1-mavzu: O’zbekiston yagona vatan
Download 0.61 Mb.
|
Узбек тили
ABDURAUF FITRAT
(1886-1938) Abdurauf Fitrat Buxoroda jadidchilik harakatining vaXXasr o’zbek adabiyotining boshlovchilaridan biri hisoblanadi. Buyuk ma’rifatparvar, serqirra ijodkor Abdurauf Fitratning hayoti va ijodiga qiziqish o’z davridayoq boshlangan edi. Uning ijodi hatto xorijda ham keng miqyosda o’rganilgan va o’rganilmoqda. Masalan, yapon olimi Xisao Xumasu, fransuz olimi Eden KarrerdeIpkaus, nemis olimi. Baldauf, amerikalik olim Eduard Olvordlar tomonidan adabiy hamda ko’proq siyosiy maqsadda o’rganilgan. O’zimizda esa 60-yillardan keyin Fitratning ba’zi asarlari nashr qilina boshlangan (“Qiyomat”, “SHaytonning tangriga isyoni” kabilar). 50-80-yillarda Fitrat hayoti va ijodini Erik Karimov kengroq o’rgangan. U o’z tadqiqotlarida Fitratni ma’rifatparvar shaxs sifatida gavdalantira oldi. Fitrat ijodiga yangicha munosabat 80-yillarning ikkinchi yarmidan shakllanaboshladi. Uning dramaturgiyasi, ilmiymerosiprof. B.Qosimov, O’.Boltaboyev, I.G’aniev kabi olimlar tomonidan ancha batafsil tadqiqqilindi. 80-yillardan keyin Fitrat haqida yozilgan maqolalarning o’ziyoq 200 dan ortiqdir. Fitrat Turkiston muxtoriyatini so’ngsiz mehr bilan qarshi oldi. Muxtoriyat e’lon qilingan 27 noyabr tunini u “milliy laylatul qadrimiz” deb atadi. U o’z quvonchini shunday ifoda etadi: “Ellik yildan beri ezildik, tahqir etildik. Qo’limiz bog’landi, tilimiz kesildi. Og’zimiz qonlandi. Erimiz bosildi. Molimiz talandi. Sharafimiz emurildi. Nomusimiz g’asb qilindi. Insonligimiz oyoqlar ostiga olindi. To’zimli turdik, sabretdik. Kuchga tayangan har buyruqga buysundik. Butun borlig’imizni qo’ldan boy berdik. Yolg’iz bir fikrnibermaduk, Yoshunturduk, imonlarimizgao’rabsaqladuk. Bu – Turkistonmuxtoriyati!” Fitratning pedagogik faoliyatida uning 1917 yilda Bokudan ashrdan chiqqan “O’quv” nomli darsligi alohida o’rin tutadi. 1918 yilda Fitrat boshchiligida “CHig’atoy gurungi” ish boshladi, bu hukumat ro’yxatidan o’tgan rasmiy tashkilot bo’lib, o’zbek adabiyoti va tilining rivojlanishi, nazariy-amaliy masalalarini o’rganish uning maqsadini tashkil etgan. Fitrat 1920-1924 yillarda Moskvada SHarq tillari institutida dars beradi, bu erda u professorlik unvonini oladi. Yuqorida sanab o’tilgan asarlar Fitrat ijodiy yo’lining izlanishlar bosqichi samaralari hisoblanadi. Ulardan keyinroq vujudga kelgan Fitrat dramalari esa, muallif ijodiy yo’lida jiddiy burilish yuz berganligidan, ya’ni ikkinchi bosqich boshlanganligidan dalolat beradi. Fitrat 1916-1934 yillarda dramaturgiya sohasida barakali ijod qildi. Fitratning 13 ta drama yozgani bizga ma’lum. SHundan 7 tasi to’la holda saqlangan.1920 yilda yaratilgan “CHinsevish”, “Hindixtilolchilari” dramalari romantik ruh bilan sug’orilgan. Ularda muallif voqealarni Hindistonga ko’chirish orqali millatparvarlik g’oyalarini tasdiqlashga intilgan edi. Faqat bu dramalarning mazkur fazilati keyinchalik butunlay teskari talqin etilib, Fitratni “millatchi”, “xalqdushmani” sifatidaayblash uchun dastak qilingan edi. 1924 yilda yaratilgan “Abulfayzxon” tragediyasini Fitrat dramaturgiyasining cho’qqisi deyish mumkin, chunki unda shafqatsiz tarix sabog’I yuksak badiiy haqiqat darajasiga ko’tarilgan va insoniyat cheksiz qon to’kishlar oqibatida dahshatli fojialarga olib kelishidan ogoh etilgan edi. O’zining yuksak fazilatlariga ko’ra, bu drama Fitrati jodiy yo’lining yetuklik bosqichi boshlanganligidan guvohlik bergan edi. 1926 yilda yozilgan “Arslon” va 1930 yilda yaratilgan “Ro’zalar” dramalari esa zamonaviy ruh bilan sug’orilgan edi. “Arslon”da “Boy ilaxizmatchi” dramasining ruhi yaqqol sezilib turadi. Fitrat o’zbek adabiyoti tarixida ko’p qirrali ijodkor sifatida o’chmas iz qoldirdi. U tanqid vaadabiyotshunoslik, san’atshunoslik va tarix, tilshunoslik va matnshunoslik sohalarida juda ko’p asarlar yaratib, o’zbek madaniyati xazinasini bebaho durdonalar bilan boyitdi. Ular orasida “Adabiyot qoidalari”, “O’zbek klassik musiqasi va uning tarixi”, “Umar Hayyom”, “O’zbek adabiyoti namunalari” kabi kitoblarAlisher Navoiy, Mashrab, Ahmad Yassaviy, Bedil singari shoirlar ijodiga oid maqolalari, “Qutadg’u bilig” qo’lyozmasini topishdek xizmatlari diqqatga sazovordir. Jadidchilik rahnamolaridan biri Fitrat bir necha safdoshlari qatorida 1938 yil 4 oktyabrda qatl etiladi. 1991 yili madaniyatimiz darg’alari CHo’lpon, Abdulla Qodiriylar qatoridaAbdurauf Fitrat ham Navoiy nomli respublika mukofoti bilan taqdirlandi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling