1-mavzu. Materiyada moddalarni mavjudligi va ularni xarakatlarinishi. (2 soat) Reja


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/12
Sana18.06.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1567184
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Маруза -1.

2. Nomolekulyar tuzilishdagi moddalarga asosan qattiq moddalar kiradi, ular 
kristall tuzilishga ega. Ularning kristall tugunlarida molekula emas, balki atom 
yoki boshqa zarra turadi. 
Gazsimon holatdan tashqari, qattiq holatdagi kristall tugunlarida molekula 
tutuvchi moddalar ham molekular tuzilishdagi moddalar hisoblanadi (muz, «quruq 
muz» CO
2
, yod, naftalin). Tugunlardagi molekulalar atomlar yoki ionlarga 
qaraganda kuchsiz bog„langan bo„lib, bu ularning uchuvchanligi va uncha yuqori 
bo„lmagan suyuqlanish haroratiga ega ekanligini izohlaydi. 
Kristall tugunlarida atomlar joylashsa, ular yuqori suyuqlanish harorati va 
yuqori qattiqlikka ega bo„ladi (olmos). 
Kristall tugunlarida ionlar joylashsa, ular yuqori suyuqlanish haroratiga ega 
bo„ladi, uchuvchan bo„lmaydi (osh tuzi). 
Kristall tugunlarida metall atomlari yoki ularning musbat ionlari joylashsa, 
ularning orasida erkin elektronlar bo„ladi. Metallarning yaltiroqligi, plastikligi
elektr tokini, issiqlikni o„tkazishi shunga bog„liqdir. 
Nomolekulyar tuzilishga ega bo‟lgan moddalarning atomlari orasidagi 
ta‟sirlashuv kuchi katta bo‟ladi. Shu sababdan ular qiyin suyuqlanadi va qaynaydi. 
Ulaning panjara tugunlarida atomlar joylashgan bo‟ladi. Masalan: barcha metallar, 
tuzlar, oksidlar, olmos, kremniy va uning birikmalari kiradi. 
MODDALAR VA ULARNING XOSSALARI. 
Jismlarning tarkibiy qismi moddalardan tashkil topgan. Tabiatda juda ko„plab 
moddalar uchraydi va ularning mavjudligi insonga bog„liq emas. Biz havodagi 
suvni ko„rmaymiz, u daryo, dengiz va okeanlarda katta miqdorda mavjuddir. Biz 
kislorodni ko„rmaymiz va u haqida o„ylaymaymiz, lekin u havo tarkibida mavjud, 
biz kislorodni nafas bilan olamiz. Shuning uchun moddalar jismga bog„liq 
bo„lmagan ravishda mavjud deb aytish mumkin. 
Modda xossalari. Bizga shakar, bor, tuz, oltingugurt, suv, spirt, sulfat kislotasi 
berilgan bo„lsin. Shakar, tuz, bor, oltingugurt - qattiq moddalar bo„lsa, suv, spirt, 
sulfat kislotasi - suyuq moddalardir. 
Yuqorida sanab o„tilgan qattiq moddalarni qanday farqlash mumkin? Shakar, 
tuz, bor - oq rangli, oltingugurt - sariq rangli, demak, bu moddalar turli rangga 
ega. Bir xil rangli shakar, tuz, bor suvga solinsa, bor erimasdan qoladi, shakar va 
tuz erib ketadi. Shakar va tuz bir-biridan ta‟mi bilan farq qilanadi. 
Suyuq moddalarni olsak, ular rangga ega emas. Ularni qanday farqlash 
mumkin? Spirt - o„tkir hidga ega, suv va sulfat kislotasi hidga ega emas. Suv va 
sulfat kislotasi turli zichlikka ega: ρ
suv
=
1000 kg/m
3
va ρ
suifat kisiota
= 1840 kg/m
3

Suv, spirt va sulfat kislotasi turlicha qaynash haroratiga ega. 
Moddalar va ularning xossalari insonga bog„liq emas, ular bizning sezgi 
organlarimizga ta‟sir qiladi va biz ularning rangini ko„ramiz, ta‟m va hidini 
sezamiz. Shularga qarab, ularni farqlay olamiz. 


Rang, hid, zichlik, ta‟m, qattiq, suyuq, gaz holati − moddalarning xossalaridir. 
Moddalarning bir-biriga o‟xshash va bir-biridan farq qiladigan tomonlari 
moddalarning xossalari hisoblanadi.
Tabiatdagi barcha moddalar ikki xil: kimyoviy va fizikaviy xossalarga ega 
bo‟ladilar. 

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling