1-mavzu: tovar ishlov berish fani va uning vazifalari reja


Konservalangan sabzavot sharbatlari


Download 0.51 Mb.
bet32/82
Sana04.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1158077
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   82
Bog'liq
ҚХМСДИТдан МАЪРУЗА МАТНИ (rasmsiz)

Konservalangan sabzavot sharbatlari tabiiy mahsulot – ichimliklardir. Tomat sharbati katta miqdorda mexanizatsiyalangan liniyalarda ishlab chiqariladi. Oz miqdorda sabzi, lavlagi, qovoq va boshqa sabzavot sharbatlari konservalanadi.
Sabzi qand va karotinga boy, mineral tarkibi nodir. Sabzi sharbati ham tomat sharbati kabi karotinga boy etli bo’lishi kerak.
Konservalangan sabzi sharbatining quruq moddasi miqdori 9%-dan kam bo’lmasligi kerak, umumiy qand miqdori 6%, kislotaliligi 0,5%-gacha va rN 4,4-gacha. Og’ir metallarning tuzlari tomat sharbatidagi kabi me’yorlanadi. Sabzi sharbati ta’mini yaxshilash uchun u apelsin, olma, klyukva, golubika, brusnika kabi rezavor mevalar sharbati bilan kupajlanishi mumkin.
CHexiyada qand siropi bilan aralashtirilgan sabzi sharbati ishlab chiqariladi. U “Karotella” deb ataladi, 70% quruq moddasi mavjud, iste’mol qilishdan ilgari u suv bilan aralashtiriladi.
Lavlagining ta’mi shirin, u davolash xususiyatiga ega. Lavlagidan etsiz va etli sharbat ishlab chiqariladi. Tayyor mahsulot tarkibida quruq modda 11%-dan kam bo’lmasligi, qandlar miqdori 7%, kislotaliligi 0,5% va rN 4,4 -dan oshmasligi kerak.
Etli sharbat olish uchun lavlagi pyuresi 10%-li qand siropi bilan 1:1 nisbatda limon va askorbin kislotalari qo’shilib aralashtiriladi. Lavlagi sharbatiga olma sharbati qo’shib kupajlash ham amalda mavjud.
Tuzlangan, bijg’itilgan va ivitilgan sabzavot konservalari oldindan tuzlangan yoki bijg’itilgan sabzavotlarni idishlarga qadoqlab germetik yopilib tayyorlanadi. Saqlash muddatini uzaytirish uchun konservalar pasterizatsiyalanadi yoki sterilizatsiyalanadi.
Konservalangan xom ashyo turiga qarab tayyor mahsulot bijg’itilgan (karam), tuzlangan (bodring, tomat va b.) yoki ivitilgan (olma, tarvuz va boshqa meva va rezavorlar) deyiladi. Bijg’itish, tuzlash va ivitish o’rtasida printsipial farq yo’q.
Marinadlangan sabzavot konservalari nordonligi past (uksus kislota miqdori 0,4 – 0,6%) va nordon (uksus kislota miqdori 0,61 – 0,9%) qilib tayyorlanadi. Konserva tayyorlashda asosiy xom – ashyo sifatida bodring, patisson, tomatlar ( ko’k yo kizil), gul karam, shirin qalampir, oq bosh karam, piyoz, sarimsoq, lavlagi, qo’zoqi loviyadan foydalaniladi. Eng ko’p miqdorda marinadlangan bodring konservasi ishlab chiqariladi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling