1-Маvzu: O‘sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari, organizm va muhit. Reja


Download 404.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana07.11.2021
Hajmi404.28 Kb.
#171484
  1   2   3
Bog'liq
1-Маvzu.(osish va rivojlanish)



1-Маvzu: 

O‘sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari, organizm va muhit. 

Reja: 

1.  O`sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari.  

2.  Ta’lim  jarayonida  ratsional  usullarni  qo`llashda,  har  bir  o`quvchiga  individual 

yondoshishda,  pedagoglarning  bola  organizmining  o`ziga  xos  o`sish  va  rivojlanish 

qonuniyatlari haqidagi bilimga ega bo`lishlari.  

3.  Yoshlik davrlari va yoshga oid o`zgarishlari haqida tushuncha.  

4. 

Hujayraning umumiy tuzilishi. Irsiy kasalliklarva ularning turlari.



 

Tayanch  so`z  va  iboralar:  Jinsiy  hujayralar,  urug‘lanish,  o‘sish,  rivojlanish, 

geteroxroniya,  akseleratsiya,

irsiyat,  muhit,  genetika  fani,  Mendel  qonuni,  dominanta,  retsessivlik, 

DNK va RNK, irsiy kasalliklar, biologik jarayonlar, mutatsiya



 

 

Bolaning  o‘sish  va  rivojlanish  qonuniyatlari.  O‘sish  va  rivojlanish  barcha  organizmlar, 



jumladan,  odam  organizmi  uchun  ham  xos  xususiyatdir.  I.  M.  Sechenov  «Organizm 

tushunchasiga tashqi muhit tushunchasi ham kiradi» degan edi. Chunki organizm tashqi muhitsiz 

yashay olmaydi. 

O‘sish  deganda,  tana  hujayralarining  ko‘payishi  natijasida  tirik  organizm  hajmining, 

moddalar  massasining  ortishi  tushuniladi.  Umumiy  usish  tana  skeletining  o‘sishi  va 

rivojlanishiga bog‘liq. 

Organizm  bir-biriga  bog‘liq  bo‘lgan  qonuniyat  asosi-da  o‘sadi  va  rivojlanadi.  Shunga 

qaramasdan, bola ba’zan tez o‘sishi yoki rivojlanishdan orqada qolishi mumkin. Tuxum hujayra 

urug‘langandan  boshlab  odam  rivojlana  boshlaydi,  bu  jarayon  to  umrining  oxirigacha  davom 

etadi. 


Embrionning  rivojlanishini  embriologiya,  turli  yosh  davrlarini  esa  gerantologiya  fani 

o‘rganadi. Bolaning rivojlanishi deganda, embrionning yetuk organizmga aylanishi tushuniladi. 

O‘sib  kelayotgan  organizmni  to‘g‘ri  tarbiyalash  uchun  bola  organizmini  o‘sish  va 

rivojlanish kabi asosiy hususiyatlarini bilish zarur. O‘sish va rivojlanish barcha tirik organizmlar 

kabi,  odam  organizmiga  xos  hususiyatdir.  Organizmning  har  tomonlama  o‘sish  va  rivojlanishi 

uning  paydo  bo‘lgan  vaqtidan  boshlanadi.  Bu  ikki  protsess  murakkab  jarayon  hisoblanib,  bir 

butun va bir-biriga bog‘langandir. 

Bolalar  qanchalik  erta  salomatligi  haqida  tushunchaga  ega  bo’lsalar  ular  shunchalik 

o’chmas  iz  qoldiradi.  Yosh  bolalarga  ijobiy  ta’sir  ko’rsatish  ularning  salomatligiga  ham  ta’sir 

ko’rsatishdir.  Ularga  zaxira  ma’lumotlarini  to’plashlariga  yordam  berish  ularning  butun 

umrlarida  foyda  berishi  mumkin,  shu  bilan  birga  zarar  ham  keltirishi  mumkin.  Agar  Anna  va 

Damiana  iqtisodiy  qiyinchlikda,  ota-onalari  bilan  munosabatdagi  kuchsizlik  ya’ni  kam 

munosabat qilish ularning  hayoti, ruhiy va aqliy rivojlanishiga putur yetkazadi. Bu o’z navbatida 

ularning jismoniy taraqqiyotiga ham ta’sir qilib butun hayotida saqlanib qoladi1 

O‘sish  deganda  o‘z  tuzilishini  saqlagan  holda  miqdor  jihatdan  ko‘payishdir.  Unda  tana 

vazni,  undagi  hujayra  va  to‘qimalarning  ko‘payishi  hisobiga  o‘lchamining  kattalashuvi 

tushiniladi.  Hujayralarining  ko‘payishi  natijasida  tirik    organizm  o‘lchamlarining  ortishi,  ya'ni 

bo‘yning  chizilishi, og‘irlikning ortishi  tushuniladi.  Bola ma'lum  yoshgacha to‘xtovsiz, ammo 

o‘sish davrida ayrim tana qismlarining nomunosib o‘sishi (bosh, oyoq, va qo‘l suyaklari, ko‘krak 

qafasi va qorin bo‘shlig‘i va ichki organlari) va turli yoshda har xil jadallikda bo‘lib bunda o‘sish 

prosesi  barcha  organizmlarda  bir  xil  kechmaydi,  uning  yoshga  oid  chegaralari  mavjud  bo‘lib, 

qizlar  18  yoshda  o‘g‘il  bolalar  esa  20  yoshga  kelib  o‘sishdan  to‘xtaydi.  Ba'zi  hollarda  xotin-

qizlar 21-22 yoshgacha, erkaklar esa 24-25 yoshga davr o‘sish mumkin. 

                        

 

 

 



                                                           

1

The Right Start to a Healthy Life, Edited by Ingrid Stegeman and Caroline, Costongs  



EuroHealthNet, Rue de la Loi 67, 1040 Brussels, Belgium,  2012. 32 бет

 




Download 404.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling