1-Mavzu: Paxta va to‘qimachilik sanoatida texnosferik omillar fani, uning mohiyati va vazifalari Reja: 1


Energetika, sanoat va qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining ortishi


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/52
Sana19.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1620047
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Bog'liq
Texnosfera omillari fanidan 1-8 mavzular

Energetika, sanoat va qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining ortishi
transport vositalarining ko‘payishi. Yerda aholi sonining ortishi va harbiy 
maqsadlar sanoat maxsulotlari ishlab chiqarishga, transport vositalari ko„payishiga, 
energiya ishlab chiqarilishi va xom-ashyo resurslariga bo„lgan talabning ortishiga 
turtki bo„ldi. Moddiy va energetik resurslarga bo„lgan talab, aholi sonining 
o„sishiga nisbatan yuqori sur‟atda bo„ladi, chunki kishi boshiga bo„lgan talabning 
o„rtacha qiymati muntazam ravishda ortib boradi. 
Harbiy maqsadlarga ketadigan harajatlar juda kattadir. Ikkinchi jahon 
urushidan keyin qurollar ishlab chiqarishga dunyo bo„yicha 6 trln. AQSH dollari 
miqdorida mablag‟ sarf qilingan. Harbiy sanoat, texnikaning, energetika va sanoat 
ishlab chiqarishining rivojlanishida katta omil hisoblanadi. 
XX asrning ikkinchi yarmida dunyoning yetakchi mamlakatlarida sanoat 
ishlab chiqarishi har 12-15 yilda ikki barobar ortib borgan. Bu esa, biosferaga 
chiqarilayotgan ifloslovchi chiqindilarning uch barobar ko„payishiga olib kelgan. 


Dunyo avtomobil parki ham juda katta sur‟atlar bilan ortib bordi. Masalan, 
1960 yilda dunyo bo„yicha 120 mln. dona avtomobil bo„lgan bo„lsa, 1990 yilda 
uning soni 420 mln.ga yetgan. Hozir dunyoda 600 mln.dan ortiq avtomobil bor. 
Yana bir tomoni shundaki, sanoatning va texnik vositalarning rivojlanishi, 
nafaqat atrof-muhitga ifloslovchi moddalar chiqishining ortishi bilan, balki, ishlab 
chiqarishga ko„plab kimyoviy moddalar jalb qilinishi bilan ham xarakterlanadi. 
Qishloq xo„jaligida hosildorlikni oshirish, zararkunandalarga qarshi 
kurashish maqsadida ishlatiladigan kimyoviy moddalar tuproqning, sug„orish 
natijasida chiqqan oqava suvlar tufayli suv havzalarining holatiga salbiy ta‟sir 
qilib, undagi jonivorlarning kasallanishiga, qirilib ketishiga olib keladi. 
O„simliklarni zararkunandalardan himoyalash maqsadida ishlatiladigan pestitsidlar 
odamlarga ham katta xavf solmoqda. Har yili dunyo bo„yicha pestitsidlardan 
zaharlanib 10 ming odam, qushlar, hashoratlar, o„rmonlar qirilib ketayotganligi 
aniqlangan. Ular oziq-ovqatlarga, ichimlik suvlarga tushadi. Barcha pestitsidlar 
odamga va tirik mavjudotlarga nasliy (mutagen) salbiy ta‟sir qilishi ma‟lum. 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling