1-mavzu: xalqaro huquqqa kirish reja: Xalqaro huquq tushunchasi, predmeti va funksiyalari


Download 122.09 Kb.
bet11/36
Sana26.10.2023
Hajmi122.09 Kb.
#1724734
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36
Bog'liq
Xalqaro huquq tushunchasi, predmeti va funksiyalari Xalqaro huqu-fayllar.org

3. Ta’sir qilish tavsifiga ko‘ra:
taqiqlovchi;
ruxsat beruvchi;
vakolat beruvchi.


4. Tizimdagi funksiyasi bo‘yicha: moddiy va protsessual: protsessual norma xalqaro huquqni yaratish va amalga oshirish jarayonlarini tartiga soladi.

5. Manbasiga ko‘ra:
oddiy;
shartnomaviy;
xalqaro tashkilotlarning qarorlari normasi.
Shuningdek, havolaki normalar ham mavjud, ular boshqa normalarda qayd etilgan qoidalarga murojaat etishni talab qiladi. Turli xildagi bir nechta normalar hisoblangan tashkiliy normalar ham ajratilgan. Ularning vazifasi xalqaro organlar va tashkilotlar faoliyatini tartibga solib turadi.
Shuningdek xalqaro huquq normalarining bir qancha tasnifi mavjud.


Mavjud buyruqlarning tavsifi bo‘yicha:
– prinsiplar;
ajrimlar;
– huquqqa egalik;
– majburiyatlar;
– taqiqlar.


Xalqaro-huquqiy tartibga solish mexanizmidagi roli bo‘yicha:
tartibga soluvchi;
– muhofazalovchi.

Axloq qoidalarining mazmuni bo‘yicha:
– moddiy;
– protsessual.

Amal qilish doirasi bo‘yicha:
– universal;
– mintaqaviy;
– mahalliy.


Amal qilish vaqti bo‘yicha:
muddatli;
– muddatsiz.

4-savol. Xalqaro huquq normalarini qo’llash tushunchasi nimadan iborat?

«Huquqni qo’llash» tushunchasi umumiy va maxsus ma'nolarda qo’llaniladi. Birinchi holda u huquqni amalga oshirishning barcha usullarini qamrab oladi, ikkinchisida esa - qonunni buzish yoki qonun to’g’risidagi nizoda huquqni qat'iy amalga oshirishni nazarda tutadi.
Huquq normalari aniq hollarda quyidagicha qo’llaniladi:
• faktik holatlarni aniqlash;
holatning huquqiy tasnifi, ya'ni ular xalqaro huquqning ta'siriga tegishlimi-yo’qmi, agar tegishli bo’lsa, aynan qanday ta'sir doirasiga tegishliligini aniqlash;
• ishga taalluqli normalarning yuridik tavsifi, ularning ta'sir doiralarini, ayniqsa, berilgan sub'ektlarga nisbatan ta'sir doiralarini aniqlash;
• normalar mazmunini aniqlash, ya'ni umumiy sharhlash; normalarni berilgan holatlar bo’yicha qo’llash to’g’risida qaror qabul qilish;
• qabul qilingan qarorni amalga oshirishni ta'minlash.
Xalqaro huquq normalarini qo’llashning xalqaro va milliy usullari mavjud. Xalqaro usul davlatlarning xalqaro maydondagi faoliyati hamda ular yaratadigan xalqaro organ va tashkilotlar faoliyatida amalga oshiriladi. Milliy huquq esa xalqaro huquq normalarining davlat ichki faoliyatida amalga oshirilishida, ya'ni bu normalarning implementatsiyasida o’z aksini topadi.


Download 122.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling