1-mavzu: O’zbekiston yagona vatan


Axborot terroriga qarshi kurash


Download 0.61 Mb.
bet88/90
Sana21.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1368343
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90
Bog'liq
Узбек тили

Axborot terroriga qarshi kurash
Ommaviy axborot vositalari orqaliy milliy istiqlol g‘oyasini singdirishning yana bir muhim jihati mavjud. Bu jihat – axborot terroriga, mafkuraviy tahdidlarga munosib javob berish, ma’naviy-mafkuraviy jihatdan xalqimizni tobe etishga intilishlarning payini kesish va O‘zbekiston fuqoralarida mafkuraviy immunitetni shakillantirish bilan bog‘liq. Ommaviy axborot vositalarining ta’sir kuchini ko‘rsatadigan shunday bir gap bor: «Har qanday puch g‘oya, uydirma hatasiga uch martadan to‘rt yil davomida takrorlansa – «haqiqat» tayyor bo‘ladi, odamlar unga chipa-chin ishonadilar».
Ohirgi paytlarda informatsion xujjatlarning tez-tez uyushtirilayotgani aslida urushga munosabatning o‘zgarganligidan, qurolning yangi turi kashf qilinganidan darak beradi. Bu qurol – axborotdir. Bunday qurol yordamida olib boriladigan nformatsion urushlarda insonning ongi va qalbi nishonga olinadi.
Aslida, axborot maqsadsha erishishning eng arzon vositasi ham sanaladi. Haqiqatan ham, informatsion hurujlar uyushtirish uchun u qadar ko‘p mehnat, u qadar eo‘p harakat, u qadar ko‘p xarajat talab etilmaydi. Garchi bunday mafkuraviy ekspansiya otishmalar va qon to‘kishlarni keltirib chiqarmasa-da milliy o‘zlikni anglashni zaiflashtirish evaziga tanazzulga olib keladi.
Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, bunday informatsion qo‘poruvchilikdan maqsad – mamlakatimiz aholisiga axborot orqali va mafkuraviy yo‘l bilan tazyiq o‘tkazish, jahon afkor ommasida O‘zbekiston haqida noto‘g‘ri tasavvur tug‘dirishga intilishdan iborot. «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasidagi ba’zi fikrlar ham bugungi xurujlarning maqsadini oydinlashtiradi.
Yirik siyosatshunoslardani biri Buyuk Britaniya sobiq Bosh vaziri Margaret Tetcher: «Ommaviy axborot vositalari – terrorchilar uchun kislorod vazifasini o‘taydi», degan. Bu gapning mag‘zini chaqqan odam «ommaviy axborot vositalari terrorchilar uchun havodek zarur ekan», degan xulosaga keladi.
Demak, ularning maqsadlari – o‘ldirish emas, jamoatchilikka kuchli ta’sir qilishdir. Taassufki, ba’zi ommaviy axborot vositalari o‘zlari bilmagan holda terrorizmning bugunchalik, qo‘poruvchilik ta’sirini yanada oshirishga «xizmat» qilib qo‘yadilar. Ularning terror oqibatlari haqidagi vahimali axborotlari insonlardagi qo‘rquvni, dahshatni, himoyasizlikni hissini yanada kuchaytirib yuboradi. Bu kabi axborotlarga qarshi aksiltarg‘ibotni uyushtirish zarurati tug‘iladi.
Asksiltarg‘ibot «g‘oyaga qarshi g‘oya bilan kurashish» tamoyiliga mos ravishda olib borilishi kerak. Bunda davlatimiz siyosatiga qarshi kuchlarning g‘oyaviy hujumlarini qaytarish talab etiladi. Xususan:
1) xorijiy jurnalistlarning hukumat siyosatini buzib talqin qiluvchi chiqishlariga;
2) diniy aqidaparastlarning tanlangan yo‘limizga qarshi mafkuraviy qo‘poruvchilik harakatlariga;
3) rivojlangan davlatlarning o‘z mafkurasi hukumronligini o‘rnatish yo‘lidagi urinishlariga;
4) axborot xilma-xilligi sharoitidagi informatsion tajovuzlarga;
5) odamlar ongida saqlanib qolgan kommunistik mafkuraning asoratlariga qarshi faol kurashish zarur.
Aksiltarg‘ibotni tashkil etishda tezkorlik, qat’iyatlik, hujumkorlik, murosasizlik qilinadi. Bu borada tayyorlangan materiallar dalillar bilan isbotlangan, haqqoniy, ommabop va barcha uchun tushunarli bo‘lishi shart.

2-mashq. Prezidentimiz I.A.Karimovning «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillari» risolasidagi axborot va mavkuraviy targ‘ibot g‘oyalarini ko‘chirib yozing.


3-mashq. Terrorizm va ekstremizm tushunchalarini izohlang va yozma matn tayerlang.
4-mashq. Mafkuraviy bo‘shliq deganda nimalarni tushunasiz. SHu mavzuga doir qisqa yozma matn tayyorlang.
III. Nazariy ma’lumot. Davlat tilida ish yuritish tili va uslubi. Matnni o‘qing:
O‘zbek hujjatchiligining shakillantirish va takomillashtirishidagi eng muhim va dolzarb masalalardan biri hujjatlarning tili va uslubidir. Hujjat tayerlash va rasmiylashtirish eng avvalo o‘zbek tilining barcha asosiy qonuniyatlari va imlo qoidalarini tasavvur etish kerak. Har bir rahbar, boshqaruv muassasasi xodimlari o‘zbek tilining imlo va tinish belgilarini va uslubiy qoidalarini egallagan bo‘lishlari zarur. Busiz bugungi taraqqiyotimiz talablariga javob beradigan aniq, lo‘nda va teran mantiqli hujjatchilikni yaratib bo‘lmaydi. Hisob-kitoblarga qaraganda, rahbar xodimlar asosan, ish qog‘ozlari bilan shug‘ullanadigan xodimlar ish vaqtining 80 foizini hujjatlashtirishga sarflar ekan. Agar ular o‘zbek adabiy tili imlo va uslubiy qonuniyatlarini bilmasalar bundanda ko‘p vaqtlarini sarf etishlari tabiydir.
1. Telegramma haqida
Muhim xabarning telegraf orqali berilgan nihoyatda qisqa shakli. Xizmat yozishmalarining boshqa turlari belgilangan manzilga xabarni o‘z vaqtida etkazilishini ta’minlay olmasa, uni zudlik bilan etkazish uchun telegrammadan foydalanadi. Uning boshqa ish qog‘ozlaridan farqi o‘ziga xos ixchamligi va qisqaligidir.
Xizmat telegrammalari ikki nusxada tayyorlanadi. Birinchi nusxasi jo‘natish uchun aloqa bo‘limiga topshiriladi, ikkinchi nusxasi esa korxonaning o‘zida saqlanish uchun qoldiriladi.
Telegramma, qoidagi binoan, maxsus bosma ish qog‘ozlarida rasmiylashtiriladi. Xizmat telegrammalarining matni ko‘pincha odatdagi qog‘ozga bosh harflar bilan ikki intervalda yoziladi. Telegramma jo‘natuvchining adresi, mansabdor shaxsning imzosi va sana kichik harflar bilan yoziladi. Qo‘lda yozilganda, harflar yirik-yirik so‘zlar arasi aniq va ravshan bo‘lishi kerak. Telegramma bosma ish qog‘ozining yoki oq qog‘ozning faqat bir tomoniga yoziladi.

Namuna:


Telegramma
2 chi Xo‘jayli paxta zavodi Axmedovaga tezda besh vagon paxta tolasi jo‘nating shartnoma hisob raqami 1254. «O‘zpaxtasanoat» uyushmasi
Salimov
162
100160 Toshkent SHota Rustaveli 5
«Uzpaxtasanoat» uyushmasi
Raisi A.Salimov
2012.02.04
Muhr

Telegramma matni «telegraf uslubi» deb yuritiluvchi qisqa va siqiq uslubda yoziladi. Unda to‘liqsiz gaplar keng foydalanilmaydi, sifatlar, ravishlar, yordamchi so‘zlar, tinish belgilari faqat zarur bo‘lgandagina qo‘yiladi.


Telegrammada bir satrdan ikkinchi satrga kuchirilmaydi. Xat boshisiz barcha qatarlar to‘ldirilib yoziladi. Kunlar va raqamlar so‘z (harf) bilan yozilishi tavsiya etiladi.
Telegrammaning asosiy zaruriy qismlari:
1. Hujjatning nomi – Telegramma.
2. Turi haqidagi belgi (hukumat, telegrammalari, xalqaro, shoshilinch va oddiy telegrammalar.
3. Telegramma etib borishi zarur bo‘lgan joy, adresi, uning oldiga shaxsning ismi va familiyasi.
4. Matn.
5. Jo‘natuvchi muassasaning qisqacha nom iva matni, imzo, rahbar shaxs ismi va familiyasi.
6. Xabar jo‘natilgan adres, aniq.
7. Matn kimning nomidan jo‘natilayotgan bo‘lsa, usha shaxsning imzosi.
8. Muhr.
9. Sana.

2. Telefonagramma – shoshilinch xabar matnini belgilangan joyga telefon orqali etkazishdir. Hozir esa faks orqali etkaziladi. Telefon vositasida bo‘ladigan bunday muloqot rasmiy hujjat sifatida qabul qilinadi va ish qog‘ozining bir turi hisoblanadi.


Xizmat muomalasining bu turi ko‘pincha bir shahar yoki tumanda joylashgan muassasalar o‘rtasida qo‘llaniladi.
Har qanday telefonogramma bir nusxada tayyorlanib, rahbar yoki ma’sul shaxs tomonidan imzolanidi, odatda, tayyor matn asosida etkaziladi.
Telefonga chaqirilgan kishi telefonogramma berilishi haqida ogoh etilishi va u qabul qilishga tayyor bo‘lgach, matn qabul qiluvchi uni yozishga ulguradigan sur’atda bayon qilinishi kerak. Hozir bu fakslarda juda soddalashtirildi va tayyor holda etib kelmoqda.
Telefonogramma bayon qilingach, qabul qiluvchi yozib olgan matnini etkazuvchiga qayta o‘qib eshittirishi kerak. Har ikala tomon matnni to‘g‘ri qabul qilganligiga ishonch hosil qilgach, qabul qiluvchi telefonogramma berilish vaqti va sanasini har ikkalla tomonning lavozimi, ismi va familiyasini ko‘rsatishi shart.

Namuna:


Xo‘jaylitumanihokimligiga
Etkazuvchi-yo‘riqchi
Maxmudov.
Tel: 55-61-04

_________________
direktoriga
qabul qiluvchi – kotiba
Rahimbaeva
Tel: 222-68-64 soat 16:00

Telefonogramma


2014.04.05 Nukus sh.
2014 yil 5 mayda soat 12:30da Xo‘jayli shahar hokimiyati majlislar zalida bahorgi mavsumda bajariladigan obodanlashtirish ishlari yakuni bo‘yicha yig‘ilish bo‘ladi. Yig‘ilishda korxona rahbarlari va kasaba uyushma tashkiloti raislari qatnashishlari shart.
Xo‘jayli tuman hokimligi
kotibi S.Radjapov
Telefonogramma matnini tayyorlashda mantiqan to‘g‘ri va qisqa (jami so‘zlar soni 50dan oshmasligi kerak) bo‘lishiga, murakkab jumlalar yoki juda kam ishlatiladigan so‘zlar bo‘lmasligi zarur.
Telefonogramma qabul qiluvchi, qabul qilingan xabar kimga tegishli bo‘lsa, uni telefonogramma mazmuni bilan tanishtirishi kerak.
Unga vazifa. Faks va uni qabul qilish tartibi bo‘yicha matn tayyorlash



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling