1-mavzu: O’zbekiston yagona vatan


'ZBEKISTONNING NABOTOT DUNYOSI


Download 0.61 Mb.
bet39/90
Sana21.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1368343
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   90
Bog'liq
Узбек тили

0'ZBEKISTONNING NABOTOT DUNYOSI
Mamlakatimiz hududida to’rt mingdan ortiq o’simlik turi mavjud Ulaming ko’pchiligi yowoyi, ayrimlari madaniy holda va ba'zilari madaniy o’simliklar orasida begona o’t sifatida o’sadi.
O’zbekiston tabiati nihoyatda xilma-xil va go’zaldir. Baland tog’lar, labnikor qir-adirlar. qumloq cho’llar, suv omborlari, daryolar, serhosil dalalar, ko’m-ko’k o’rmon va mevazor bogiar O’zbekistonning ko’rkidir.
Cho’llarda suvsizlikka chidamli tikanli o’simliklar bilan bir qatorda, namni kam bug'lantjruvchi saksovul daraxtlari o’sadi. Yurtimiz tog’Iarini boqqa qiyos qilish mumkin. Chunki bu yerlarda archa, tol, terak kabi turli manzarali daraxtlar bilan yonma-yon yong’oq, bodom, yowoyi olma, nok, anor, doiana, tog’olcha, pista kabi o’nlab turdagi mevali daraxtlar jp ham o’sadi.
Insoniyat hayoti o’simliklar olami bilan uzviy bogiiq. O’simliklar insonni to’ydiradi, kiyintiradi, havoni tozalaydi, xo’jalik va qurilish materiali boiadi, tuproqni eroziyadan saqlaydi, namlikni ushlab turadi, tuproqni oziqlantiradi, qumloq va toshloq yerlarni serunum tuproqli _ ekin maydonlariga aylantiradi.
O’zbekistonda eng ko’p ekiladigan madaniy o’simliklar sirasiga paxta, makkajo’xori, bug’doy, sholi, mosh, loviya, no’xat, zig’ir, kunjut, arpa, javdar, tariq, qovun, tarvuz, qovoq, oshqovoq, kartoshka, pomidor, piyoz, shirin va achchiq qalampir, turp, bodring, sholg’om. sarimsoq va boshqalar kiradi. O’zbekistonlik bog’bonlar har yili olma, nok, o’rik, shaftoli, anor, behi, olcha, gilos, yong’oq, olxo’ri, shotut, xurmo, jiyda, chilonjiyda, uzum, anjir, pista, bodom, ko’ksulton kabi mevali daraxtlarning o’nlab, Navlaridan yuqori hosil yig’ishtirib oladilar.
O’simliklarning eng ajoyib xislatlaridan biri — ulaming shifobaxshligidir. Insoniyat qadim -zamonlardan beri o’simliklamingshifobaxsh xususiyatlaridan bahramand bo’lib kelgan. O’zbekiston shifobaxsh o’simliklar maskani sifatida ham mashhurdir. Serquyosh dala va bog’larimizda yetishtirilayotgan shirin-sharbat mevalar, darmon dorilar manbai bo’lgan sabzavotlar, poliz nulisulotlari o’zlarining shifobaxshligi bilan boshqa joylarda yetishitirilgan mahsulotlardan ajralib turadi. Qishin-yozin dasturxondan meva va savzavotlarning arimasligisalomatligimizning garovidir.
O’zbekiston yowoyi holda o’sadigan dorivor o’simliklarga ham juda boy. Bunday o’simlikiar qatoriga quyidagilar kiradi: arpabodiyon, atirgul, bo’yimodaron, gulxayri, dalachoy, jambil, jag’jag’, zira, isiriq, ismaloq, nioniaqaymoq, nargis, sedana, seldir, semizo’t, suvqalampir, tog’rayhon, Uayono’t, chirqanoq, chuchukmiya, ermon, qora zirk, qo’shtirnoq, yalpiz va boshqalar.
Shimi esda tutish kerakki, ko’pchilik o’simliklarning taikibida zaharli moddalar bo’ladi. Bunday dorivor o’simliklardan tayyortangan dorilarda zaharli moddalar bir oz ortiqroq bo’lsa ham kuchli zaharlaydi yoki turli I-asalliklarga yo’Iiqtiradi. Adonis, angishvonagul, bangidevona, betladonna, isiriq, kuchala, marvaridgul, mingbosh, mingdevona kabiiar zaharli, dorivor o’dimliklardir. Bunday o’simliklami og’izga olmaslik, ulami yig’ib olayotganda qo’lni ko’zga urmaslik va ish tugagach qo’lni yaxshilab yuvish kerak.
O’simliklar bo’lmasa hayotning o’zi ham bo’lmaydi. Shuning uchun o’simliklarni asrab-avaylashimiz, ularning o’sib, ko’payishigayordam berishimiz lozim. Yashil olam insoniyatning eng yaqin do’sti ekanligini hech qachon unuhnaylik.

1-topshiriq. MATN BO’YICHA SAVOLLAR


1. O’zbekiston hududida o’simliklarning qanch turi mavjud?
2. Ular qay holatda o’sadi?
3. O’zbekistonning tabiati qanday?
4. O’zbekistonda tog’lar, qir-adiriar, daryolar, suv omborlari, o’rmon va cho’llar bormi?
5. Cho’llarda qanday o’simliklar o’sadi?
6. Toglarda qanday daraxtlar o’sadi?
7. Inson hayoti uchun o'simlikiarning qanday ahamiyati bor?
8. O’zbekistonda eng ko’p ekiladigan qanday o’simliklarm bilasiz.
9. Qanday mevali daraxtlarni bilasiz?
10. O’simliklar yana qanday xususiyatlarga ega?
11. Insoniyat o’simliklarning bu xususiyatidan qachondan beri bahramand bo’lib kelyapti?
12. Madaniy ekinlar ham shifobaxsh xususiyatlarga ega bo’ladimi?
13. Doimo sog’lom bo’lishning garovi nima?
14. Yowoyi o’sadigan dorivor o’simliklardan qaysilarini bilasiz?
15. Shifobaxsh o’simliklar tarkibida zaharli moddalar ham bo’lishi mumkinmi?
16. Agar ulardan tayyorlangan dorilarda zaharli modda ozgina ko’paysa nima boiadi?
17. Zaharli moddasi bo’lgan o’simliklardan qaysilarinibilasiz?
18. Ularni yig’ayotganda qanday ehtiyot choralarini qo’llash kerak?
19. Hayot manbai bo’lgan o’simliklarga qanday munosabatda bo’lishimiz lozim?
20. Siz o’zingiz qanday o’simliklarni ekib, parvarish qilasiz?

2-topshiriq. Matnasosidata’limiybayonyozing. BayontarkibidaQoraqalpog‘istontabiatihamaksetsin. Mustaqilholdarejatuzing.


Lug‘at
Nobotot – o‘simliklardunyosi.


Madaniy – kishiqo‘libilanekiladigan.
Lalmikor – yog‘in suvi bilan unadigan er.

4-mashq. 1-topshiriq. Matnda berilgan o‘simlik nomlarini madaniy va yovvoyi turlarga ajrating.


Namuna:

Madaniyo‘simliklar

Yovvoyio‘simliklar

terak

saksovul







2-topshiriq. O‘simliklarninginsonhayotidagio‘rnivaahamiyatinibirma-birsanabbering. Klastertuzing:










Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling