarafshon vodiysida yashaydigan qoraqipchoqlarning bir urug’i kovon deb atalgan.
Koreys — Samarqand viloyati Kattaqo’rg’on tumanidagi qishloq. Koreys qishloq Poyariq tumanida ham bor. O’zbekistonga koreyslar 1920 yildan ko’chib kela boshlagan. Ular yashagan joylarni koreys qishlog’i deb ataganlar.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling