Inson mashina ishlab chiqarnsh
Download 29.06 Kb.
|
Inson mashina ishlab chiqarnsh
- Bu sahifa navigatsiya:
- Demografik portlash.
3 – ma’ruza: “Inson - mashina - ishlab chiqarnsh” tizimi, uning xususiyatlari Reja: 1. Energetika, sanoat va qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining ortishi, transport vositalarining ko’payishi. 2. Texnogen avariya va falokatlar. Odamzot jamiyat taraqqiyotining barcha o’timlarida yashash muhitiga ta’sir qilib turadi. Bu taraqqiyotning ta’siri ko’plab asrlar davomida sezilarsiz darajada kam bo’lgan bo’lsa, XIX asrning yarmidan boshlab bu ta’sir keskin orta bordi. XX asrda planetamiz tabiatida antropogen ta’sirning salbiy oqibatlariga uchragan hududlar paydo bo’ldi. Bu esa shu hududdagi tabiiy sharoitning qisman, ayrim holatlarda to’liq buzilishiga olib keldi. Bu o’zgarishlarga olib kelgan sabablar quyidagilardir: Yer aholisi sonining o’sish darajasi yuqoriligi (demografik portlash) va uning urbanizatsiyasi; Energetik resurslar extiyojining ortishi va zahiralanishi; Sanoat va qishloq xo’jalik maxsulotlari ishlab chiqarishning jadal rivojlanishi; Transport vositalarining juda ko’plab qo’llanishi; Harbiy maqsadlar va boshqa jarayonlar uchun harajatlarning ortishi. Demografik portlash. Tibbiyot fanining yutuqlari, yashash sharoitlarining yaxshilanishi, qishloq xo’jalik mahsulotlari hosildorligining oshirilishi odamlar hayotining uzayishiga sharoit yaratadi. Shu bilan birga qator hududlarda tug’ilish yuqoriligicha davom etmoqda. Hozirgi kunda yer aholisi soni jadallik bilan ko’payib bormoqda. 3.1-jadval Yer aholisi sonining ortib borishi.
ayrim olimlarning bashoratlariga qaraganda asrimiz oxiriga borib yer aholisining soni 28 - 30 mlrd.ga yetishi kutilyapti. Bunday sharoitda (texnologiyaning hozirgi holatida) yer aholisini oziq-ovqat va zaruriy narsalar bilan ta’minlay olmaydi. Ma’lum vaqtdan so’ng yerda ocharchilik, ommaviy kasallanish, yashash muhitining buzilishi boshlanadi va bu pirovard natijada aholi sonining kamayishiga va kishilik jamiyatining inqiroziga olib keladi. Download 29.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling