1-mavzu: O’zbekiston yagona vatan


-mavzu: «Talaba va ommaviy axborot vositalari»


Download 0.61 Mb.
bet87/90
Sana21.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1368343
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90
Bog'liq
Узбек тили

34-mavzu: «Talaba va ommaviy axborot vositalari»
Ommaviy axborot vositalari aks etgan rasm beriladi.
1. Og‘zaki nutq o‘stirish. 1. Matnni ifodali o‘үmen va u haqida o‘z fikr-mulohozalaringizni bildiring.
Ommaviy axborot vositalari va g‘oyaviy ta’sir ko‘rsatish mexnizmlari (RAV)yu OAV – eng asosiy qudratli va ta’sirchan mafkura vositasidir. Ommaviy axborot vositalari – axborotni keng jamoatchilikka etkazib beruvchi matbuot, radio, televidenie kabi vositalarga nisbatan ishlatuvchi tushuncha. Ommaviy axborot vositalarining jamiyat hayoti, fuqoralar faoliyatiga ta’siri nihoyatda kuchliligidan ularga nisbatan «to‘rtinchi hokimiyat» atamasi ham qo‘llanadi.
Ommaviy axborot vositalari ommaning o‘ziga xos tarbiyachisi, muhim tadbirlarning tashkilotchisi, dolzarb muammolarni hal qilishning ta’sirchan quroli bo‘lib xizmat qiladi. Aynan ommaviy axborot vositalari orqali milliy qadriatlarimiz va umuminsoniy qadiriyatlar, milliy g‘oya va demokratik tamoyillar targ‘ib-tashviq qilinadi. Ommaviy axborot vositalari doimo demokratiya va so‘z erkinligining o‘ziga xos o‘lchovi, ko‘rsatkichi bo‘lib kelgan. Erkin va mustaqil ommaviy axborot vositalari demokratik taraqqiyotni rag‘batlantiradi va mustahkamlaydi.
OAVlarning ta’sir kuchi unda beriladigan materiallarning xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. SHu nuqtai nazardan qaraganda, berilayotgan materiallarning tezkorligiga, tahliliylik darajasiga alohida e’tibor beriladi.
Ommaviy axborot vositalarida materiallar ayni paytda qanday auditoriyaga mo‘ljallangani bilan ham ajralib turadi hamda iste’molchiining yoshi, jinsi, bilim darajasi, dunyoqarashi, milliy diniy mansubligi kabi omillarini hisobga olgan holda tuziladi.
2-topshiriq. 1. Siz ommaviy-axborot vositalaridan qanday foydalanasiz?
2. O‘zbekistonda ommaviy-axborot vositalari yuzasidan chiqarilgan qanday qonunlarni bilasiz?
Mavzuni o‘qib savol-javob tashkil qilinadi.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida zamonaviy texnik uskunalar, keng va chuqur fikrlovchi kadrlarga ega bo‘lgan, yangicha mazmun-mohiyat kasb etadigan ommaviy axborot vositalari faoliyati uchun hamma sharoitlar yaratildi. O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalarining huquqiy poydevori barpo etildi. O‘zbekiston Konstitutsiyasida ommaviy axborot vositalarining erkinligi, qonunga muvofiq ish yuritishi, senzuraga yo‘l qo‘ymasligi (67-modda) belgilab qo‘yildi. Bugungi kunda mamlakatimizdaxususiy ommaviy axborot vositalari faoliyat yurita boshladi. Duniyoning turli mamlakatlaridan mustaqil ravishda axborotlar olish imkoniyati yuzaga keldi. OAV faoliyatini tartibga soluvchi bir qator qonunlar qabul qilindi.
1996 yil 26 avgustda Oliy Majlis tomonidan «Noshirlik faoliyati to‘g‘risida», «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida» qonunlar qabyl qilindi. 1997 yil 24 aprelda «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida», 1997 yil 26 dekabrda «Ommaviy axborot vositalari va erkinligi to‘g‘risida» qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlar O‘zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalarining demokratik jamiyatga xos huquqiy asoslarini belgilab berdi. Bugungi kunda mamlakatimizda 490 ta gazeta va 138 ta jurnal ro‘yxatga olingan. 1996 yil may oyida O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qo‘llab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamg‘armasi ham tashkil qilindi.
1996 yilning may oyidan boshlab respublikamizda AQSHda joylashgan jahondagi yirik kompyuter tizimi «Internet» bilan aloqa o‘rnatib, unda eng muhim yangiliklarni qabul qilib olishning yo‘lga qo‘yilgani O‘zbekiston axborot vositalari tarixida ulkan yangilik bo‘ldi. «Internet»ning 50 million abonenti bo‘lib, jahondagi eng yirik axborot markazlari unga a’zo bo‘lishgan. U butun dunyo bo‘yicha turli sohalardagi yangiliklarni qabul qilib oladi hamda ana shu yangiliklarni o‘z abonentlariga tez va aniq etkazib beradi… 1996 yil 7 mayda «O‘zbekistonning ijtimoiy taraqqiyotida televidenie va radioning rolini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» farmon qabul qilindi.
Unda O‘zbekiston Davlat televidenie va radioeshittirish Qo‘mitasi O‘zteleradiokomponiyaga aylantirildi. Umuman, OAV mustaqillikni mustahkamlash, xalqqa tezkor va ob’ektiv xarakterdagi axborotlarni etkazib berish minbariga aylandi.
Ommaviy axborot vositalari jamoatchilik fikrini shakillantirish, milliy istiqlol mafkurasini xalqimiz, avvalo yosh avlod ongiga singdirishda alohida o‘rin tutadi. Ular ma’naviy-fa’rifiy islohatlar jarayoni, bu boradagi muammolarni, jamiyat hayotining turli qirralarini tezkorlik bilan aks ettiradigan eng samarali vositadir. «To‘rtinchi hokimiyat» hisoblangan OAVlari turli xil fikrlar, rang-barang qarash va yondashuvlarga keng yo‘l ochib berishi, hayotimizda yuz berayotgan yangilanish va o‘zgarishlarga odamlarning ongli munosabatini uyg‘otishi, xolislik va haqqoniyat tamoyillariga tayanib faoliyat yuritishi lozim.
Prezidentimiz Islom Karimov 2002 yil 29 avgustda Oliy Majlis 9-sessiyasidagi «O‘zbekiston demokratik o‘zgarishlari yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakillantirishning asosiy yo‘nalishlari» ma’ruzasida belgilab berilgan 7 ta ustuvor yo‘nalishlardan biri, to‘rtinchi yo‘nalishda bevosita inson huquqlari va erkinliklarini, so‘z va matbuot erkinligini, shuningdek, oshkoralik, jamiyatda o‘tkazilayotgan islohotlarning ochiqligini ta’minlaydigan demokratik tamoyillarni so‘zda yoki qog‘ozda emas, amaliy hayotda joriy qilish zarurligini belgilab berdi.
Bunday axborot sohasini jadal rivojlantirish, ommaviy axborot vositalari – matbuot, radio-televidenie faoliyatini erkinlashtirish fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etish jarayonining uzviy tarkibiy qismiga aylanishi zarurligi ayttib o‘tildi. Bunda Prezidentimiz tomonidan «Ommaviy axborot vositalari sohasida iqtisodiy munosabatlarning asoslari to‘g‘risida», «Teleradio faoliyati to‘g‘risida»gi qonunlarni qabul qilish zaruriyati haqida ham fikr yuritdi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalarini haqiqiy «to‘rtinchi hokimiyat»ga aylantirish muammosi o‘ta dolzarb bo‘lib turmoqda. Ularni mustaqil ijtimoiy kuchga, siyosiy tizimning to‘loqonli bo‘g‘iniga va jamoatchilik fikrini shakillantiruvchi ta’sirchan vositaga aylantirish fazifasi shuni talab etmoqda.

II. YOzma nutq ustirish usullari:


1-mashq. Ommaviy axborot vositalari orqali milliy istiqlol g‘oyasini singdirishning qanday salbiy oqibatlarini bilasiz? Matnni o‘qib o‘z fikr-mulohozalaringizni yozma bayon qiling.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling